Get Mystery Box with random crypto!

Sog'inchnoma

Telegram kanalining logotibi qalbdagigaplar1 — Sog'inchnoma S
Telegram kanalining logotibi qalbdagigaplar1 — Sog'inchnoma
Kanal manzili: @qalbdagigaplar1
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Hayot deb atalgan ushbu
dunyoda
Odamzod sog'inchsiz yashay
olmaydi.
Hatto dunyodagi eng telba
inson
Kimnidir sog'inib, sevib
yashaydi.
Eslatma:
Kanaldagi barcha satrlar boshqa kanallardan forward qilingan!!

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-09 17:04:14 Bilaman.
O'qiysan har yozgan satrim.
"Menga", - deb qo'yasan,
O'yasan yurak...
Sira bildirmagan o'sha odating-
Hamon yostiq quchib yig'lasang kerak...


@timurshtern
209 viewsTimur, edited  14:04
Ochish/sharhlash
2022-06-06 08:56:09 Sevgi degan narsaning roli odamni shu qadar yondirib titratsa kim biladi uning o'zi qanday ekan?

Rashod Nuri Guntekin (Choliqushi) asaridan
208 viewsTimur, 05:56
Ochish/sharhlash
2022-06-06 08:56:03 Senga aytadigan so'zim yo'q boshqa,
Mening sukutimdan diling dard tortsin.
Tunning xanjarlari ko'ksingni tilib,
Subhi saharlarda g'amlar uyg'otsin.

Endi behud chekkan afsus nadomat,
Tugadi tamoman sabrim bardoshim.
Mening yuragimni muzlatib qoʻydi,
Keragidan ortiq to'kilgan yoshim.

Kimning aybi bo'lsa Xudoyimga sol,
Hisobini qoldir qiyomat kuni.
Diling og'rishini istamasang gar,
O'tinib so'rayman so'zlatma meni.

Sendan ko'rmaganim qanday g'am qoldi,
Nechun bu iztirob bu jabr-u jafo.
Ket endi ko'zinga boqqanim sari,
Bo'g'ilib boryapman etmayin havo.

Haqqing yo'q so'roqlar etmagin meni,
Ne qilsam meniki savobu-gunoh.
Sen ketsang yuragim qolmaydi to'htab,
Omonat jonimning egasi Olloh.

Sen deya ,sevgi deb olovda yongan,
Dilim dardlarini qayga ko'chiray.
Jonimni azoblar bagʼriga otib,
Mendan kechganlaring qanday kechiray.
210 viewsTimur, 05:56
Ochish/sharhlash
2022-06-06 08:48:25
Ўта қаттиқ нафрат ҳам менга чала муҳаббатчалик озор беролмайди.

Айман Ёғий
183 viewsТимур, 05:48
Ochish/sharhlash
2022-06-06 08:48:06 Етдимми сўнгимга,
Ҳамма дардим тинч.
Фақат куз кўнглимда
Улғайди соғинч.

Нуқтага етилган
Тугагандир баҳс.
Кўз ёшдан ўтилган –
Фақат соғинч дарс.

Хазон ёмғирига
Кўмилиб йўлим,
Сенга – тақдиримга
Бораман, гулим.

Ич, менинг лабимдан
Тирикликни ич...
Тириклик – соғинчдир,
Тириклик – СОҒИНЧ!
180 viewsТимур, 05:48
Ochish/sharhlash
2022-06-06 07:56:24 «She'r o'qiyman sevgi haqida,
Joy ajratsang bo'ldi yoningdan.
Yoz, oftobda qolgan ko'nglimga,
Soya topay soyaboningdan...»

Navoiylik Alisher
145 viewsTimur, 04:56
Ochish/sharhlash
2022-06-06 07:55:49 – Men bu to‘g‘rida hech narsa bilmayman.
– Sevgi – bu ikki odamning bir-biriga tegishli bo‘lishidir. Abadiy.

Remark
143 viewsTimur, 04:55
Ochish/sharhlash
2022-06-06 07:55:08 Afsuslardan charchadim hayot,
Alamlardan o'tindim najot.
Bergaymikan xijron azobi,
Bir bor to'yib to'yib seni sevishni. Tilayman, tilayman sevgi bo'lsin abadiy,
Tilayman, tilayman biz ham bo'laylik baxtli...
Shoshilib, shoshilib yashayman dunyoda,
Sog'inib, sog'inib sevaman osmonda...)
143 viewsTimur, 04:55
Ochish/sharhlash
2022-06-06 07:54:35
Harbiycha sevgi

Boshqachadir tasodif ham.
Visol chalkash tun-u kunday.
Sevasanmi? desam agar
Javob bo'lsin xuddi shunday..

Ishqdan yongan nigohlarni.
Nafratlarni teshgan o'q de.
Sevmoqlikka xuddi shunday.
Ayriliqqa aslo yo'q de.

Harbiymanku xizmatdaman.
Lek sensizlik menga o'lim.
Yuragimga tekislangin
Muhabbatga rostlan gulim.

Hissiyoting hislarimni.
Ishq atalmish dorga ilsin.
Bitta bo'sa olsam agar.
O'xshamasa qaytarilsin.

Faxriyor Baxtiyorov
135 viewsTimur, 04:54
Ochish/sharhlash
2022-06-06 07:53:36


Yonginamda

Vis
ol bilan ayriliq,
Nafrat, sevgi va hamda,
Navoiydasan lekin,
Yashaysan yonginamda.

Men yashayman bir hisdan,
Quvvat olib har kuni.
Sevgi deb atar ekan,
Xalqning tilida buni.

Ko’zlarimni yumsam sen,
Ham qalbimda qorovul.
Yuragimni qoplagan,
Tuyg’ularingdir butkul.

Men Toshkentda diydorsiz,
Siyratlaring bor, hamda.
Negaligin bilmadim,
Yashaysan yonginamda,



Navoiylik ALISH
ER
128 viewsTimur, 04:53
Ochish/sharhlash