Get Mystery Box with random crypto!

Pul Maktabi

Telegram kanalining logotibi pulmaktabi — Pul Maktabi P
Telegram kanalining logotibi pulmaktabi — Pul Maktabi
Kanal manzili: @pulmaktabi
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.28K
Kanalning ta’rifi

🔥Hayoting Sayohati uchun Yoqilg'i
🗝Motivatsiya & Muvaffaqiyat Sirlari
🚩Telegram :
@pulmaktabi
🚩Instagram :
instagram.com/pulmaktabi
📚 Kitoblar :
@pulmaktabi_kitoblar
📬 Murojaat uchun :
@pulmaktabi_admin_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-10 16:07:47 O’zbekistonning oldi marketologlari to’g’ri deb bilgan 7 xato.

“Reklamani yozganimdan keyin, manga u qanchalik ijodiy ekanligini aytishingizni emas, mahsulotga judayam qiziqib qolib, qayerdan xarid qilish mumkunligini so’rashingizni xohlayman.”
- David Ogilvy, “Reklama otasi”

O’z tajribamdan kelib chiqib, O’zbekiston info-bozoridagi taniqli kompaniyalarda ko’rgan 7 xatoyim.

Reklama matnida judayam ko’p emodji ishlatish.

Reklama matnidan asosiy maqsad odamlarni reklama matnini oxirigacha o’qishga majbur qilish.

Emodjilarni yetarlicha ishlating. Ko’p ishlatsangiz odamlar diqqatini emodjiga qaratadi, ularga bermoqchi bo’lgan xabaringizga emas.

Matningiz sodda, iloji boricha qisqa, va o’rta odamlar tushunadigan tilda yozilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

* Ko’p narsani bilishingizni ko’rsatish maqsadida boshqalar tushunmaydigan so’zlardan foydalanmang.

Keragidan ortiq dizaynga e’tibor berish.

Saytingiz chiroyli bo’lishi emas, tushunarli va sotadigan bo’lishi kerak.

Ko’pchilik sayt daxshat bo’lsa sotuv yaxshi bo’ladi deb o’ylashadi.

Sayt ham matn kabi sodda, tushunarli va o’qish uchun qulay bo’lishi kerak.

Noreal natijalarni va’da qilish.

Hech qachon qo’lingizdan kelmaydigan narsalarni va’da qilmang.

To’g’ri, boshida ko’proq sotishingiz mumkin, lekin uzoq muddatli (long term) biznesda yutqizasiz.

Yolg’on orqali mijozlarni bir umrga yo’qotasiz.

Haqiqat va natija orqali esa, yangi mahsulotingizni intizorlik bilan kutadigan sodiq muhlislarga ega bo’lasiz.

Hech qachon o’zingizni maqtamang.

1 hafta oldin marketing bo’yicha bepul masterklassga qatnashdim.

Masterklass 5 soat bo’lgan bo’lsa, 1 soatini notiq o’zini maqtashga sarfladi.

Bu esa, manga ham boshqalarga ham yoqqani yo’q.

Maqtanchoq kimga yoqadi?!

Odamlarni siz ularga nima bera olishingiz qiziqtiradi, kimligingiz emas.

Uchinchi shaxs nomidan yozish.

Taniqli info-tadbirkorlarni kuzatib boraman.

Bozorda anchadan beri bo’lishiga qaramasdan, ko’rgan narsamdan hayron qoldim.

Shaxsiy brend bo’la turib hech qachon uchinchi shaxs nomidan yozmang.

Odamlar shaxsingizni yoqtirgani uchun sizni kuzatishadi va siz bilan muloqot qilishni yoqtirishadi.

Kompaniya bilan muloqot qilish hech kimga yoqmaydi.

Uchinchi shaxs: Assalomu aleykum. Bugun soat 20:00 da Xayot Sharapov webinar olib boradilar.

Birinchi shaxs: Assalomu aleykum, Mani ismim Xayot Sharapov. Bugun soat 20:00 da webinar olib boraman.

Telefon orqali darrov sotuvga kirishish.

Sotish niyatingiz borligini sezdirdingizmi? Demak mijozni yo’qotdingiz.

Mijozdan birinchi o’rinda muammosi haqida so’rang. Agar muammosini haqiqatdan ham yecha olsangiz, ana o’shanda yechimni taklif qiling.

Mijoz muammosini so’raganingizdan keyin sotishingiz ancha osonlashadi. Chunki siz undan muammosini so’radingiz, bu esa siz u haqida qayg’urishingizni bildiradi, va mijozni sizga bo’lgan ishonchi ortadi.
2.6K viewsХает Шарапов, 13:07
Ochish/sharhlash
2021-02-10 16:07:47
2.5K viewsХает Шарапов, 13:07
Ochish/sharhlash
2021-01-24 19:37:50
Xa, to'g'ri. Avvalambor mahsulot sifati talabga javob bera olishi lozim.

Lekin reklama byudjetingiz katta bo'lsa, sifatsiz mahsulotingiz bilan ham Yuqori darajaga chiqib olishingiz mumkin va bunday holatlar mamlakatimizda ko'p Kuzatilmoqda!

