Get Mystery Box with random crypto!

NEGA? Soyabonga suyanib yerda, Ketayapsiz yomg'irli yo'lda. Ne | Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ

NEGA?
Soyabonga suyanib yerda,
Ketayapsiz yomg'irli yo'lda.
Necha she'rim tug'ilmay o'lgan..
Butun samo sevgiga to'lgan.
Nega meni qo'lim yetmaydi?

Ich-ichidan tebranar dunyo,
Erta bahor uyg'onar dunyo.
Odamlari uyquda go'yo,
Yiroqlashib bo'ldimmikan yo...
Nega meni qo'lim yetmaydi?

To'rt faslga bog'landi qismat,
Biri himmat birida hasrat.
Hohlagancha kuling marhamat,
Jilmayishni so'ramang faqat.
Nega meni qo'lim yetmaydi?

Kabutalar saf tortgan simda,
Charaqlashib keldi tushimda.
Ko'z ochganda barchasi tindi!
Kabutalar saf tortgan simda,
Nega meni qo'lim yetmaydi?

Ketayapsiz yo'llardan qochib,
Ta'bi xira gullardan qochib,
Kafti yara qo'llardan qochib,
Ketayapsiz gul bargin sochib.
Nega meni qo'lim yetmaydi?

Bomdod mahal yozgim keladi,
Shom nurida suzgim keladi,
Uyg'onishin hamma biladi.
Azroilning qo'li yetadi,
Nega meni qo'lim yetmaydi?

Ko'ngli yetar gunohga ishqning,
So'ngi yetar gunohga ishqning.
Sevolmayman, endi tushuning,
Ishqi kamroq ediku qishning..
Nega meni qo'lim yetmaydi?

Siz shunchalar noyob durmisiz,
Yo'llar kabi ko'zi ko'rmisiz?
Soyabonga suyangan ey-qiz,
Ha bilaman yonginamdasiz!
Nega meni qo'lim yetmaydi?
Nega meni qo'lim yetmaydi..?

Abram Azimov
2023-yil