Get Mystery Box with random crypto!

Rashkning 5 sababini aniqlab, davosini topamiz! Maqtang! Sab | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Rashkning 5 sababini aniqlab, davosini topamiz!

Maqtang!


Sabab:
Sevgan insonini yo'qotishdan qorqish. «Agar u meni tashlab ketsa, hech kimga kerak bo'lmay qolaman», deb hisoblaydi va tashlab ketmasliklarining chorasini oldindan ko'rmoqchi bo'ladi.

Yechim:
Bu toifa kishilarning oziga ishonchini oshirish kerak. Ya'ni uning dunyodagi eng mehribon turmush o'rtoqligini aytib, maqtab turilsa, rashk xuruji chekinadi. Ularning ataylab rashkini keltirish yaramaydi, unutmang.

Ochiqcha gaplashing!


Sabab:
Arzimgan narsada ham xiyonat soyasini koradi. Na ishonadi, na tinch qoyadi. Har daqiqada noroziligini bildirib turish u uchun odatga aylangan.

Yechim:
Ochiqchasiga gaplashib oling, uning shubha-gumonlari siz uchun xaqoratomuz tuyulishini tushuntiring. Lekin eng asosiysi, o'zingiz ham uning rashk qilishi uchun sabab bo'la oladigan vaziyatlarga tushmaslikka harakat qiling.


E'tiboringizni qizg'anmang!


Sabab:
Juftingizning sizga bee'tiborligi yoki sizning unga befarqligingiz.

Yechim:
Hamisha sevgan insoningizning e'tiborida bo’lishga erisha olish katta san'at va yutuq! Faqat oshirib yuborilmasa bo'lgani. Bu e'tibor rashk asorati sifatida nazoratu shubhaga aylanib qolmasin tag'in?!

Sukut saqlang!

Sabab:
Beruxsat qilingan kichkina ishni ham o'ziga qarshi ko'tarilgan isyondek qabul qiladi. Bo'ysindirish uchun tilini qisiq qiluvchi bahonalar qidirishdan charchamaydi.

Yechim:
Ozingizni oqlashga urinmang. Bu janjalni avj oldiradi. Jim eshitib, bir-ikki kun o'tgach, vaziyatga oydinlik kiriting.


Qasdma-qasd ish tutmang!


Sabab:
Zerikish, maqsad yo‘qligi, ishsizlik (ayniqsa, erkaklarda) behuda rashkka sabab bo‘ladi.

Yechim:
Avvalo xizmatlaringiz, topayotgani pulingiz, ishdan charchashingizni minnat qilmang. Turmush o‘rtog‘ingizni ruhlantiring. U bilan kelajak haqida rejalar tuzing. Bu bilan uning ishonchini oshirasiz.

ПСИХОЛОГИЯ