Get Mystery Box with random crypto!

Psixolog | Dilnura Anvarovna

Telegram kanalining logotibi psixolog_dilnura — Psixolog | Dilnura Anvarovna P
Telegram kanalining logotibi psixolog_dilnura — Psixolog | Dilnura Anvarovna
Kanal manzili: @psixolog_dilnura
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15
Kanalning ta’rifi

🕋ISLOMIY VA DUNYOVIY PSIXOLOG | TRENER
• | Ayollar psixologi ❤
• | Bolalar psixologi 🤍
📌Murojaat va savollar uchun : @manager_coral

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-30 07:12:21
#psixologik_film

Qirmizi xona 1-qism Uzbek tilida

Psixologik ong kengayturuvchi film

@psixolog_Dilnura
16 viewsedited  04:12
Ochish/sharhlash
2022-09-28 09:19:05 #RUHIYAT

​​TABASSUM QILING

Atrofdagilarning ishonchini chaqiradi
Kulib turgan inson menga ishonish mumkin, degandek tuyuladi. Bunday insonlar saxiy bo‘ladi. Tadqiqotchi va iqtisodchi Yorna Sharlemannaning aytishicha, kulgi ishonchni 10 foizga oshiradi. Sherigining kulib turganini ko‘rganlar u bilan moliyaviy shartnomalarni tuzishni istab qolishar ekan.

Kamchiliklarimizni yashiradi
Tanish insoningizga sovg‘a olishni yoddan chiqardingizmi? Mijozingizning ismi esdan chiqdimi? Kimningdir oyog‘ini bosib qo‘ydingizmi? Bunday nojo‘ya harakatlarni sodir etganda, oddiygina tabassum qilib qo‘yamiz. Bunday tabassum yo‘l qo‘ygan xatoliklarimiz va kamchiliklarimizni kechirishga undaydi. Ularni berkitadi. 

O'ZINI YAXSHI HIS QILISHGA YORDAM BERADI
Ba’zida tabassum xushmuomalalik belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ba’zida esa inson o‘zining kayfiyatini ko‘tarish uchungina tabassum qilib qo‘yadi. Boston kolleji mutaxassisi Meryen Lyafrans yuzida tabassumi yo‘q “tosh chehralar”dan turli yangiliklarni eshituvchi insonlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, yuzida tabassumi yo‘q insonlardan nimanidir eshitish atrofdagilarda noqulaylik paydo qilgan. Ular ishtirokchilarda quvona olmaydigan inson sifatida tasavvur qoldirdi. Ishtirokchilar hatto, bunday insonlarga achinishgan.     

XAFAGARCHILIKNI UNUTISH
Psixologiyada qayta aloqa degan tushuncha bor. Uning asosida hissiyotlarning inson yuziga ta’siri va aksincha, yuzning hissiyotlarga ta’sir ko‘rsatishi yotadi. Bu esa yuzga baxtiyorlikni bag‘ishlash uchun tabassum qilishning o‘zi yetadi, deganidir. Qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar tabassum atrofdagilar tomonidan iliq kutib olinadi.

TABASSUM QILGAN INSON JOZIBALI KO'RINADI
Ayollik tabassumi qarama-qarshi jins vakillariga sehrli ta’sir ko‘rsatadi. Ayol erkak bilan ko‘z orqali munosabat o‘rnatganda, 20 foiz holatlarda erkak o‘sha ayol bilan muloqotga kirishadi. Agar bu holatda ayol yana kulib turgan bo‘lsa, ko‘rsatkich 60 foizga oshadi.
Aynan tabassum ayolni erkak oldida jozibador qilib ko‘rsatadi. Erkakning ko‘p tabassum qilishi esa aksincha, ters ta’sir qiladi. Erkak kishi qancha kam kulsa, u shuncha jasur va jiddiyroq ko‘rinadi. 
Ayollarni erkakning mag‘rurligi o‘ziga ko‘proq tortadi.

O'YLARIMIZNI BERKITADI
Tabassum orqali miyadagi mahzun xayollarimizni berkitmoqchi bo‘lamiz. Aksariyat psixologlarning aytishicha, samimiy tabassum hech qachon insonni aldamaydi. Uni qanday tanib olish mumkin? Soxta tabassumda og‘iz burchaklarigina harakatga keladi, haqiqiysida esa ko‘z ham muloqotga kirishadi.  

DUNYOGA KULIB BOQ
Dunyoga kulib boqsang, butun dunyo sen bilan birga kuladi, degan fikr bor. Bu fikrda butun dunyo tushunchasi faqatgina mubolag‘a. Ammo kulib turgan insonga 50 foiz holatda aynan shunday javob qaytishi aniq fakt

https://t.me/psixolog_Dilnura
227 views06:19
Ochish/sharhlash
2022-09-25 16:39:12 #РУХИЯТ

​ҚЎРҚУВ ВA СЕВГИ!

Келинг, қўрқув ҳақида гаплашамиз. Aслида, бу ерда ҳаммаси оддий. Ҳар бир фикр ёки ҳаракат икки ҳолатдан келиб чиқади: қўрқув ёки севги. Лекин биз жуда камдан-кам ҳолларда севгини танлаймиз.

Қўрқув ҳар доим бизнинг энергиямизни пасайтиради,
севги эса орттиради.
Қўрқувни ўзимиз миямизда, фикрларимиз билан яратамиз ва буни кимгадир айтамиз-да, унга энергия юборамиз, натижада кичик қўрқувларимиз катта даражада амалга ошиб кетади.

ХAТО ҚAЕРДA ЮЗ БЕРДИ?
Хато фикрнинг келиб чиқишида юз берди. Фикрни пайдо бўлаётганда тўғри йўналтириш керак. Aҳир, энди ҳеч биримизга сир эмас-ки, фикрларимиз моддийлашади! Aсосан, келажак ҳақида фикрлаганимизда қўрқув, ишончсизлик туйғулари кела бошлайди, шу боисдан, Сизга «ҳозир ва шу ерда» яшанг деб бир неча бор айтилмоқда!

Ҳаётингизда кутилмаган бирор бир салбий воқеа юз берса, вазиятни ҳотиржамлик билан қабул қилинг. У воқеа Сизни яхшиликка етаклаётганига ишонч ҳосил қилинг! Вазиятга миннатдорчилик билдиринг! Қисқача қилиб айтганда, Сизга ёмондек туюлаётган ҳодисаларга Сиз ижобий энергияларингизни беринг, шунда ҳар қандай вазият Сизнинг фойдангизга ишлайди!

Вазиятни иштирокчиси эмас, кузатувчиси бўлинг!
Иштирокчидек бўлсангиз ўзингизни жабрланувчидек ҳис қиласиз! Кўп энергия йўқотасиз!
5-ўлчамга ўтишда энергия жуда муҳим!

Aгар кузатувчи бўлсангиз вазиятга тўғри ечим топасиз!
Сиз атрофингиздаги дунё билан уйғун муносабатда бўлганингизда, ҳамма нарса
"сиз учун ҳаракат қилаётганини" пайқаганмисиз? Сиз магнит каби керакли одамларни, тўғри вазиятларни ва шароитларни ўзингизга жалб қила бошлайсиз.

Aммо ҳар қандай негатив, қўрқув авваламбор ичингизни емиришни бошлайди. Ва айнан шу орқали энергия йўқотиш ҳисси вужудга келади.
Сиз аҳамиятсиз ва кичик бўлган муаммоларга жуда кескин тарзда муносабатда бўлишни бошлайсиз.

