Get Mystery Box with random crypto!

Pul Maktabi

Telegram kanalining logotibi pulmaktabi — Pul Maktabi P
Telegram kanalining logotibi pulmaktabi — Pul Maktabi
Kanal manzili: @pulmaktabi
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.28K
Kanalning ta’rifi

🔥Hayoting Sayohati uchun Yoqilg'i
🗝Motivatsiya & Muvaffaqiyat Sirlari
🚩Telegram :
@pulmaktabi
🚩Instagram :
instagram.com/pulmaktabi
📚 Kitoblar :
@pulmaktabi_kitoblar
📬 Murojaat uchun :
@pulmaktabi_admin_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-01-12 18:53:24
6.0K viewsХает Шарапов, 15:53
Ochish/sharhlash
2021-01-11 21:17:59 Bajarib o'rganamiz, o'qib emas.

Biz o'z xatolarimizdan o'rganamiz, muvaffaqiyatli insonlardan emas.

Hamisha rivojlanishimiz uchun, hamisha xatolar qilishimiz lozim.

Shuning uchun ham, kitobni o'zini o'qigan kifoya emas.

Kitobni o'qish orqali xato qila olmaymiz. Amalda bajarishda esa xatolar bo'lishi tabiiy.

Kitobdan olgan bilimlarimiz esda qolishi uchun ham ularni amalda bajarishimiz lozim.

Sinab ko'rishimiz, mag'lubiyatlarni, muvaffaqiyatli va xatolarni ko'rishimiz va his qilishimiz kerak.

Ana o'shanda kitob orqali bilim olamiz. Ana o'shanda kitobdagi qimmatbaho ma'lumotlar hamisha siz bilan qoladi.

Qisqa qilib aytganda, O'quvchidan ko'proq BAJARUVCHI bo'ling.

Yiliga 50 ta kitob o'qimang. 5 ta kitob o'qing, Lekin kitob bo'yicha 10 baravar ko'proq bajaring.

Shunda, ham ko'p xato qilasiz, ham ko'p o'rganasiz va tajribaga ega bo'lasiz.

*Ushbu maslahatlarim barcha sohaga ham to'g'ri kelamasligi mumkin. Lekin marketingda bo'lsangiz, xuddi aytganimday yo'l tuting.

Marketing haqida ko'proq Bilim olish uchun @xayotsharapovblog sahifamga obuna bo'ling...

...Va ushbu postga o'z fikringizni qoldiring.
6.6K viewsХает Шарапов, 18:17
Ochish/sharhlash
2021-01-11 21:17:56
5.3K viewsХает Шарапов, 18:17
Ochish/sharhlash
2021-01-07 13:12:55
Booknomy haqida haqiqiy tilshunos fikri.

Haqiqatdan foydalimi yoki loxotronmi?

Booknomy bu natija beradigan mahsulotmi yoki Ingliz tili haqida bir gram bilimi yo'q Inson pul qilish maqsadida o'ylab topgan "Axlat" mahsulotmi?
11.8K viewsХает Шарапов, 10:12
Ochish/sharhlash
2021-01-06 22:54:26 Normalni soqqa qib kelamiz...

- Alo.

- Xayot qaydasan?

- Kim bu?

- Man Sher okangman.

- E xa, oka nima gap? Tuzumisiz?

- Xa tez kamelot oldiga kel. (Kamelot bu kompyuterxona)

- Nimaga oka? Xozir biroz band edimda.

- To'raqo'rg'onga boramiz, bolla puldan Dota o'ynagani chaqirishyapti. Normalni soqqa qib kelamiz.

- Bo'ldi oka, xozir 10 minutda chiqaman.


Kompyuter o'yinlariga qiziqishim 6-sinfdan boshlangan. 5-sinfgacha Namanganda 52-o'rta maktabda o'qiganman.

A'lo baxolarga o'qiganim sababli uydagilar manda potensial ko'rib, 58-ixtisoslashtirilgan maktabda o'tkazishgan.

6-Sinfdan boshlab o'qishni 58 da boshladim. O'qishni birinchi kuniyoq, 58 da o'qiydigan do'stim bilan kompyuter xonaga bordik. Hammasi o'sha yerdan boshlandi.

