Get Mystery Box with random crypto!

Self-Study Nikola Tesla yoki Steve Jobs kabi daholarni bilmag | PYTHON DASTURLASH TILI - 2021

Self-Study

Nikola Tesla yoki Steve Jobs kabi daholarni bilmagan odam bo’lmasa kerak, aynan shular nima orqali bu darajaga erishishgan deb o’ylaysiz? Menimcha ularning eng katta yutug’i bu self-study bo’lgan, u vaqtlarni bu metodikani hamma ham bilmas va hamma ham o’z tajribasida sinab ko’rmagan va albatta buning uchun yetarlicha resurslar bo’lmagan ham. Hozirgi katta miqdorda bepul resurslar, yuzlab content manbalari va onlayn kurslarga kirish imkoniyati bo’lib turgan zamonamizda esa, siz yangi narsa o’rganishga ko’p vaqt va kuch sarflash kifoya.

Self-learning nima ekanligiga qiziqgan bo'lsangiz, javob quyidagicha:
O'z-o'zini o'qitish-bu o'quv dasturisiz yoki imtihonsiz sinfdan tashqarida o'zingiz o'rganadigan narsa.
Biz o’rganib qolgan an’anaviy talim tizimi kabi, self-learning da o’rganganlaringiz imtihonni qanchalik yaxshi bajarganingiz bilan o’lchanmaydi. Self-learning bu sizga amaliy baholarsiz o'z bilimlaringizni o'lchash va takomillashtirish imkonini beradi. Natijada esa siz biron narsani baho uchun emas aksincha natija uchun o’rganasiz. Bilim omilidan tashqari, self-learning ham amaliy ko'nikmalar orqali o'z mahoratingizni oshirishga va tajribangizni boyitishga yordam beradi.

Self-study yaxshi taraflari nimada?
Self-Study muammoni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Self-Study da stressslar, hech qanday imtihonlar va muddatlar yo'q, faqat qiziqish va intizomga e’tibor berilsa bo’ldi.

Selft-Study da siz ko’plab ko'nikmalarga ega bo'lasiz, bu sizning darajangizni oshirishga yordam beradi, ya’ni qolganlardan ajralib turadigon hususiyatlaringiz rivojlanadi.
Self-Study sizning shaxsiy xohishingizdan kelib chiqadi, natijada siz kimdir majburlayotgani uchun emas maqsadingizga erishish uchun harakat qilasiz. Shunday qilib, siz muvaffaqiyatga erishasiz.
Bironta o’rganish usulini tanlang. Ular video, matnlar, yoki veb -seminarlar, bo’lishi mumkin.

Endi sizda savol tug’ilishi tabiiy qanday qilib self-study ni boshlayman?

Shu savolga commentlarda javob berishga harakat qiling, keyingi post shulardan kelib chiqib qanday qilib boshlab olish haqida bo'ladi.
Davomi bor...

@nurmukhamedoff_dev