Get Mystery Box with random crypto!

PSIXOLOGIYA│Psixolog kanali

Telegram kanalining logotibi psixologkanali — PSIXOLOGIYA│Psixolog kanali P
Telegram kanalining logotibi psixologkanali — PSIXOLOGIYA│Psixolog kanali
Kanal manzili: @psixologkanali
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.05K
Kanalning ta’rifi

Hayot psixologiya nigohida...
Bu kanalda siz o'zingiz uchun qiziqarli bo'lgan ma'lumotlarni topasiz.
#psixologiktest
#psixologikfakt
#farzandtarbiyasi
#hikoya
#iqtibos
Chat guruhi:
https://t.me/psixologiyachat

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-27 08:30:24 ​​ Bolalarni optimist qilib tarbiyalash mumkinmi?

Dunyoga ijobiy qarashni tarbiyalash mumkinmi? Yoki optimizm — tugʻma xislatmi? Bugungi kunda bolaning dunyoga ijobiy qarashi shakllanishiga nasldan naslga oʻtishning yoki muhitning ta’siri toʻgʻrisida biron-bir xulosa chiqarib boʻlmaydi. Lekin bir narsani aniq aytish mumkin: ota-onalarning dunyoga salbiy qarashi bolalarga ham oʻtadi. Bolada optimizmni qanday rivojlantirsa boʻladi?

Ijobiy fikrlashni oʻstirish

Fikrlash va unga bogʻliq boʻlgan oʻqishdagi oʻzlashtirish bolaga optimist boʻlishga yordam beradi. Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda fikrlash darajasining oshishi bilan birga ularda oʻz bilimiga va oʻz-oʻziga ishonch ham shakllanib borar ekan.

Ota-ona bolaning oʻsish jarayonida unga ijobiy kayfiyat berib turishi va qoʻllab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega.

Bolalarni tinglashga vaqt topish

Bolani bevosita va samimiy qabul qilish, uni tushunishga harakat qilish va u bilan roʻyirost gaplashish juda muhim. Faqat shundagina bolalar ota-ona himoyasini his qiladi. Ota-onalar bolani bezovta yoki xafa qilayotgan muammolarni fikrlashib olishga har doim tayyor boʻlishlari, lekin ochiq gaplashishga majburlamasdan, buning me’yorini va yoʻlini topishi kerak.

Har doim takrorlash mumkin boʻlgan ijobiy ibora topish

Masalan: “Chiqish yoʻli har doim topiladi” yoki “Har bir muammoning oʻz yechimi bor”. Bu ham optimizmni tarbiyalashning bir qismi hisoblanadi. Bu soʻzlarni bola oʻziga singdirib oladi va qiyin vaziyatlarda albatta eslaydi.


Kanalga a'zo bo'lish.
908 views05:30
Ochish/sharhlash
2022-08-27 06:48:41 ​​SEVGI – NIMA U?

Bir guruh tadqiqotchilar 4 yoshdan 8 yoshgacha boʻlgan bolalarga «Sevgi nima?» degan savol berishdi. Bolalar bergan javoblar shu qadar ma’noli ediki, tasavvur ham qilolmaysiz...

«Buvimning oyogʻi ogʻrib qolganida bobom oʻzining qoʻli ogʻrisa-da, uning oyoqlarini uqalab qoʻyadi. Ana shu sevgi». Arsen, 6 yosh.

«Sevgi – qorning juda och boʻlsa ham oʻzingning ovqatingni boshqa birovga berish va buning evaziga hech narsa soʻramaslik». Shoira, 6 yosh.

«Sevgi – oyim tong saharda uygʻonib, dadamga qahva tayyorlashi va mazali chiqqaniga ishonch hosil qilish uchun bir xoʻplam ichib koʻrishidir». Sardor, 7 yosh.

«Sevgi – kun boʻyi yolgʻiz qoldirgan boʻlsang ham, uyga kelishing bilan jajji kuchukchang sen tomonga yugurib kelishi, qoʻyningga chiqib olishidir». Marat, 4 yosh.

«Agar sevmasang, seni sevaman demasliging kerak. Ammo kimnidir sevsang, buni unga har doim aytish kerak. Odamlar esa aytishni unutib qoʻyishadi». Dima, 8 yosh.

Ushbu tadqiqotdan maqsad – eng mehribon bolani aniqlash edi. Soʻrovnomada toʻrt yoshli bolakay gʻolib boʻldi. Uning keksa qoʻshnisi ayolidan ayrilib qolgan edi. Keksa qoʻshnisi yigʻlayotganini koʻrib, bola unikiga bordi va erkakning tizzasiga oʻtirib oldi. Keyinroq onasi boladan qoʻshniga nima deding, deb soʻraganida, bola shunday javob berdi: «Hech narsa demadim. Shunchaki, unga yigʻlab olishiga koʻmaklashdim».

Kanalga a'zo bo'lish.
794 views03:48
Ochish/sharhlash
2022-08-26 21:05:52 ​​Farzandingiz sizni eshitmasa nima qilasiz?

Afsuski, quyidagi kabi iboralar:

"Nega men yuz marta takrorlashim kerak?"

"Men bu so'zlarimni yananecha marta aytishim kerak?"

Sen karmisan? — o'zbekchani tushunmaysizmi?

"Men devorga gapiryapmanmi?" ⠀

Bu so'zlar ko'pchilikka tanish va biz sizga yordam berishi mumkin bo'lgan muqobil iboralarni taklif qilamiz:

"Meni eshiting! / Meni tinglang!"

"To'xtang" / "Keling!"

