Get Mystery Box with random crypto!

Ko'z ravshan bo'lsa — qalbning oqligi belgisidir. Ko'z telb | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Ko'z ravshan bo'lsa — qalbning oqligi belgisidir.

Ko'z telbanamo bo'lsa — ahmoq va befahmligidan dalolatdir.

Ko'z kichik bo'lsa — ojizlik va g'am-anduhga botganlikdan belgidir.

Ko'z harakatsiz xira bo'lsa— ablaxlikning dalilidir.

Ko'z yoshli bo'lsa — yaxshilikka moyilligidan belgidir.

Ko'z quruq bo'lsa — kishi toshyurak, beaql, fahmsiz va sharmsiz bo'ladi.

Ko'z kichik va xira bo'lsa— ochko'z va molparast bo'ladi.

Ko'z tim qora bo'lsa — badgumon va qo'rqoqlikdan belgidir.

Ko'z bexarakat bo'lsa — zaif, johil va tanbaldir.

Ko'z moviy bo'lsa — besharm, bevafo, etiqodi va iymoni sustligi dalilidir.

Ko'z yirik qizg'ish bo'lsa — u moviyrang ko'zga yaqindir.

Ko'z moviy-sarg'ish va yoshsiz bo'lsa — unday kishi yomonlik va qabixlikka odat qilgan bo'ladi.

Ko'z katta (zalvarli) bo'lsa — bilim va ziyraklik yetishmasligiga dalil bo'ladi.

Ko'z yoshlanmaydigan bo'lsa — bilim va ziyraklik yetishmasligiga dalil.

Kichik va tor ko'z oldiga turtib chiqqan bo'lsa — ziyrak va qabix so'zlikdan dalolatdir.

Ko'z o'ynab turuvchi kichik bo'lsa — hiylagar va itfe'l bo'ladi.

Ko'zning oqu-qorasi baravar bo'lsa — u vafoli, rostgo'y va yaxshilik qiluvchidir.

Agar ko'zning hech shu'lasi (jilosi) bo'lmasa — unday kishi odamlar baxtsizligidan shodlanadi, ular shon-shavkatning zavol topishini istaguvchidir.

Agar ko'k, qora yoki shahlo ko'zda qora nuqtalar ila feruza rang qo'shilgan bo'lsa — u kishining ichi qora va shahvatga o'chdir.

Agar o'sha qora nuqtalarning qizili doimo ko'zga tashlanib tursa — u ziyrak shirinso'z, ulug' ishlarga moyil, ammo qo'rquv va jur'atsizligi tufayli bunday ishlardan o'zini tiyguvchidir.

Kimning ko'zi doim yaxshi bo'lsa — uning achchig'i tez chiqadi.

Kimki kulganda ko'zida yosh yiltillasa — u sodiq do'st va yomon ishlardan xoli kishidir.

Kimning ko'zi juda o'tkir bo'lsa — u oilaparvar, ammo molga o'ch bo'ladi.

ПСИХОЛОГИЯ

Бизнинг манзил дустлар билан улашинг