Get Mystery Box with random crypto!

Negativ fikrlashdan qochamiz _ _Negativ fikrlashni to'xtatish | PSIXOLOGIK TEST

Negativ fikrlashdan qochamiz

_ _Negativ fikrlashni to'xtatish uchun zudlik bilan quyidagi qoidalarga amal qiling:

Avvalo nimasan ko'nglingiz to'lmayotganini aniqlang va ortga razm soling: noliyotganingiz kecha siz uchun orzu bo'lgan;

“Yo'qlik” va “borliq” qonuni doimo yonma-yon bo'lib, ana shu jihat sizni muntazam harakatga undaydi - shunday ekan yo'qlikka katta ahamiyat bermang;

Unutmang “Tanganing ikki tomoni” sizda ham bor;

Inson o'zidagi kamchiliklarni o'zidan ko'ra ko'proq o'zgalarda yaxshiroq anglaydi - nolib o'zingizni tanqid qilib qolishdan saqlaning;

O'zingizda yo'g'ini aytib yig'layvermasdan borini eslab tabassum qilib ko'ringchi?

Atrofingizdagu tashqi olam sizning fikrlaringizdan tashkil topadi, hayotingiz yoqmayotgan bo'lsa avval o'zingizni o'zgartiring;

“Ikki kishi boqqanda qamoqxona ortidan: biri ko'rar balchiqni biri ko'kda yulduzni”.

Qaerga qarayotganingizga yaxshilab razm soling.

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali