Get Mystery Box with random crypto!

Biz nima uchun aynan shunday ekanligimizni izohlovchi 10ta psi | Inson psixologiyasi

Biz nima uchun aynan shunday ekanligimizni izohlovchi 10ta psixologik fakt
(1-qism)
Hammamizga ma’lum bir shaxsning miya tuzilishi boshqa insonnikiga o‘xshamaydi. Ammo ayrim vaqtlarda, turli xil insonlarning bosh miyasi bir xil funksiyani bajarishi mumkin. Shu tufayli bizda o‘xshash vaziyatlar vujudga keladi. Jumladan, ba’zan qilayotgan ishlar, siz his qilayotgan tuyg‘ularni do‘stingiz ham boshdan kechirgan bo‘lishi mumkin va sizda nega shunday ekanligi to‘g‘risida savol tug‘iladi? Umid qilamizki, quyidagi faktlar sizdagi mavjud ba’zi jumboqlarga yechim bo‘la oladi.
1. Agar maqsadlaringizni boshqalarga oshkor qilsangiz, sizda maqsadga erishish imkoniyati ancha kamayadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson maqsadini boshqa birovga aytsa, unda o‘sha maqsadga eltuvchi motivatsiya yo‘qoladi.
2. Uxlashdan oldin xayolingizda oxirgi marta gavdalangan inson, yo sizning baxtingizga, yoxud iztirobingizga sababchi bo‘lgan insondir.
3. Ijobiy ruhiyatga ega insonlar bilan birga bo‘ling, baxtli odamlar sizni yanada baxtliroq qiladi.
4. Parchalangan qalb tufayli inson vafot etishi mumkin. Bu tibbiyotda “Stress kardiomupatiya” deyiladi.
5. Aqlli insonlar o‘zlarini nisbatan pastroq baholaydilar va ularda o‘z-o‘zini tanqid qilish hissi mavjud bo‘ladi.
Ahmoq insonlargina o‘zlarini mukammal deb hisoblaydilar.
6. Qo‘shiq kuylash depressiya va kuchli havotir kabi negativ tuyg‘ularni kamaytiradi.
7. Ayrim insonlar juda baxtli bo‘lishdan qo‘rqadilar. Chunki, ulkan baxtdan keyin mudhish hodisa ro‘y beradi deb qattiq ishonadilar.
8. Psixologik isbotlangan ma’lumot, sevib qolish uchun 4 daqiqa kifoya.
9. 98% holatlarda, siz haqingizda savol so‘rashni xohlasalar, hayolingizga birinchi bo‘lib yaqin kunlarda qilgan barcha yomon ishlaringiz keladi.
10. Bugungi kunda o‘rta maktab o‘quvchisining havotir darajasi 1950-yilda ruhiy kasalning o‘rtacha havotir darajasi bilan barobar.