Get Mystery Box with random crypto!

-Bir kun shu zaxar tilingni aniq kesib olaman,- tishlari orasi | 𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

-Bir kun shu zaxar tilingni aniq kesib olaman,- tishlari orasida dedi,- Birozdan sòng esa bugungi qilmishing uchun javob berasan. Kòramiz, hamma narsaga chidagan qiz tòlin oy nurlariga ham bardosh bera olarmikan?
Emili uni gapi maģzini chaqib daxshatga tushdi. Tòlin oyga juda yaqin qolganini, uni nurlari bòrituslarga qattiq azob berishini bilardi. Ammo shahzoda uni shu yòl bilan jazolashi mumkinligini hayoliga ham keltirmagandi. Tun tushishi bilan Emilini qarshiliklari va baqirishlariga qaramay saroy maydonidagi ustunga, oy nurlari tik tushadigan yerga boģlab qòyishdi. Emili yuziga tushgan nurlar sabab tanasida juda qattiq issiqlikni his qilib baqirib yubordi. Bu shunchalar oģriqli ediki vampir zaxrini tanasida his qilgani kabi juda qattiq azob berardi. Bir daqiqa ichida qizni tanasi huddi yonayotgandek qattiq qizib ketdi. Emili yiģlagancha qattiq baqirar, tun sukunatini uni ovozigina buzardi. Qiz kòpga chiday olmadi, bir zumda bòriga tuslanib qoldi. Ammo ustunga mustahkam zanjirlar bilan boģlangani uchun ham qancha urinmasin qocha olmadi. Zanjirlar sabab tanasi qattiq jarohat kòrsa ham qochishga urinishdan tòxtamadi. Bunga asosiy sabab juda qattiq issiqlik tasirida azob chekayotgani edi. Bòri qiyofasidagi Emili tinmay baland ovozda ingrar, oģriqlar sabab tobora holsizlanib borardi...

-Shahzodam... u òlib qolishi mumkin...- sarkarda Johan derazadan qizni ģalati nigoh bilan kuzatib turgan Gregorga yuzlandi.
-...
-Uni bir marta kechiring. Boshqa sizga qattiq gapirmaydi.
-Nega qizni himoya qilayapsan?- Gregor hamon bòri qiyofasidagi Emilidan kòz uzmay homush pichirladi.
-Men...- Johan gap topolmay qiynaldi.
-Unga tegmagansan tòģrimi?
-Shahzodam, men...- yigit gapini davom ettira olmay qoldi. Shahzoda sekin u tomonga ògrildi. Sarkarda tezda boshini egib tutilgancha dedi,- Kechiring... buyruģingizni bajarmay xato qildim.
-Seni boshing faqat meni oldimdagina egilgan,- shahzoda uni yelkasiga qòlini qòydi,- Doim shunday bòlgan... Sen eng sadoqatli sarkarda va dòstimsan. Bolalikda birga katta bòlganmiz, bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. Seningcha men nega asirani aynan seni xonagga olib bordim?
-Bilmadim, shahzodam,- Johan tezda javob berdi.
-Unga tegmasligingni oldindan bilardim,- Gregor òychan pichirladi. Sòng hayolida qòshimcha qildi,- "Yòqsa ikki dunyoda uni seni xonagda qoldirmasdim".
-Ammo...
-Poyloqchini har ehtimolga qarshi jònatdim. Bu tomosha qizni qòrqitib qòyish uchun edi xolos,- shahzoda aytgan yolģonidan mamnun jilmayishga urindi,- Endi boraqol... qizni xonamga olib kel...
-Hòp bòladi,- sarkarda tezda xonadan chiqib ketdi. Shahzoda yana mayus tortib derazadan Emilini kuzatishda davom etdi.
-Sen tilingni tiyolmaysan, men jahlimni boshqara olmayman,- afsus bilan pichirladi u,- Bundan faqat sen aziyat chekayapsan...

Sarkarda Johan tezda Emili boģlangan maydonga borib, uni zanjirlardan ozod qildi. Huddi shunday tezlikda uni soyaga olib òtdi. Emili bir zum tinchib qolib boshini holsiz yerga qòydi. Yigit òzi bilan olib kelgan uzun matoni bòrini ustiga yopdida uni boshidan sekin siladi.
-Emili aslingga qayt. Ichkariga kirishimiz kerak.
Emili uni gapini ilģab òzida kuch topgancha yana odam qiyofasiga qaytdi. Johan mato bilan uni hammayoģini berkitib bir urinishda kòtarib oldi. Sovuqqina taftni his qilgan Emili uni bòynidan qattiq quchoqlab oldi.
-Juda qizib ketibsan,- Johan derazadan norozi qiyofada òzlarini kuzatib turgan shahzodaga qarab olib saroy darvozasi tomon yura boshladi. Emili uni gapiga javob bermay yigitga yanada qattiq yopishib oldi. Johanni sovuq tafti tasirida uni ham tana harorati meyorlasha boshlagandi. Shundagina Emili òzida gapirish uchun kuch topa oldi.
-Bariga sen aybdorsan...- alam bilan pichirladi qiz. Kòzidan esa marjon yosh oqib tushdi,- Òshanda meni òldirib yuborishing kerak edi. Balki shunda bu qadar qiynalmas edim?
-Hali hammasi yaxshi bòladi...- yigit unga nima deb dalda berishni bilmay hayoliga kelgan ilk gapni aytdi.