Aksariyat bollar Counter Strike dan boshlashgan bo'lsa, man nimagadir kompyuter o'yinimni Dotadan boshlaganman.

Shunchalik qiziqib ketdimki, darslardan qochib kompyuter xonaga borishni boshladim.

9-sinfda esa, 1 oy uydagilarga maktabga ketdim deb, kompyuter xonada yurdim. 1 kun ham maktabga chiqmadim. Buning uchun albatta jazolashdi.

Maktabda kompyuter xonalarga borish mumkinmas deb aytishardi. Shuning uchun ham ertalab lineykada mani o'rtaga chiqarib 1 oy maktabga chiqmay kompyuter xonada yurganim uchun uyaltirishgan.

Maktabni ham tamomladim, bo'sh vaqtim ko'proq bo'lishi va ko'proq Dota o'ynashim uchun bormasa ham bo'laveradigan kolledjga topshirdim.

2 yil mobaynida, har kuni kamida 6-7 soatdan Dota o'ynadim. Shu 2 yil ichida o'z shahrimdagi Eng kuchli o'yinchilar qatoriga kirdim.

Maqsadim kibersportsmen bo'lish edi. Lekin Koreyaga kelib Internetda Dota o'ynab ko'rganimdan keyin, chuchvarani hom sanagan ekanligimni tushunib yetdim.

Dunyo miqyosidagi o'yin darajasi umuman boshqa ekan. 1 Soat 7 yillik hayotimni tushunib yetish uchun yetarli bo'ldi.

Chunki, 7 yil Dota o'ynagan bo'lsam. Faqat kompyuterxonada o'zimdan kuchsizlar bilan o'ynab, o'zimni xursand qilib yurgan ekanman.

O'sha 1 soat internet orqali o'yin davomida, o'zimdan kuchsizlar bilan o'ynab, 3-4 yil vaqt ichida hech narsani o'rganmaganim va o'smaganimni anglab yetdim.

Xulosa oddiy: O'sishni xohlasangiz, hamisha o'zingizdan kuchlilar bilan bellashing! @xayotsharapov
7.3K viewsХает Шарапов, 19:54
Ochish/sharhlash
2021-01-06 22:54:25
5.6K viewsХает Шарапов, 19:54
Ochish/sharhlash
2021-01-02 23:20:11
Dushanba eng yoqtirgan kunim. Chunki u man qochishga muvaffaq bo'lgan qamoqni eslatadi.

Aksariyat insonlar dam olish uchun shanba va yakshanbani kutishadi. 2 kun dam olish uchun 5 kun ishlashadi.

"Dushanbadan Jumagacha" - bu iqtisodiy qullikda tartib o'rnatish maqsadida qasddan uyushtirilgan firibgarlik.

Tadbirkorlik sizga yuqoridagi qamoqdan qochishingiz uchun chipta taklif qiladi. Tadbirkorlik orqali xush ko'rmagan Dushanbangizni sevimli kuningizga aylantirishingiz mumkin.

Qani endi haqiqatni aytingchi, Dushanbani yaxshi ko'rasizmi?

Hayotingiz o'zgarishiga hissa qo'shadigan maqolalarni tez-tez o'qish uchun @xayotsharapovblog kanalimga obuna bo'ling.
8.6K viewsХает Шарапов, 20:20
Ochish/sharhlash
2020-12-30 00:26:59
Borligini bilmasang, vaqti kelib yo'qotasan...

Xa, adashmadingiz. Bu qayta ishlangan pishloq va u aynigan.

Nimadir yegim kelib muzlatgichni ochdim. Orqarog'idan esa shu eski pishloqni topim. Orqaga o'tib ketgani sababli yegim kelgan vaqtda ko'rmasdan yangisini ochavergan ekanman, shuning uchun ham vaqti o'tib aynigan.

O'zimdan o'zim pishloqni rasmga olib shunchaki post qilganim yo'q albatta. Bu holatni dars sifatida qabul qilsa bo'lar ekan va sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

Bu holat miyangizdagi, telefoningizdagi yoki kompyuteringizdagi ma'lumotlarga ham tegishli. Borligini bilmasangiz, demak yo'q.

