Get Mystery Box with random crypto!

PSIXOLOGIYA | Психология

Telegram kanalining logotibi psixalogiya_psixologiya — PSIXOLOGIYA | Психология P
Telegram kanalining logotibi psixalogiya_psixologiya — PSIXOLOGIYA | Психология
Kanal manzili: @psixalogiya_psixologiya
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.45K
Kanalning ta’rifi

Psixologiya Sahifasiga xush kelibsiz❗
▪️Psixologik Testlar ✔️
▪️Psixologik Faktlar 🔍
▪️Motivatsion ma'lumotlar 🧠
Reklama — @ZorManager

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2023-05-16 06:15:50
#kun_hikmati

"Биринчи рафиқани сенга Худо, иккинчисини инсонлар, учинчисини шайтон жўнатади."

Япон халқ мақоли

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
184 viewsedited  03:15
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:01:55 #RUHIYAT

O’zingizni sevish nima degani?

O’zini sevuvchi inson bu o’zini yaxshi biluvchi inson hisoblanadi. Xo’sh bunday odamga qanday sifatlar xos?

Demak u:

o’z hissiyotlarini boshqalar hissiyotidan ajrata oladi.
o’z imkoniyatlari chegarasni biladi
individual xususiyatlari va ishtiyoqlarini biladi

O’zini yaxshi ko’radigan odam o’zini va o’z tuyg’ularini asray oladi. U nafaqat ishga balki yetarlicha dam olish va hayotdan lazzatlanishga ham vaqt topadi. Hayotini birov uchun emas, o’zi uchun yaxshilashga harakat qiladi. O’zi bilan yuz berayotgan vaziyatlar uchun javobgarlikni bo’yniga oladi. U hayot yo’lini o’zi tanlay oladi.

O’zingizni yaxshi ko’rishni xohlaysizmi?

Unda hayotdagi yoqmaydigan narsalardan voz kechishni o’zrganing. Xato qilishga tayyor bo’ling. O’zingizni va o’z hissiyotlaringizni to’la anglashga harakat qiling. Shunda o’z qiziqishlaringizni va imkoniyatlaringizni payqay olasiz. Unutmang, odam o’zi yaxshi bilmaydigan odamni, yaxshi ko’ra olmaydi!

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
552 viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash
2023-05-15 06:57:02 #RUHIYAT

QISQA VA KERAKLI MASLAXATLAR

Sekin gapiring, lekin tez o'ylab ko'ring.

Qachonki siz kimgadir: "Men sizni yaxshi ko'raman"desangiz bu haqiqat bo'lsin.

Siz: "Kechirasiz" deganingizda,u odamning ko'zlariga qarang.

Hech qachon boshqa odamlarning orzulari aralashmang va orzulariga kulmang.

Odamlarga kutganidan ko'proq narsani bering va uni quvonch bilan bajaring.

Eshitganlaringizga ishonmang.

Buyuk sevgi va katta yutuqlar doimo katta xavf talab qiladi.

Agar yutqazsangiz, foyda keltirmasa, ushbu darsdan xulosa chiqarishga harakat qiling.

O'zingizni hurmat qiling, boshqalarni hurmat qiling, barcha harakatlaringiz uchun javobgar bo'ling.

Kichkina nizo katta do'stlikni buzishiga yo'l qo'ymang.

Xato qilganingizni anglaganingizda, shoshilmang, lekin tezda tuzating.

Har kuni biroz bo'lsada bir ozingiz bilan yolgiz qoling

O'zaro almashish uchun ochiq bo'ling, lekin qadringizni tark etmang.

Ba'zida sukunat eng yaxshi javobdir.

Ko'proq kitob o'qing.

Sevgi va pishirishga ehtiyotlik bilan munosabatda bo'ling - boshqalarning qoidasiga kora sevmang va boshqalarning retseptlariga ko'ra pishirmang.

Yaqinlaringiz bilan nizolarda, hozirgi vaziyatga murojaat qiling. O'tmishni eslamang

O'z bilimlaringizni yaqinlaringiz va bolalaringiz bilan baham ko'ring. Bugungi kunda bu abadiylikka erishishning yagona ma'lum usuli

Ko'zlarini yummasdan sizni o'padiganlarga ishonmang.

