Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza ​SEVGI O'ZI NIMALIGINI BILASIZMI? Sevgi - bu h | PSIXOLOGIYA

#Mulohaza

​SEVGI O'ZI NIMALIGINI BILASIZMI?

Sevgi - bu hazrat Bilol Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotidan keyin Azonni o'qiy olmagani.

Sevgi - bu hazrat Bilol Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotidan keyin nurli Madinada yashay olmay, u yerni tark etgani.

Sevgi - bu hazrat Bilol Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qabrini ziyorat qilib, uzoq vaqt o'tirib qolgani, tushida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni ko'rib, uyg'onib yig'lab, Payg'ambarimiz alayhissalomni qabrlarini ziyorat qilish uchun qaytib kelganlari;

Sevgi - bu hazrat Bilol kechalarning birida Madinaga qaytib kelganida, hazrat Hasan va Xusan roziAllohu anhular Biloldan Azon chaqirishni iltimos qilishadi, butun Madina ahli hazrat Bilolning ovozini eshitib titrab tushib yig'laganlari va bundan oldin Madinada bunday kun bo'lmagani;

Sevgi - bu Umar roziAllohu anhu hazrat Biloldan SHomdagi lashkar uchun azon chaqirishni so'raganlarida, hazrati Bilolning:
"Ashhadu anna Muhammada-r-Rasululloh" deb to'xtab yig'lab yuborgani, buni ko'rib Umar roziAllohu anhu va butun qo'shin qattiq yig'lab yuborgani;

Sevgi - bu hazrat Bilolning o'lim to'shagida: "Ertaga men o'zimning sevikli Muhammad sollallohu alayhi va sallam va uning birodarlari bilan uchrashaman", degani;

Alloh taolo hazrat Bilol roziAllohu anhudan rozi bo'lsin! Hammamizga shunaqa muhabbat lazzatini totishni nasib aylasin!

@PSXOLOGIYA biz bilan albatta yuksalasiz!