Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur        O'quv yili boshida do'stimning uyidan boshqa | PSIXOLOGIK TAVSIYA

#tafakkur
       O'quv yili boshida do'stimning uyidan boshqa joyga ko'chish uchun(vaziyat shuni taqozo qildi) ijaraga uy izladik. Internetdagi bir qancha e'lonlar va qo'ng'iroqlar xullas hammasi alambalo. O'sha kunlarda bir uyni ko'rish uchun borishga to'g'ri keldi. Bu ayol kunbo'yi ishda bo'lgani uchun kechga yaqin bordim. Uyning sharoitini ko'rgach uzoq ekanini hisobga olib, do'stim bilan maslahatlashib keyin tayinli javob aytarman dedim. Ayol meni katta yo'lga kuzatib qo'ydi. Poytaxtda bu vaqtda avtobuslar serqatnov va odamlar gavjum bo'lishiga qaramay Yandex taksiga buyurtma berdim.( Odatda undan faqat shoshilinch vaziyatlarda foydalanaman xolos). Oradan ko'p o'tmay qo'ng'iroq bo'ldi. Salomlashuvdan keyin:
- "Sizlar necha kishisizlar?"-deb savol berdi qo'ng'iroq qiluvchi.
-Ikki kishimiz ( men uni uyiga ijarachi qo'ymoqchi deb o'yladim)
U: ayolimni ham olsam maylimi o'zim bilan?
Men: "Uzr kim edi bu o'zi?
Hozirgina taksi chaqirdilaring-ku. Shunga necha kishisizlar. Ayolimni ham olsam maylimi yonimga?

-Haaa, uzr kvartira izlab yurgandik shunga ijaraga qo'ymoqchisiz deb o'yladim.

-Bemalol olishingiz mumkin. (Ayolini ishdan qaytish vaqti bo'lgan bo'lsa kerak birato'la olib kelmoqchidir deb o'yladim).

Hech qancha vaqt o'tmay ko'rsatilgan raqamdagi mashina yetib keldi.  Salomlashib, mashinaga o'tirgach,  manzilga yana bir bor aniqlik kiritib, yo'lga ravona bo'ldik.

Yo'l-yo'lakay haydovchi menga rahmat aytib, yaxshi inson ekanligimni e'tirof qildi.
Men nega deb savol berdim. U ko'pchilik mijozlar ayolini ham o'zi bilan olish haqida so'rashi bilan. Mijozlar buyurtmani bekor qilishini, shu sababli  yo'lga chiqishdan avval qo'ng'iroq qilib mendan ruxsat so'raganini aytdi.

Haydovchi ayoli suv olish uchun tushgan paytda:
O'zining nogiron ekanligini, ayoli uning oyog'i ekanligini, o'zidan ancha kichikligini,  uni holatini ko'ra bila turib unga turmushga chiqishga rozi bo'lganini, juda yaxshi ekanligini ham aytib o'tdi. Ayoli ham juda yaxshi hamsuhbat ekan.

Umuman olganda mendan ruxsat so'ramasdan ayolini mashinaga solib kelsa ham jahlim chiqmas edi?

Xo'sh, sizchi? Sizning jahlingiz chiqarmidi?

https://t.me/psixologik_tavsiya1