Yilda bir marta bormagan joyingizga boring.

Agar siz juda ko'p pul ishlasangiz, ulardan ba'zilarini boshqalarga yordam berish uchun ishlating.

Esingizda bo'lsin, xohlagan narsangizga erishmasangiz - bu ba'zida omad.

Shifokorlarga bo'ysuning, ammo ba'zi taqiqlarni buzishni o'rganing.

O'zingizning muvaffaqiyatingizga erishish uchun nimani qurbon qilishingiz kerakligini baholang

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
569 viewsedited  03:57
Ochish/sharhlash
2023-05-14 12:16:11
#USUL

Kechirim xatini yozish xafagarchiliklardan qutilishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Buning uchun sizga: qalam, qogʻoz va ochiq qalb kerak boʻladi (bu texnikani yolgʻiz bajarish maqsadga muvofiqdir).

Demak, ushbu texnikani boshlaymiz...

Siz kimdan juda qattiq xafa boʻlgansiz? Bu sizning doʻstingiz, qarindoshingiz, hamkasbingiz, oila aʼzoyingiz yoki sevgan insoningiz boʻlishi mumkin.

Xatni u insondan nega xafa boʻlganingizni yozishdan boshlang, qachon nima uchun xafa boʻlgansiz, unga boʻlgan har bir tuygʻuni, nimani his qilishingizni hamma hammasini boricha yozing.


Xatning oxiriga kelganingizda esa sizda yengillik hisi paydo boʻlishi kerak, bu barcha shikoyatlaringizdan xalos boʻlganingizni belgisidir.
Xatni yozib boʻlgach uni yoqib yuboring yoki yirtib tashlashingiz ham mumkin.
Ushbu texnikadan soʻng, dush qabul qiling va choy ichib yoki yoqimli musiqa tinglab orom oling.


Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
733 viewsedited  09:16
Ochish/sharhlash
2023-05-13 07:35:05
#MOTIVATION

BAXTLI YASHASH SIRLARI...

Kayfiyatingizni ko'tarish uchun pulni qizg'anmang.
Yoqadimi — buni aytish lozim.
Buguningiz bilan yashang, chunki «kecha» o'tib ketdi, «ertaga» balki bo'lmasligi mumkin.
Tushunarsizmi, so'rashdan uyalmang.
Uchrashishni istayapsizmi — taklif eting.
Nimadir istayapsizmi — so'rang.
Hech qachon bahslashmang.
Tushunarli bo'lishi uchun — tushuntiring.
Aybdormisiz — ochiq ayting va o'zingizni oqlashga urinmang.
Har kimning o'z haqiqati bor va u har doim ham sizniki bilan to'g'ri kelavermaydi.
Ahmoqlar bilan muloqotda bo'lmang.
Hayotda eng asosiysi — bu muhabbat, qolgan barchasi — behuda.
Insonning muammosi faqat uning boshida bo'ladi.
Atrofdagi olam mehribon va qahrli emas, u uchun sening bor yoki yo'qliging ahamiyatsiz.
Har bir voqeadan maroqlanishning uddasidan chiqing.
Yodingizda tuting, hayot siz uchun boshqa takrorlanmaydi.
Atrofdagilar uchun tushunarsiz bo'lmang.
Televizor tomosha qilmang, ertakdagidek qo'zichoqqa aylanib qolasiz.
Unutmang, siz hech kimdan hech nima qarzdor emassiz.
Boshqalar ham sizning oldingizda hech nimadan qarzdor emas.
Bu hayotda faqat o'zinggagina ishon.
O'zgalarning va'dasiga emas, o'zingning nimani his etayotganingga ishon.
Agar kayfiyatingiz yomon bo'lsa, qachon o'lishingiz haqida o'ylang va shunda yomon kayfiyatingizdan asar ham qolmaydi.

UNUTMANG, BUGUNGI KUNINGIZ — hayotingizning eng yaxshi kunidir. !!!

