Get Mystery Box with random crypto!

#MOTIVATSIYA SIZGA ISHONAMAN! Kayfiyatingizni boshqara ol | Psixolog Munisa Xoliqova

#MOTIVATSIYA

SIZGA ISHONAMAN!

Kayfiyatingizni boshqara oling ! Tushunaman, Sizda hozir maqsadingiz sari intilish juda qiyindek bo'lib turibdi!

Ammo shuni biling, taslim bo'lish, hammasidan voz kechish oson. Orzuga erishish, qo'rquvlarni yenga olish, oldinga intilish va cho'qqiga chiqish biroz qiyinroq, lekin zavqli.

U Sizni yanada kuchliroq qiladi! Taslim bo'lishdan oldin o'ylang... Qancha yo'l, qancha masofalarni bosib o'tdingiz, axir!

Nima uchun bu yo'lga chiqqaningizni, qaysi orzuingiz Sizni harakatga undaganini eslang! Sizda maqsad, xohish va intilish bor edi, balki hayot majburlagandir, bu ahamiyatsiz, tushuning.

Bu yo'ldagi eng ahamiyatlisi, oxirining nima bilan tugashi, hammaga Sizning natijangiz qiziq! SHuningdek, Sizga ham!

SHunday ekan,taslim bo'lish haqida o'ylab ham o'tirmang! O'zingizni ruhlantiring, men albatta ko'zlagan maqsadimga erishaman, deng. Tashqaridan ruhlantirishlarni kutmang, o'zingizga motivasiya bera oling!

Men Siz bilanman! Menga ishoning, Siz albatta cho'qqilarni zabt etasiz! SHuning uchungina yaralgansiz. Siz irodalisiz, Siz uddalaysiz men buni bilaman!

Men ishonaman, Siz aslo taslim bo'lmaysiz! Ozgina qoldi, intiling, kurashing va g'olib bo'ling!


G'ALABAGA OZ QOLDI!

Kanalimizga obuna bo'ling

@psixolog_munisaxoliqova
@psixolog_munisa_xoliqova