Undan tashqari bu holat bizni eski maxoratlarimizga, o'zimizga bo'lgan ishonchimizga, kuchimizga va tajribalarimizga ham tegishli.

O'zimizga tegishli bo'lgan narsalarni borligini tez-tez sezib va anglab turmasak, vaqti kelib albatta yo'qotamiz.

Agar post biroz bo'lsada yoqqan bo'lsa, o'z do'stlaringizga jo'nating.

@xayotsharapovblog
8.7K viewsХает Шарапов, 21:26
Ochish/sharhlash
2020-12-27 22:31:07 Ertaga oylik olib shashlik yegani boraylik?

- Azamat aka charchamadizmi?

- Biroz charchadim. O'zingchi?

- Charchamadimu, qornim ochdi.

- Xa, xozir 12 bo'lay debti, ovqat keb qolar.

- Xa. Oka Koreyada yana qancha ishlamoqchisiz?

- 2-3 yil ishlashim kerak. Sanchi?

- Bilmadim oka. Ishga kirib pul topishni boshlaganimga endi ikki oy bo'ldi.

- Xa. Bo'pti yur bittadan chekamiz.

- Yuring...

- Xozir Issiq shashlik bo'lganda-a!

- Qaniydi oka. Ertaga oylik chiqsa Seulga boraylik shashlik yegani, man O'zbek oshxonasini bilaman.

- Boramiz!

Chap tarafdagi insonning Ismi Azamat. Azamat aka bilan o'qishni tashlab birinchi ishga kirganimda tanishganman, shu bilan O'zbekistonga kelgunimcha birga ishladik.

O'qishni tashlaganimda deyarli pulsiz qolgan edim.(Rasmimdan ko'rsangiz bo'ladi). Shuning uchun har qanday ishda ishlashga tayyor edim.

Ilojsizlikdan bir do'stimga qo'ng'iroq qilib ish topib berishini iltimos qildim. Do'stim ish borligini va bugunoq yo'lga chiqishim kerakligini aytdi.

Mebel zavodga ishga joylashdim. Oyligini hisobga olmaganda sharoitlari yomon emas edi. Lekin $1500 Koreya uchun judayam kam edi.

Bir oydan keyin do'stim boshqa oyligi ko'proq ishga ketti, man esa zavodda qolgan yagona O'zbek edim. Yana 3-4 kun o'tib zavodga bir O'zbek erkak o'z avtomobilida kelib boshliq bilan nimadir haqida gaplashib ketdi.

Ertasi kuni yana keldi, faqat bu safar yolg'iz emas, Azamat aka bilan birga. Kecha boshliq bilan Azamat akani ishga joyalashtirish haqida gaplashib ketgan ekan.

Azamat aka bilan tanishdik, gaplashdik. Bu zavodga ishga Kirish uchun $200 to'laganlarini aytib berdilar. Shunda Azamat akadan u insonni raqamini olib qo'ng'iroq qildim va oyligi kattaroq ish chiqsa bizni olib ketishlarini so'radim.

Oradan 1 oy o'tib telefon keldi: "Seulda Asfaltni kraska qiladigan kampaniyada ish bor, oyligi $3000 dan baland. Lekin bu ishga kirish uchun xar biringiz $700 dan to'laysiz, Ertagayoq yo'lga chiqish kerak. Kelasizlarmi?"

Biz nima dedik? Albatta XA! boshida $700 qimmatmasmi deb biroz o'yladik, lekin bu 2 baravar ko'proq pul ishlash imkoniyati edi. Va imkoniyatni qo'ldan boy bermadik.

Qisqasi do'stlar xozir 2020-yil, 28-Dekabr soat 00:30. Ba'zida sizlar bilan shunday o'z hayotimda bo'lgan voqealar bilan bo'lishgim keladi.

Agar ko'prog'ini o'qimoqchi bo'lsangiz @xayotsharapovblog shaxsiy blogimga qo'shiling.
8.4K viewsХает Шарапов, 19:31
Ochish/sharhlash
2020-12-27 22:31:04
6.1K viewsХает Шарапов, 19:31
Ochish/sharhlash