Get Mystery Box with random crypto!

Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Telegram kanalining logotibi psixologiya_testlar_statuslar — Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️ P
Telegram kanalining logotibi psixologiya_testlar_statuslar — Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.22K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga yordam beruvchi:
✅ Psixologik testlar
✅ Psixologik maslahatlar
✅ Psixologik faktlar
✅ Psixologik savol-javoblar
Reklama uchun: @NRozikova

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 11

2023-03-06 14:34:01
1.2K viewsNargis Abdullaeva, 11:34
Ochish/sharhlash
2023-03-06 12:31:02 #RUHIYAT

ERKAKLARNING DIQQAT-E'TIBORI

Ayollar soatlab ko'zgu qarshisida bo'yanib, kosmetika vositalariga ko'proq urg'u berib, pardoz-andoz zaruriyat emas hayotining asosiy mazmuniga aylanib qolmoqda.

Ko'pincha bunday say-xarakatlar ayollar bilan "Kim o'zarga bo'yanish" emas, aslida erkaklarning qadrli e'tiborini tortish uchun qo'llaniladi. Ammo..

Erkaklar, ayollarga qaraganda birinchi navbatda quyidagilarga ahamiyat beradi:

TABASSUM:
Erkaklarning ko'ziga birinchi tashlanadigan narsa ayoldagi tabassum va kulgudir. Buning hayron qoladigan joyi yo'q: hursand, quyosh nuridek charaqlab turgan tabassumga e'tibor bermay bo'ladimi?!
Shuningdek: erkaklar ko'proq tabassum qilayotgan yoki kulayotgan ayolga birinchi bo'lib yaqinlashishadi.

OVOZ:
Ovoz - bu erkaklarning eng ko'p e'tiborini tortadigan va sevib qolishiga sabab bo'ladigan hususiyatlardan biridir.

SOCHLAR:
Bu ham e'tiborni tortivchi asosiy vositalardan biri. Qalin, sog'lom sochlar erkaklarning ko'zini quvnatib bir zumda sevib qolishiga sababchi bo'lishi mumkin.

Mana go'zal ayollar ko'rib turibsiz-ki, erkaklar siz jon kuydirib, vaqt sarflagan ko'p narsalarga ahamiyat berishmaydi: potensial erkakni sizning ulama kiprigu-tirnoqlaringiz qiziqtirmaydi. Yodingizda bo'lsin hammaga birdek yoqib bo'lmaydi: juftingiz yo'lida, tashqi ko'rinishingizni o'zgartiraman deb, hozirda eng qadrlanadigan individualligingizni yo'qotib qo'ymang!


Kanalimizdagi qadrli erkaklar ushbu maqolaning to'g'ri yoki noto'g'riligiga baho bering!

ПСИХОЛОГИЯ
1.4K viewsNargis Abdullaeva, 09:31
Ochish/sharhlash
2023-03-06 10:29:47 БУНИ БИЛИШ ФОЙДАЛИ...

Ҳақиқатдан қўрққан одам ёлғоннинг панасига беркинади.

Одам учта нарсанинг қадрини доим кечикиб билади.
Ёшлик.
Соғлиқ.
Тинчлик.

Дўстни хўрлаш – гуноҳ.
Умр йўлдошини хўрлаш – юз ҳисса гуноҳ.
Ота-онани хўрлаш – минг ҳисса гуноҳ.
Гўдакни хўрлаш – чексиз гуноҳ...

Иш кўплиги-ю, вақт йўқлигидан нолиманг.
Вақт кўплиги-ю, иш йўқлигидан қўрқинг.
Одамни абгор қиладиган нарса – бекорчилик.

Ҳатто булбул ҳам бола очганидан кейин сайрашни бас қилиб, полапонларига емиш ташийди.

Эрталаб турганингда, кундузи юрганингда, кечаси ухлаганингда ҳеч қаеринг оғримаси шунинг ўзи бахт!

Ақл билан мансабга эришиш мумкин.
Мансаб билан ақлга эришиб бўлмайди.

Дунёда мукаммал нарса йўқ. Ҳатто Муҳаббат деб аталмиш олий туйғуда ҳам адолатсизлик бор. Ким қаттиқроқ севса, ўша кўпроқ изтироб чекади.

Инсоннинг баҳоси бу дунёда ўзи олгани билан эмас, ўзидан қолгани билан белгиланади.

Дунёда энг бебаҳо, аммо ҳамиша беназир тарқатиладиган хазина бор. Бу – Она меҳри!

