Get Mystery Box with random crypto!

​​Kechirim so‘rash shart bo‘lmagan beshta holat Biz ba’zida q | Inson psixologiyasi

​​Kechirim so‘rash shart bo‘lmagan beshta holat

Biz ba’zida qilgan ishimiz uchun emas, bizning harakatlarimiz boshqacharoq natija bersa va kimnidir tinchini buzgani uchungina kechirim so‘raymiz. Biz ko‘pincha boshqalarning his tuyg‘ulari haqida ko‘proq qayg‘uramiz, garchi bunda ko‘proq o‘zimiz zarar ko‘rgan bo‘lsak ham.

Shunday narsalar borki, ular uchun hech kimdan uzr so‘rash shart emas:

1. Rad javobingiz uchun uzr so‘ramang.

Chegaralarni himoya qilish – hurmat va o‘z-o‘zini sevish belgisidir. Agar siz rad etishingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, bu uchun kechirim so‘rashning hojati yo‘q.

2. Orzularingizga ishonganingiz uchun kechirim so‘ramang.

Siz ishonch bilan intiladigan orzuingiz bor. Orzular uchun yonib-kuyib yashayapsizmi, demak siz yorqin va ozod hayot kechiryapsiz. Ulardan kechish – afsuslar va maqsadning yo‘qolishidir. Agar siz orzularingiz uchun kechirim so‘rasangiz va passiv bo‘lsangiz, demak siz baxtingizni boy bergan bo‘lasiz.

3. O‘zingizga ajratgan vaqtingiz uchun uzr so‘ramang.

Buni egoizm bilan taqqoslash mumkin. Lekin, siz uchun kim vaqt ajratadi, agar siz o‘zingiz uchun vaqt topa olmasangiz? Birinchi navbatda o‘zingizni baxtingiz haqida o‘ylashingiz kerak. O‘zingizga hech bo‘lmaganda ozginagina quvonch baxsh eting. Agar bugun yolg‘iz qolishni istasangiz – yolg‘iz qoling. Hech kim sizga xalaqit bera olmasin.

4. Siz ideal emasligingiz uchun kechirim so‘ramang.

Bizning kamchiliklarimiz bizni kimligimizni anglatadi. Shu kamchiliklar sabab biz boshqachamiz, qolganlardan ajralib turamiz. Shunday ekan bu kamchiliklarimiz ham ustunliklarimiz bilan birdek qabul qilinishi kerak.

5. Boshqalar uchun kechirim so‘ramang.

Biz hamma javobgarlikni birinchi o‘rinda o‘zimizga olamiz. Bishqalar qilgan ishlari uchun javobgarlikni o‘zlariga yuklashadi. Agarda ular qilgan ish qaysidir tomoni bilan sizga bog‘liqdek tuyulsa ham, kechirim so‘rashga shoshilmagan ma‘qul.