Get Mystery Box with random crypto!

4 inson bir kechada vafot etipdi... Ular to'rtalasi birga yo' | Psixolog Elnora Jo'rayeva Sehrli Ella

4 inson bir kechada vafot etipdi...

Ular to'rtalasi birga yo'lni qolganini bosib o'tmoqchi bo'lishipti(narigi dunyoda)

Birdan ularni oldida 2 ta yo'l paydo bo'lipti va bir oppoq kiyingan kishi...

U kishi aytipti: qarshiyizda sizni 2 yo'l kutib turipti yo'l oxiri esa sizni endigi uyingiz bo'ladi...

Biri Jannat baxt saodat
Ikkinchisi do'zzax, daxshat...

Ammo qaysi yo'l sizni qayerga olib borishini oldindan bilib olish imkoni yo'q...

Yo'lni faqatgina o'zingiz tanlaysiz...

Ammo yodda tuting, toki jannat yoki do'zzax darvozasini ko'rmaguningizcha orqaga qaytish imkoningiz bor...

Agar do'zzaxga tushib qolsangiz qo'rqmang, baribir har kim loyiq bo'lganini oladi...

Hamma hayratda...

Endi kim qayerga ketishini tanlashi qoldi...

Ulardan biri o'ng tomondagi yo'lni tanladi, u uchun o'ng tomon doim to'g'ri degan fikr bor edi...

U yo'lga tushdi, ammo yo'ldagi yovvoyi hayvonlarning baqirig'iyu quyuq o'rmon qo'rqitgani sabab tezda ortga qaytdi, xato yo'lni tanlabman deb...

Sheriklarga bu haqida xabar berdi va chapga burildi...

Ammo u yerda ham bundan daxshat...

Yana ortga qaytdi...

To'rtovlon hayron edi...

Hech bir yo'l jannatga o'xshamas edi...

Shunda ulardan boshqa biri aytdi, bo'ldi nima bo'lsa bo'ldi, o'ngga yuraman, u yerda nima bo'lishidan qat'iy nazar ortga qaytmayman...

Qat'iy qaror bilan daxshatga qarab kirib bordi va daxshat oxirida osmon yorqinlashib go'zallik boshlandi va u tushundi, U jannatda edi...

Davomi

Bu hikoyani diniy bilimlar bilan aralashtirmang, shunchaki qarab ko'ring, nimani bildirarkan sizga...

https://t.me/qalbshunos_elnora