Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT BARIBIR... Odamlar aksariyat holda o'ylamasdan i | 🎓PSIXOLOGIYA

#RUHIYAT

BARIBIR...

Odamlar aksariyat holda o'ylamasdan ish qiladilar, ular ko'p xollarda o'z qobiqlariga o'ralib qoladilar - BARIBIR ULARNI MA'ZUR TUTING.

Agar marhamatli bo'lsangiz odamlar sizni xudbin pinhoniy vaj-sabablar bo'yicha ayblashlari mumkin - BARIBIR MEHRIBON BO'LIB QOLAVERING.

Agar yutuqlarga erishsangiz siz bir nechta soxta do'st va bir talay chinakam dushman orttirasiz - BARIBIR YUTUQLARGA ERISHAVERING.

Agar rostgo'y va samimiy bo'lsangiz odamlar sizni aldashlari mumkin - BARIBIR VIJDONLI VA SOFDIL BO'LING.

Siz yillab bunyod etgan narsangizni kimdir bir kechaning o'zida barbod qilishi mumkin - BARIBIR BUNYOD ETAVERING.

Agar tinchlik xotirjamlik va baxt-saodatga erishsangiz kimdir sizga xasad qilishi mumkin - BARIBIR BAXTLI SAODATLI BO'LING.

Bugun siz amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz ko'pincha ertasiga unutilib ketadi - BARIBIR HAYRLI ISHLAR QILAVERING.

Dunyoga o'zingizda nima bo'lsa, eng yaxshisini bering va ehtimol bu hech qachon etarli bo'lmasligi mumkin - BARIBIR DUNYOGA ENG YAXSHISINI BERING.

Yodda tuting, oxir oqibat bularning barchasi SIZ va Parvardigor o'rtasida qad rostlaydi!

@PSIXOLOGIYA_DUNYADI_RUMIY