Get Mystery Box with random crypto!

Kelajakda dasturchilar o'rnini Sun'iy Intellekt egallaydimi? | PYTHON DASTURLASH TILI - 2021

Kelajakda dasturchilar o'rnini Sun'iy Intellekt egallaydimi?

Sun'iy intellektning sharofati bilan kelgusida dasturlar o'zini-o'zi yaratadi. Google kompaniyasi rahbari Sundar Pichai dasturlash sohasi kelajagini xuddi shunday tasavvur qiladi. Ammo, bu endi dasturchiga hojat bo'lmaydi degani emas – aksincha...

Yaqin kelajakda kompyuter dasturchilari o'rnini sun'iy intellekt egallaydimi? Aslida, buning imkoni bormi?

Javob esa juda oddiy: Yo'q. Buning o'rniga "Kompyuter dasturchilari" "Sun'iy intellekt dasturchilari"ga aylanishadi.

Sun'iy intellekt dasturlash sohasida kundan-kunga ilg'orlab borayotgani hech kimga sir emas. Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan qurilmalar inson boshqaradigan qurilmalardan yaxshiroq ishlashi bor haqiqat. Ammo mashina insondan bunchalik tez mustaqil bo'lishi imkonsiz.

Hozirda dasturchilar kodni qo'lda yozib o'tirishmaydi. Ular, allaqachon, ma'lum jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi turli aqilli qurilmalar yordamidan foydalanishadi. Sun'iy intellekt ayni shu vazifani bajaradi: u dasturchiga yordam beradi.

Manba: PDP IT ACADEMY

@python_uzbek_coder