Ўткир Ҳошимов

ПСИХОЛОГИЯ
216 viewsNargis Abdullaeva, edited  07:29
Ochish/sharhlash
2023-03-05 14:04:02 ЎЗИНГИЗГА ИШОНИНГ !!!

- Мени қўлимдан ҳеч иш келмайди, деган гапингизни бугундан унутинг.

- Бу ишни мен уддалай олмайман, менда ўхшамайди, чунки аваллари хам ўхшамаган.

- Ҳаётда мен кўп нарсани йўкотдим, эндиям йўкотишни хохламайман. Бу сўзлардан, бугундан бошлаб воз кечинг.Чунки йўколадиган, йўкотадиган ҳеч нарса йуқ.

- Сизда факат ақл,идрок, дарс ва натижа бор холос.
Барча сиз босиб ўтган йўллар, ўтган дарслар, эришган натижалар сизни яшашга ўргатади.

- Барча кийинчиликлар, тўсиклар, бирор бир дарсни олиш учун, тушуниш учун берилади. Барча тўсик ва қийинчиликлар сизни йиқитади, сизни ўстиради,
ва гўзаллик яратади.

- Буларнинг барчасидан секинлик билан утиб олинади.

Шунинг учун аламдан, нафратдан, сизга ўсиш учун тўсик бўлаетган, яшашга халакит бераётган холатлардан воз кечинг.

- Ўйлашни, ўзингизга кайта кайта савол беришни бугундан бошлаб тўхтатинг.

- Ўзингизни бахтсизман дейишни тухтатинг, чунки буни бари ёлғон.

-Сиз Омадлисиз !
-Сиз Бахтлисиз !
-Сиз ўз хаётингизни яратувчисисиз !
-Сиз хозир булишингиз керак булган жойдасиз !
-Хаммаси ўз қўлингизда !
-Ўрнингиздан туринг, тушкунлика йўқ денг!
-Ахир сиз Хазрати инсонсиз!

https://telegram.me/joinchat/D3Cfyz8l_gu_uddctskJsg
1.5K viewsNargis Abdullaeva, 11:04
Ochish/sharhlash
2023-03-05 12:01:59
Avvalambor munosabatlarda, bir–biringizni chin yurakdan yaxshi ko`ringlar. Chunki sevgi ko`p xatolarni yuvadi. Bir xil fikr qilish, bir–biringizga mehr–muhabbat ko`rsatish, yakdillik bilan hamfikr bo`lish – sevgining mustahkam asosidir!

Sevgi haqida bir chiroyli gap bor ekan: “Sevgi sabr–toqatli va mehribondir. Sevgi hech ham hasadga yo`l qo`ymaydi, boshqalarga maqtanib, kekkaymaydi. Sevgi odobsizlik, xudbinlik, jahl qilmaydi va aksincha dalda beradi. Sevgi nohaqlikdan sevinmaydi, aksincha haqiqat qaror topganda shodlanadi. Sevgi barcha narsani ko`taradi, hech qachon ishonchini yo`qotmaydi, har sharoitda umid saqlab, har narsaga toqat qiladi.”

Do`stlar sevish va sevimli bo`lish oson ish emas. Sevgan vaqtda inson ko`p qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Biroq sevgi bu ohirgi maqsad emas – balki bu jarayondir. Sevinglar va sevimli bo`linglar!
1.2K viewsNargis Abdullaeva, 09:01
Ochish/sharhlash
2023-03-05 09:55:19 Bir kuni uyimga o’rtog’im mehmonga keldi. Biz u bilan choy ichdik, hayot haqida suhbatlashdik. Bir qancha vaqt o’tmay men “idishlarni yuvaman va qaytib kelaman” dedim. U menga shunday qaradiki, go’yoki men unga raketa qurib kelaman deganday.

Keyin u menga achchiqlanib gapirdi: “Xotininga yordam berishing bu yashi. Men hech qachon xotinimga yordam bermayman, sababi u hech qachon qilgan ishlarimni ko’rmaydi. O’tgan haftada men uyni tozalab yuvib chiqdim, lekin u hattoki rahmat ham aytmadi”.

Shunda men joyimga o’tirdim va unga tushuntirdim: “Men ham xotinimga yordam bermayman. Mening xotinimga yordamchi kerak emas. Xotinimga sherik kerak.”

– Men turmush o’rtog’imga uyni yig’ishtirishda yordam bermayman.

Men ham shu uyda yashar ekanman, men ham uyni yig’ishtirishim kerak.

– Men rafiqamga ovqat qilishga yordam bermayman.