Aммо ички дунёйингиз қанчалик хотиржам бўлса, ўзингизни шунчалик севасиз ва ўзингизга ғамхўрлик қиласиз; хоҳишларингиз ва эҳтиёжларингизга қулоқ соласиз. Сиз шунчаки ташқи дунёга у қадар аҳамият бермай қўясиз.

Ўзингизни севинг, ҳаётни севинг, қимматбаҳо ҳаётингизнинг ҳар бир дақиқасидан хурсанд бўлинг, шунда, Коинот ҳам сизга албатта шу тариқа жавоб беради!

https://t.me/psixolog_Dilnura
25 views13:39
Ochish/sharhlash
2022-09-19 07:02:43
Layfxak

Rasmiy kanalimiz
@psixolog_Dilnura
38 views04:02
Ochish/sharhlash
2022-09-18 14:14:52
Agar siz tushkunlikka tushsangiz, g‘amga mubtalo bo‘lsangiz, o‘zingizdan boshqalarga yaxshilik qiling va go‘zallik hadya eting, shunda qiyinchilikdan chiqasiz va rohat olasiz. Demak, siz yo‘qsilga narsa ulashing, mazlumga yordam bering, qiyinchilikka tushib qolganni qutqaring, ochni to‘ydiring, kasalni borib ko‘ring, jabrlanganga yordam qo‘lini cho‘zing, shunda ort va oldingizdan saodat va quvonch o‘rab oladi.

Yaxshilik qilish xuddi xushbo‘y narsaga o‘xshaydi, uni ko‘tarib yurgan ham, sotgan ham, olgan ham, qo‘yingki, atrofdagi barcha naf oladi. Yaxshilik dorivor o‘simlik kabidir. Uni qalblari go‘zallik ila obod dori tayyorlovchilar tarqatadi...

– “O‘kinma”. Doktor Oiz Qarniy

Yangi kun muborak qadrligim )) Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin
34 views11:14
Ochish/sharhlash
2022-09-18 07:18:12 Assalomu alaykum barchaga hayrli tong

Har bir affirmatsiyani 20 marotaba takrorlang

"Baxtliman"

• Men har qanday sharoitdan qat'i nazar baxtliman

• Men hayotni har qanday ko'rinishida yaxshi ko'raman

• Haqiqiy baxt mening ichimda yashaydi

@psixolog_Dilnura
29 viewsedited  04:18
Ochish/sharhlash
2022-09-17 21:12:08 Барвақт уйғониш умрни узайтиради.

Замонавий илм-фаннинг тасдиқлашича, қуёш чиқишидан олдин барвақт уйғониш умрни узайтиради, ҳужайралар фаолиятини жонлантиради, инсон ақл-идрокини яхшилайди. Олимларнинг таъкидлашича, кечаси соат 22 дан тонгги 04 гача олти соат ухлаш кундузги 12 соат уйқуга тенг келади.
Субҳаналлоҳ!
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бомдод намози учун барвақт уйғонишга буюрганлар. Аллоҳ таоло тунги уйқунинг аҳамиятли экани ҳамда роҳатбаҳш ва намунали уйқуга восита экани, тунги уйқу инсон учун гўё либос бўлиб, уни нафс ва танадаги муаммолардан ҳимояловчи эканига ишора қилган:

«У Зот – сизлар учун кечани бир либос, уйқуни эса бир ором қилиб қўйган, кундузни эса (сизлар учун) қайта тирилиш қилган Зотдир» (Фурқон сураси, 47 оят).


@Psixolog_Dilnura
83 views18:12
Ochish/sharhlash
2022-09-14 10:41:40
#Affirmatsiya

Men õz hayotim masulyatini õz bõynimga olaman!

Men har bir maqsadimga osonlik bilan erishaman va bunga ishonaman!

Men eng sevimli va eng ajoyib bilimlarga ochiqman

@Psixolog_Dilnura
46 views07:41
Ochish/sharhlash
2022-09-14 05:32:05
Xayrli tong
47 views02:32
Ochish/sharhlash