"Menga kel" (variant: keling va bolani qo'lingizga oling)

"To'xtang va ko'zlarimga qarang"

"Menga sizning e'tiboringiz kerak"

"Bu mumkin emas, lekin siz bundan yahshisini qila olasiz ..." / "Buni qilgandan, buni qilgan yahshiroq ..."

"Yaxshiroq qilaylik / o'ynaymiz / tomosha qilaylik ..." ⠀

Agar bola haqiqatan ham juda sho'x bo'lsa, u sizni haqiqatan ham eshitmasligi mumkin! So'rashdan oldin bolaga yaqinlashing va uning e'tiborini o'zingizga qarating. Aytgancha, bu turmush o'rtog'ingiz bilan ham yaxshi ishlaydi.

Kanalga a'zo bo'lish.
979 views18:05
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:16:52 ​​Аёл бўлиш қийин.
1. Дўконда кўйлак кийиб кўрасан.
2. Сотиб олишни хоҳлайсан.
3. Йўқ, сотиб олишни хоҳламайсан.
4. Хоҳлайсан.
5. Хоҳламайсан.
6. Сотиб олмасанг, уйга келганда афсусланасан.
7. Сотиб олсанг, уйга келганда ёқмайди, афсусланасан.

П.С. Шунақа аёлнинг эри бўлиш ундан ҳам қийин!..

Kanalga a'zo bo'lish.
929 views13:16
Ochish/sharhlash
2022-08-24 19:06:25
Shu tòģrimi,nima deb òylaysiz

Kanalga a'zo bo'lish.
966 views16:06
Ochish/sharhlash
2022-08-24 18:26:31 Aqlsizlik alomati 4 ta:

1. Ahmoq bilan fikr almashish;
2. Johilga pul berish;
3. Do‘stlar nasihatini tinglamaslik;
4. Dunyodan ibrat olmaslik.

Farididdin Attor
923 views15:26
Ochish/sharhlash
2022-08-24 16:40:37 ​​​«ТикТок болалари»: замонавий ёшларни нима қизиқтиради?

Гаджетларга қарамлик, ўқишни ёмон кўриш, худбинлик… Бу виртуал оламни яхши кўрувчи ҳозирги ёшларнинг сифатлари. Хўш, навбатдаги “йўқотилган авлод”ни қандай оқлаш мумкин?
Москва шаҳар педагогик университетида талабалар орасида “сиз учун муҳим қадриятлар” мавзусидаги сўровнома ўтказилди.

ЭРКИНЛИК
Тинчлик, меҳр-муҳаббат, оила, дўстлик, таълим, севимли иш каби қадриятлар орасида талабалар эркинлик, ҳаққонийлик каби жиҳатларни ҳам алоҳида таъкидлаб ўтишган. Улар ёлғизлик, виртуал ҳаёт, бахт ва унга етиб бўлмаслик, қўрқув ва хавотир ҳис-туйғуларини ҳам ҳис қилишади. Қолаверса, ёшлар ўз мақсадларига ўзлари мустақил эришишни исташини ва кимгадир қарам бўлишни хоҳламасликларини ҳам алоҳида таъкидлаб ўтишган.

Эркинлик имкониятини улар бевосита интернет билан боғлашяпти. Чунки айнан ушбу тармоқ ёшларга чекловларни бузиб ўтишда ёрдам беради, янги дўстларни топишга кўмаклашади, турли манбалардан билим олишга имкон яратади. Бу билан улар бировга ўхшашни исташмаяпти, балки ўзгача шахс бўлишни исботлаб беришмоқда. Улар янгиликка ўч.

КУЧ БИЛИМДА
Талабалар кўп бора эслаган яна бир қадрият, бу билим доирасини кенгайтириш. Яхши жиҳати, ёшлар билим олишга интилмоқда. Гоҳида ёшлар китобни кам ўқийди деб нолиб қоламиз. Аммо улар маълумотларни интернет тармоқлари орқали олишяпти.

Уларнинг фикрича, таълим олиш фақатгина профессионал билимга эга бўлиш билан чекланмайди, балки мулоқот кўникмалари, атроф-муҳит ўзгаришларига тез жавоб бера олиш ва жамоада ишлаш каби мослашувчан кўникмаларни эгаллаш дегани. Бундан ташқари, ёшлар таълим тизимидаги муаммоларни кўра билишади ва уларни ечиш йўлида ишлашга тайёр

МОДДИЙЛИК ВА ХАВОТИР
Ҳозирги ёшларни моддийликка ўч деб бўлмайди. Улар пулнинг муҳимлигини эътироф этишмоқда, лекин уни биринчи ўринга чиқаришмаяпти. Шу билан бирга мақсадга эришиш учун моддий бойликлар зарурлигини ҳам инкор этишмаяпти. Аксарият ёшларни пул билан боғлиқ хавотирлар ҳам қийнамоқда. Улар келажагига ишонч билдира олишмаяпти. Чунки атроф жуда тез ўзгариб бормоқда. Барқарор вазиятнинг ўзи йўқ. Мана шундай фикрлар сўровномадан ўрин олган.

Kanalga a'zo bo'lish.
879 views13:40
Ochish/sharhlash
2022-08-24 08:06:11
Onalar haqida kòplab she'rlar eshitganmiz,bu safargisi otalar uchun

Yaqinlarga ham ulashing

Kanalga a'zo bo'lish.
1.1K views05:06
Ochish/sharhlash
2022-08-23 20:03:52 Агар хотининг "Ҳамма эркаклар аблаҳ бўлади!" деган бўлса, у айнан сени назарда тутган, бошқа эркакларни эмас.

Айман Ёғий.
805 views17:03
Ochish/sharhlash