Get Mystery Box with random crypto!

Lolaga taskin. Meni deb kuymagil, Lolam, kunim o'tar. G'al | 🌸Қалб армоним🌸

Lolaga taskin.

Meni deb kuymagil, Lolam, kunim o'tar.
G'alamislar nayranglarin kuni bitar.
Qaysi tunni ko'rdik, jonim, tong otmagan,
Sabr qilsak, bu tunning ham tongi otar.

Parvo qilma, gap tashlab, gap uqmaganga,
Jilmayib qo'y, jonim , harvaqt yo'qlaganga.
Tugar bir kun bu savdoning g'avg'olari,
Yoqib bo'lmas barcha yoqqan- yoqmaganga.

Umr qisqa, vaqt- yeldirim, bo'lma mahzun.
Har kim o'zin qilmishiga o'qir afsun.
Kel, dillarni chayib olib ezgulikka,
Shod yashaylik, Yaratgandan olib tahsin.