Bunday kompaniyalarni sanayman desam oxiriga yetib bo'lmaydi.

Shuning uchun har biringiz bir donadan shunday kompaniyalarni izohda sanab o'tishingizni so'rayman.

Marketing haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz, @xayotsharapovblog kanalimga obuna bo'ling.
7.5K viewsХает Шарапов, 16:37
Ochish/sharhlash
2021-01-21 22:18:42 Bir qiz bilan tanishdim...

- Isming nima? So'ramamman ham.

- Zaringis.

- Zariyingiz, sizi Zariyingizman demoqchimisan?

- Voy unaqa demoqchimasman, bu mani ota-onam qo'ygan ism.

- Tushunarli. Xursandmisan?

- Nimadan?

- Xayotdan.

- Sizdanmi?

- Yo'q, umuman. Xozir xursandmisan?

- Ba'zida xa, ba'zida yo'q. Hayot doim siz o'ylaganchalik bo'lmaydi.

- Qo'shilaman.

- Sizchi?

- Juda Xursand ham emasman. Kech boshladim o'z ustimda ishlashni. Shuning uchun ham muvaffaqiyatga kechroq erishaman.

- Tog'ri, zato anglab yetgansizku. Vaqtizni olmayapmanmi?

- Post yozmoqchiman instagramga, shu. Qachon uhlaysan?

- Bilmadim, uyqim kelmayapti.

- Ok, post qo'yib keyin yozaman.


Deb turib ushbu postni yozish uchun kirdim.

99% insonlar shu yergacha o'qidi, chunki birovga boshqani hayotini qiziq, ayniqsa shaxsiy.

O'zi aslida ushbu postda qanday qilib online magazin uchun mahsulotni to'g'ri tanlash haqida yozmoqchi edim.

Ishonchim komilki, ahamiyatsiz ma'lumotni o'qib, ahamiyatlisiga kelganda ketadigan ahmoq emassiz.

Online magazinda tez daromadga olib chiqadigan mahsulot tanlash uchun 3 faktor.

Xozir ushbu 3 faktorlar haqida gapirib o'taman. Lekin bir narsani tushunishingiz lozim. Bu mo'jiza emas. Hamisha mag'lubiyatga uchrash ehtimoli bor. Ayniqsa xozirgi o'zgaruvchan bozorda.

. Odamlar o'zi aslida nima uchun mahsulotlarni sotib olishadi. Maqsad oddiy, o'zlarida bor muammoni yechish va o'z talablarini qondirish.

Shunday ekan, birinchi faktorimiz bu - Siz sotmoqchi bo'lgan mahsulot qandaydir muammoni yechishi yoki talabni qondirishi lozim.

Bu faktorta qaramasdan ham ish boshlasangiz bo'ladi. Lekin qisqa vaqt ichida katta daromadga chiqishingiz amri mahol.

Qisqa vaqt ichida katta daromad qilish uchun, katta muammoga yechim soting.

Muammo bo'lmasa uni yarating, va keyin unga yechim soting. (Negativchilar bo'lishi mumkin, lekin tadbirkorlar fikrimni tushunadi.)

. WoW-faktor. Mahsulotingizni odamlar ko'rganida Vauuu, deyishi lozim.

Tushunganingizdek bu yerda gap qisqa vaqt ichida katta daromadga chiqish haqida ketyapti.

Shuning uchun ham mahsulotingizda WoW faktor bo'lishi shart.

Fidget Spinnerni eslang. Oddiy barmoqda aylanadigan o'yinchoq. Lekin ixtirochisi 1 yil ichida nevarasiga ham yetadigan daromad qildi.

Qanday qilib? To'ppa-to'g'ri, Fidget spinnerda WoW faktor bor edi. Vau, Zo'rakanmi?! Deganingizni eslang-a.

. Sotmoqchi bo'lgan mahsulotingiz ko'chadagi magazinda bo'lmasligi lozim.

Online magazinni eng katta dushmani kim bilasizmi?

-Offline magazin.

Online magaziningizda sotayotgan mahsulotingiz, ko'chadagu magazinlarda bo'lsa, odamlar 2 sabab bilan 100% ko'chadan sotib olishadi.

1) Ishonch.

Internet magazinlarga ishonch sust, ayniqsa bizda O'zbekistonda. O'zimni onlayn magazinim bor, tajribamdan gapiryapman.

2) Vaqt.

3 kun kutgandan, qimmatroq bo'lsa ham 5 daqiqa yurib magazindan olgan ma'qul.

Odamlar kutishni yomon ko'rishadi. Qo'llariga ushlab ko'rmagan mahsulotga pul to'lashni esa undanda ko'proq yomon ko'rishadi.

10 kishidan 9 tasi saytingizda ko'rgan mahsulotni boshqa yerdan arzonroqqa qidirib ko'rishadi.

Shuning uchun ularga imkon qoldirmasligingiz lozim. Oxir-oqibat, topa olmasdan, o'zingizdan olishadi.

Soat 00:18, 22-Yanvar. Man endi boray, Zariyim kutib qoldi .

Shunday ma'qolalarni ko'proq o'qimoqchi bo'lsangiz, @xayotsharapovblog shaxsiy blogimga obuna bo'ling .
7.3K viewsХает Шарапов, 19:18
Ochish/sharhlash
2021-01-21 22:18:38
5.3K viewsХает Шарапов, 19:18
Ochish/sharhlash
2021-01-18 19:15:50
BEPUL MASTERKLASS

Hayrli kech do`stlar. Mani ismim Dovranbek Turdiev, eslab qolish bo`yicha Rossiya rekordchisiman.

21-Yanvar soat 20:00 da Xotirani rivojlantirish bo`yicha BEPUL webinar o`tkazaman.

Webinarda siz, qanday qilib:

Oyiga 4000+ chet tili so`zlarni yod olish

Imtihon javoblarini 100% aniqlik bilan eslab qolish

Va 8 soatlik nutqni shpargalkasiz so`zlab berish usullarini o`rganasiz.

Ro`yxatdan o`tish uchun bu yerni bosing.

"Inson miyasi barcha narsaga qodir!"
Xurmat ila,
-Dovranbek Turdiev
7.5K viewsХает Шарапов, 16:15
Ochish/sharhlash
2021-01-15 20:34:17 Faraz qiling, Kasalxonada umringizni oxirgi daqiqalarini yashayapsiz...

...Bir sexirgar kelib, bu hayotda juda muhim bo'lgan ikki narsadan birini tanlashingizni...

...Va undan foydalanishingiz mumkunligini aytdi.

Tanlov qilish vaqti keldi...

- Pul...

- Yoki Vaqt.

Ko'ryapsizmi, oxir oqibat vaqt puldan qimmatroq, Lekin buni ko'pchilik kech tushunadi.

Foxishalar va bekorchi do'stlaringiz bilan xohlagancha vaqtingizni sarflashingiz mumkin...

Lekin gap pulga kelganda, "Bersammikan" deb o'ylanib qolasiz.

Vaqtimiz puldan qimmatroq bo'lsada, barchamizning vaqtimizni o'z qiymati bor.

Kimnidir 1 soati 10,000 so'm bo'lsa, kimnikidir 100,000 so'm. Ba'zilarniki esa 1,000,000 so'm.

O'z vaqtingiz qiymatini biling.

O'z vaqtingiz qiymatini bilmasangiz, boshqalar bilishadi va belgilashadi.

Maksimal natijaga erishmoqchimisiz? Demak maksimal mehnat qiling!

Ko'proq shunday ma'lumotlarga ega bo'lish uchun, @xayotsharapovblog blogimga obuna bo'ling.

Ushbu postni eng yaqin do'stlaringizga ulashing.
8.1K viewsХает Шарапов, 17:34
Ochish/sharhlash
2021-01-15 20:34:15
6.5K viewsХает Шарапов, 17:34
Ochish/sharhlash
2021-01-13 14:16:49
Ko'p pul topmoqchimisiz? Unda pulni jalb qilishni boshlang, quvishni emas.

Pul bu ko'chadagi yaramas mushukka o'xshaydi, quvsangiz qochadi.

Daraxtlarni tepasiga yoki kichik teshikchalarga berkinib oladi.

Ammo, mushukni quvmasdan, diqqatimizni va vaqtimizni mushukni jalb qiladigan narsalarga sarflasak, mushukni o'zi oldimizga keladi.

Pulni hudbinlar emas...

Boshqa insonlar muammolarini yechadigan va talabni qondiradigan tadbirkorlar jalb qiladi.

Million dollar ishlab topmoqchimisiz, demak million insonga yordam bering. Million insonni hayotini o'zgartiring.

"Hayotingizdagi pullaringiz qiymati, boshqalarga beradigan yordamingiz qiymatiga teng."

Buni e'tiborsiz qoldirsangiz, pul ham sizni e'tiborsiz qoldiradi.

Pul bu siz uchun nima? Ushbu savolga izohda javob qoldiring.

Shu kabi ko'plab ma'qolalarni o'qish uchun @xayotsharapovblog kanalimga obuna bo'ling.
7.9K viewsХает Шарапов, 11:16
Ochish/sharhlash
2021-01-12 18:53:25 Bizneslar tez o'lishining asosiy 2 sababi.

Nima biznes qilay deb so'ramang.

Bunga man javob bermayman, boshqalar ham javob bera oladi deb o'ylamayman.

Bu huddi, "Qaysi qizga uylanay?!" Degandek gap.

Qiladigan ishingizni, biznesingizni sevishingiz lozim.

Boshqa insonlar Siz nimaga qiziqishingizni bilishmaydi, shuning uchun o'z sohangizni o'zingiz tanlang.

Nima biznes qilishingiz kerakligini ayta olmasamda...

Har qanday biznesni mag'lubiyatga uchrashiga sabab bo'ladigan ikki narsani videoda eslatib o'taman.

Savdo va marketingga qiziqsangiz, @xayotsharapovblog kanalimga obuna bo'ling.
6.8K viewsХает Шарапов, 15:53
Ochish/sharhlash