Get Mystery Box with random crypto!

#Qahramon_pedagoglar Uzoq yillik faoliyatingizni yanada fao | Qahramon Pedagoglar

#Qahramon_pedagoglar

Uzoq yillik faoliyatingizni yanada faollashtiring

Azamova Viloyat Buxoro viloyati G'ijduvon tumani 33- umumiy o'rta ta'lim maktabining 28 yillik faoliyatga ega o'qituvchisi


Navbatdagi qahramonimiz uzoq yillik tajribaga ega bo'lishiga qaramasdan yangiliklarni o'rganish va o'z dasrlariga tadbiq qilishdan charchamaydigan pedagoglarimizdan biri.

Keling pedagogimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz

Assalomu alaykum hurmatli " Kreativ pedagog" kursi tashkilotchilari. Bugun sizlarga o'zimning cheksiz tashakkurlarimni bildiraman. Nihoyatda savobli ishlaringizga rivojlar tilayman.

Men 28 yillik pedagogik faoliyatiga egaman, ko'plab ta'limga oid treninglarda, onlayn kurslarda qatnashib kelaman. Ammo siz tashkil etgan kursdan mamnun va xursand  bo'ldim. Chunki kursda barcha metodlar maqsadi, mohiyati atroflicha yoritilgan, misollar asosida tushuntirib berilgan. Meni o'quvchilarim har bir darsimda ko'zlari porlab bugun qaysi o'yinni yoki metodni o'rganamiz ustoz deya intiqlik bilan kutib oladigan bo'lishdi. Hattoki indamas bolajonlar ham faollashdi. Sinflar jamoalaridagi ijodiy va ijobiy o'zgarishlarni ko'rib maktab rahbariyati ham mendan xursand bo'lishdi.

Men darslarimda  " Start", " A va B", "Xat", "Qadamba- qadam", " Aql xaritasi", "3D", "Autofokus" metodlarini qo'llab ko'rdim va natijalar nihoyatda a'lo. Shuning uchun barcha pedagoglarga " Kreativ pedagog" kursida o'qishni tavsiya etaman.

@Qahramon_Pedagog