Get Mystery Box with random crypto!

​​#Kreativ_intervyu Nargiza Ruziyevna ustoz bilan ('Kreativ Pe | Qahramon Pedagoglar

​​#Kreativ_intervyu Nargiza Ruziyevna ustoz bilan
("Kreativ Pedagog | Fevral guruhi" qatnashchisi)

S. Maktabda qachondan beri ishlaysiz? Ilk o'tgan darsingiz haqida aytib bering, sizda qanday taassurot qoldirgan?

J. Maktabda 1999-yildan beri ishlayman. Ilk o'tgan darsim amaliyot paytimda edi. Hayajonli bo'lgan

S. Har bir ustozda ustoz bor. Ustozim deb hisoblaydigan, sizni o'qituvchi kasbini tanlashingizga ko'makchi bo'lgan insoningiz kim(lar)?

J. Birinchi ustozim Mamadaliyeva Shirmonoy, Mo'minova Ergashxon ustozlar bo'lgan

S. Darsda o'quvchilarga aytadigan eng kuchli motivatsiyangiz qanday?

J. "Sizlar mening eng ishonganlarimsiz" deyman

S. O'quvchini darsga qiziqtirishda sizni fikringiz bo'yicha, eng muhim jihat nimada?

J. Bolaga va fanga mehr bilan yondashish zarur

S. Imkoniyat bo'lganda o'qituvchi sifatida qayerda ishlagan bo'lar edingiz?

J. Yana shu maktabimda boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib ishlardim

S. Darslaringizda siz yoqtirgan metod qaysi? (Ko'proq qaysi metodda dars o'tasiz?)

J. Zanjir, kim chaqqon har kuni foydalanaman

S. Siz uchun ideal dars qanday bo'lishi kerak?

J. O'quvchi o'zini erkin tuta olgan dars men uchun ideal dars hisoblanadi

S. O'qituvchi kasbini 3 ta so'z bilan ifodalab bering?

J. Ilm, mehr chashmasi

S. Siz uchun o'qituvchi kim?

J. Bir so'z bilan aytganda "ustoz"

S. O'qituvchi sifatida siz qilgan eng katta xatoyingiz?

J. O'qituvchi sifatida eng katta xatoyim ayrim vaqtlarda loqayd o'tgan darslarim

S. O'qituvchilar uchun o'zingiz amal qilgan va qilayotgan top 5 ta maslahatlar

J. 1) darsni doim vaqtida boshlang;
2) avvalo, o'quvchilarni hurmat qiling;
3) ota-onalar bilan yaxshi hamkorlikni yo'lga qo'ying;
4) o'quvchiga o'z farzandingiz kabi mehr va rag'bat bering;
5) o'z kasbingizga mehringiz bo'lsin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali