Get Mystery Box with random crypto!

#MOTIVATION BAXTLI YASHASH SIRLARI... Kayfiyatingizni ko | PSIXOLOGIYA | Психология

#MOTIVATION

BAXTLI YASHASH SIRLARI...

Kayfiyatingizni ko'tarish uchun pulni qizg'anmang.
Yoqadimi — buni aytish lozim.
Buguningiz bilan yashang, chunki «kecha» o'tib ketdi, «ertaga» balki bo'lmasligi mumkin.
Tushunarsizmi, so'rashdan uyalmang.
Uchrashishni istayapsizmi — taklif eting.
Nimadir istayapsizmi — so'rang.
Hech qachon bahslashmang.
Tushunarli bo'lishi uchun — tushuntiring.
Aybdormisiz — ochiq ayting va o'zingizni oqlashga urinmang.
Har kimning o'z haqiqati bor va u har doim ham sizniki bilan to'g'ri kelavermaydi.
Ahmoqlar bilan muloqotda bo'lmang.
Hayotda eng asosiysi — bu muhabbat, qolgan barchasi — behuda.
Insonning muammosi faqat uning boshida bo'ladi.
Atrofdagi olam mehribon va qahrli emas, u uchun sening bor yoki yo'qliging ahamiyatsiz.
Har bir voqeadan maroqlanishning uddasidan chiqing.
Yodingizda tuting, hayot siz uchun boshqa takrorlanmaydi.
Atrofdagilar uchun tushunarsiz bo'lmang.
Televizor tomosha qilmang, ertakdagidek qo'zichoqqa aylanib qolasiz.
Unutmang, siz hech kimdan hech nima qarzdor emassiz.
Boshqalar ham sizning oldingizda hech nimadan qarzdor emas.
Bu hayotda faqat o'zinggagina ishon.
O'zgalarning va'dasiga emas, o'zingning nimani his etayotganingga ishon.
Agar kayfiyatingiz yomon bo'lsa, qachon o'lishingiz haqida o'ylang va shunda yomon kayfiyatingizdan asar ham qolmaydi.

UNUTMANG, BUGUNGI KUNINGIZ — hayotingizning eng yaxshi kunidir. !!!

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx