Get Mystery Box with random crypto!

#fikrqiling Duo ijobati Alloh taologa duo qilasiz-u, lekin | ꧁࿇ 𝑷𝒔𝒊𝒙𝒐𝒍𝒐𝒈 𝒎𝒂𝒔𝒍𝒂𝒉𝒂𝒕࿇ ꧂

#fikrqiling

Duo ijobati

Alloh taologa duo qilasiz-u, lekin ijobat bo‘lmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz o‘nta narsa bilan o‘lgan:

- Allohni taniysizlar-u haqqini ado etmaysizlar.
- Alloh kitobini o‘qiysizlar-u unga amal qilmaysizlar.
- Shaytonni dushman, deb da’vo qilasizlar-u, lekin uni do‘st tutasizlar.
- Rasulullohni yaxshi ko‘ramiz, deb da’vo qilasizlar-u, ammo ul zotning yo‘llaridan yurmaysizlar va
sunnatlarini bajarmaysizlar.
- Jannatni yaxshi ko‘rasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
- Jahannamdan qo‘rqasizlar-u gunohlardan tiyilmaysizlar.
- O’lim haq, deb da’voda bo‘lasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaysizlar.
- Birovlarning ayblarini ko‘rasizlar-u o‘z ayblaringizni ko‘rmaysizlar.
- Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz.
- O’liklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. O’lik yer samar bermaganidek, o‘lik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi.

@psixologmaslahatlar