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
876 views04:35
Ochish/sharhlash
2023-05-13 06:59:45
#хайрли_тонг

Эрталаб уйқудан туриб юз қўлингизни ювганингизда тириклигингизни ўзи энг катта мўъжизалигига амин бўласиз...
Ана шундай мўжизавий тонг барчамизга хайрли бўлсин...
Ассалому алайкум Қадрдон! Бугунги кунингиз эзгу амалларга бой бўлсин...

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
766 viewsedited  03:59
Ochish/sharhlash
2023-05-12 11:22:09
#mulohaza

Ushbu rolikni ko'rdingizmi?

Biz atrofimizdagi odamlarni muammolarini eshitish vaqtida ana shunday negativlarga ko'milib boramiz.

Shu bilan birga ana shuncha xayotiy energiyamizni yuqotamiz.

Agar psixologiyani mukammal o'rganmagan bo'lsangiz o'zgalar "dardini " eshitishdan yiroq bo'ling.

Eng muximi o'zingizni, turmush o'rtogingizni , farzandlaringizni eshiting!

Zero "o'zgalar taqdiriga aralashganlar uz taqdirlaridan mosuvo bo'ladilar!

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
902 viewsedited  08:22
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:41:08 #MOTIVATION

Nomi : Qo'rquvni yengish
Dublyajda : Akmalxon Ashurov
Formati : Audio

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
854 viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2023-05-12 07:00:18
#хайрли_тонг

Сиз уйғониш нима эканлигини биласизми?
Бу ҳаёт қувончи, уйғунлик замони. Олам одам кўз ўнгида бамисоли Жаннатдек гавдаланади... Орзу-истаклар ва ҳаёт-шароит бир-бирига тўла-тўкис мос, мувофиқ келади...
Янги кун муборак Қадрдон. Ассалому алайкум!

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
876 viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2023-05-11 18:31:03 #Farzand_tarbiyasi

FARZAND TARBIYALASHDAGI XATOLAR

– Ota-onaning bolaga: “Lapashang”, “Ahmoq”, “Odobsiz” kabi yoqimsiz so'zlar bilan murojaat qilishi eng katta xatodir. Aslida kamchilik farzandning o'zida emas, ishida;

– Urib-so'kib tarbiyalash. Farzand noto'g'ri ish qilganida tanbeh berish, urish-so'kishdan ko'ra yaxshi ko'rgan narsalaridan mahrum qilish, gapirmaslik yoki qovoq uyish samarali bo'ladi;

– Noto'g'ri rag'batlantirish. Ota-ona bolalalarining yaxshi ishlarini mukofotlashda shirinlik yoki pul berish bilan birga savob bo'lishini, evaziga jannatga erishishini ham uqtirsin;

– Bolalarni bir-biriga qarama-qarshi o'stirish. Bir oilada tug'ilib o'sgan bolalarning ham shaxsiyati turlicha bo'ladi. Ularni zehni, qobiliyati past-balandiga qarab yo'naltirish lozim. Aks holda bir-biriga solishtirish bilan oralari buzilishi mumkin;

– Yomon duo qilish. Farzandi jahlini chiqarsa, ayrim onalar darrov qarg'ashga tushadi. Buning oqibati juda yomon;

– Va'da berib bajarmaslik. Ota-ona va'dasida turmasa, ishonchini yo'qotadi. Masalan, “Kel, urmayman”, deydi. Ammo kelganida uradi. “Bunday qilsang, uni olib beraman”, deydi, lekin so'zida turmaydi.

– Farzandini yomon holatlarga guvoh qilishi. Sha'nini yuksaltirish, botirlikka o'rgatish o'rniga tahqirlaydigan manzaralarni ko'rsatish bola qalbini sindiradi;

– Yoqtirmagan narsasini sovg'a qilish;

– Yolg'on gapirish. Odatlarning eng yomoni yolg'on so'zlashdir. Bola o'rnak oladigan kishilar yolg'on gapirib tursa, uyam shunga odatlanadi ...


Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx
925 views15:31
Ochish/sharhlash