Men ham ovqatlangim keladi, shunday ekan men ham gaz plita oldida turishim kerak.

– Men ovqatdan keyin xotinimga idishlarni yuvishda yordam bermayman.

Ovqatdan keyin men ham idishlarni yuvaman. Sababi bu meni ham idishlarim.

– Men ayolimga bollariga qarashda yordam bermayman.

Ular mening ham farzandlarim, shunday ekan men ularga otalik qilishim kerak.

– Men xotinimga kirlarni yuvishda va ularni qurutishda yordam bermayman.

Bu mening va farzandlarimning ham kiyimi, ular toza turishi kerak.

– Men uy ishlarida yordam bermayman.

Men shu oila a’zosiman va men ham uy ishlari bilan shug’ullanishim kerak.

Shu narsalar haqida o’ylab ko’rmaganmisan do’stim. Sen bir marta uyingni yig’ishtirgan ekansan, buning uchun senga umrbod shon sharaf aytish kerakmi?… Nima uchun?

Sen eslay olasanmi, qachon oxirgi marta xotiningning uylarni yig’ishtirib, ovqat tayyorlab, bollarni yuvintirib va hakozo ishlarni qilib bo’lganidan keyin rahmat aytgansan? Yoki seni yoshlikdan uy ishlarini faqat ayollar qilish kerak deb o’rgatishgan, nahot yoshlikdan seni “hamma ish o’z o’zidan qilinadi, sen hattoki barmog’ingniyam qimirlatishing shart emas” – deb fikrlashga o’rgatishgan.

O’z uyingda xotiningga muloyim mehmon bo’lish o’rniga yaxshi sherik bo’l. Ishon, uyda ayollarga ovqat yeyish, uxlash, yuvinish, xullasi faqat o’z extiyojlarini qondiruvchi muloyim mehmon kerak emas.
1.3K viewsNargis Abdullaeva, 06:55
Ochish/sharhlash
2023-03-05 08:57:17
Эшакни фахрланиши учун асоси бор - уни тез-тез одамлар билан тенглаштириб туришади!!!

https://telegram.me/joinchat/D3Cfyz8l_gu_uddctskJsg
281 viewsNargis Abdullaeva, 05:57
Ochish/sharhlash
2023-03-02 15:07:02 "DEPRESSIYAGA UCHRADIM"

Doktor Oiz Qarniyning "Oʻkinma" nomli asaridan sizga tegishli yerlarini iqtibos keltirsam:
«Gʻamgin boʻlmang! Quyidagi qoidalar sizni saodatga eltadi:

1. Agar siz bu kun chegarasida yashamas ekansiz, zehningiz tarqoq boʻlib, har ishda iztirobga tushasiz, gʻam-qaygʻularingiz koʻpayadi. «Tongga kirsang, tunni kutma, tunga kirsang, tongni kutma».

2. Oʻtmish gʻam-gʻussalarini unuting, oʻtmishdagi ishlar uchun gʻam chekish ahmoqlikdir.

3. Kelajak tashvishini ham hozirdan chekmang. Chunki u gʻayb olamidir, kelajak kelguniga qadar u haqida oʻylashni tashlang.

4. Birovlarning tanqidlariga parvo qilmang, solih amallar qilishda sobitqadam boʻling. Tanqid sizning qiymatingizni baholaydi.

5. Allohga iymon keltirish, solih amal qilish goʻzal, baxtli hayot garovidir.

6. Osoyishtalik, xotirjamlik va rohatni istagan kishi Allohni koʻp yod eslasin.

7. Barcha narsa Mavlomizning qazosi va qadari bilan ekanini biling.

8. Oʻzgalardan minnatdorchilik kutmang.

9. Nafsingizni eng yomon oqibatlar ehtimolini ham koʻtara olishga oʻrgating.

10. Balki oʻsha ish sodir boʻlsa, uning ortida siz uchun yaxshilik bordir.

11. Qazoning barchasi musulmon uchun yaxshilikdir.

12. Rabbingiz sizga ato etgan neʼmatlar haqida fikr qiling va unga shukr qiling.

13. Siz oʻzingizga berilgan imkoniyatlar bilan odamlarning koʻpidan ustun ekaningizni biling.

14. Har ikki soat oraligʻda farovon hayot bordir.

15. Inson boshiga tushgan musibat uni duo qilishga, Parvardigoriga bogʻlanishga undaydi.

16. Musibatlar aql va qalbning malhamidir.

17. Albatta qiyinchilik ortidan yengillik ham bor.

18. Arzimas sinovlarga ruhiyatingiz sinib, taslim boʻlib qolmang.

19. Parvardigoringizning magʻfirati kengdir.

20. Gʻazablanmang! Hech qachon gʻazablanmang.

21. "Osmonda esa, sizlarning rizqlaringiz (yomgʻir) va sizlarga vaʼda qilinayotgan narsa (jannat) bordir". Zariyot surasi, 22-oyat.

