Get Mystery Box with random crypto!

#motivatsiya Qisqichbaqa mentaliteti. Tajribadan ma'lumki | PSIXOLOGIK TEST

#motivatsiya

Qisqichbaqa mentaliteti.

Tajribadan ma'lumki, agar biror paqir yoki idishga bir qancha qisqichbaqalarni solsak, u yerdan chiqmoqchi bo'lgan qisqichbaqa paqir og'ziga yetganida, boshqa qisqichbaqalar uni oyog'idan qisib orqaga tortishar ekan.

Zoologlar aslida ular xam yuqoridagi tayanchga suyanib tashqariga chiqmoqchi bo'lishadi ammo alal oqibat xech qaysi qisqichbaqa idishdan chiqa olmaydi. Buni qisqichbaqa mentaliteti deyiladi.

Odamlarda ushbu mentalitet kuchli rivojlangan. Masalan oddiy chekishni tashlamoqchi bo'lsangiz - Ovora bo'lma tashlolmaysan, yoki chekib ham uzoq yashab yurganlar bor deyishadi. YOki sport bilan shug'ullanib ozmoqchi bo'lsangiz sport bilan ozish mumkin emasligini ta'kidlashadi.

Aslida o'zlari sizning orqangizda qolishni istashmaydi. Ular qisqichli qisqichbaqalardir.

Xulosa 100 ta qisqichbaqa orqaga tortsada yanada kuchliroq bo'lib oldinga harakat qiling. Agar siz chiqsangiz ular baribir o'z idishlarini tark eta olmasligini ko'rasiz.


@Psixo_Testlar