#RUHIYAT Pul nima? Insonlar ongida pul to‘g‘risida 2 xil tushunchalar mavjud. Birinchisi salbiy tushunchalar ▼ Pul - bu johillik. ▼ Pul yaqin insonlar orasiga nizo soladi. ▼ Pul nafsga erk beradi. ▼ Agar pul ko‘p bo‘lsa, halovat yo‘qoladi. Ertayu kech uni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib yashaysan. ▼ Pul boshqa hamma qadriyatlarni unutishgal majbur qiladi ▼ Pul odamlarni xasis va ochko‘z qiladi. Ikkinchisi ijobiy tushunchalar Pul - bu ozodlik. Boshqa odamlarga qaram bo‘lmaslik imkoni. Pul - haq to‘lanadigan emas, ko‘nglingga yoqqan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Pul orzularni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Pul turli qulayliklar taqdim etadi, turmushni go‘zallashtiradi. Pul qariganda farovon hayotni taminlaydi. Pul - bu yaqinlarimizga, ota-onamizga, farzandlarimizga va do‘stlarimizga yordam berish imkonini yaratadi. Pul farzandlarga yaxshi talim berish imkonini yaratadi. Endi o‘zingizga savol bering! Pul siz uchun nima? @PSIHOLOGRAM 12.9K views11:03