22. Sizni xavotirga solayotgan ishlarning koʻpi amalda yuz bermaydi.

23. Musibat egalaridan ibrat oling.

24. Alloh taolo kimni yaxshi koʻrsa, uni imtihonlari bilan sinaydi.

25. Gʻam-qaygʻuni arituvchi vird va duolarni koʻp takrorlab yuring.

26. Kerakli va foydali amallar bilan mashgʻul boʻling, bekorchilikni tark eting.

27. Har xil igʻvoyu mishmishlardan yiroq boʻling, asossiz va dalilsiz hech qachon ularga ishonmang.

28. Adovatga oʻch olishga boʻlgan tashnalik dushmaningizdan koʻra oʻzingizning sogʻligingizga zarardir.

29. Boshingizga tushgan musibat va sinovlarga chiroyli sabr qilishingiz gunohlaringiz uchun kafforatdir.


ПСИХОЛОГИЯ
886 viewsNargis Abdullaeva, 12:07
Ochish/sharhlash
2023-03-02 13:31:02 Психолог минбари

Телефонда қилинган мурожаат:

-Ассалому алайкум ! Сиз психологмисиз. Бир саволим бор эди.

-Ваалейкум ассалом ! Ҳа марҳамат.

-Мен эримни жуда кўп рашк қиламан.

-Нега ?
-Билмадим.
- Хиёнат қилганми?

-Йўқ.

-Унда нега рашк қиласиз?

-Билмиман жуда чарчадим, ўзимни ҳам жонимга тегди. Айтинг нима қилсам бўлади?

-Қачон охирги марта қошингизга ўсма қўйдиз?

-Нега? Мен доимо ўзимга қараб юрганман. Кўринишим ҳам ўртача унча кўримсиз ҳам эмасман. Ўзингизга қараб юрасизми демоқчимисиз?

-Сиздан косметолог сифатида эмас психолог сифатида савол беряпман. Қачон охирги марта қошингизга ўсма қўйдингиз?

- Ммм 2-3 йил бўлиб қолди.

Қошда 150 дан ортиқ нерв толалари мавжуд. Қанчалик қош ўсма билан парвариш қилинса нерв толалари озуқаланади аёл кишининг чап мия ярим шари активлашади. Инсондаги миянинг чап томони ақлга ўнг томони эса ҳиссиётга жавоб беради. Шунингдек, ҳиссиёт кучайса ақл сусаяди. Чап мия актив бўлишини хоҳласангиз қошингизга ўсма суриб синаб кўринг.

-Йўғее... алоқаси борми? Ўзим ҳам ҳайрон бўлгандим нима учун бундай жиззаки бўлганимга. Онамлар ҳам бекорга кўп ўсама қўймас эканлар. Эртага онамни уйларига бориб қучоқлаб оламан сиззи ўсмалари кўп касалликка даво экан дейман.

-Раҳмат сизга.

-Соғ бўлинг

Психологик мотивацион тавсиялар
https://t.me/+XzYhWh_pwec2YjMy
1.2K viewsNargis Abdullaeva, edited  10:31
Ochish/sharhlash
2023-03-02 11:44:02
Бирор киши ёки бирор нарса ҳақида тинимсиз салбий фикрлаяпсизми?

Ҳаётимизда бирор ёмон нарса рўй берса, унинг 5 та яхши томонини топинг, ўшанда енгил тортасиз. Ёдингизда бўлсин, ҳар бир нарса яхшиликка, сизнинг фойдангизга, сизнинг ўсишингиз ва ривожланишингиз учун рўй беради.

Бирор киши ҳақида салбий фикрларингиз кўпайиб кетган бўлса, ўша инсоннинг 5 та яхши ҳислатини сананг ва яна енгил тортасиз.

Ҳар битта ёмон фикр ўзимизга ўз аксини кўрсатиб, ёмон натижани олиб келиб беради. Шунинг учун ёмон фикр келиши билан дарҳол қувиш керак.

ПСИХОЛОГИЯ
1.1K viewsNargis Abdullaeva, 08:44
Ochish/sharhlash