Get Mystery Box with random crypto!

#Farzand_tarbiyasi FARZAND TARBIYALASHDAGI XATOLAR – Ota-on | PSIXOLOGIYA | Психология

#Farzand_tarbiyasi

FARZAND TARBIYALASHDAGI XATOLAR

– Ota-onaning bolaga: “Lapashang”, “Ahmoq”, “Odobsiz” kabi yoqimsiz so'zlar bilan murojaat qilishi eng katta xatodir. Aslida kamchilik farzandning o'zida emas, ishida;

– Urib-so'kib tarbiyalash. Farzand noto'g'ri ish qilganida tanbeh berish, urish-so'kishdan ko'ra yaxshi ko'rgan narsalaridan mahrum qilish, gapirmaslik yoki qovoq uyish samarali bo'ladi;

– Noto'g'ri rag'batlantirish. Ota-ona bolalalarining yaxshi ishlarini mukofotlashda shirinlik yoki pul berish bilan birga savob bo'lishini, evaziga jannatga erishishini ham uqtirsin;

– Bolalarni bir-biriga qarama-qarshi o'stirish. Bir oilada tug'ilib o'sgan bolalarning ham shaxsiyati turlicha bo'ladi. Ularni zehni, qobiliyati past-balandiga qarab yo'naltirish lozim. Aks holda bir-biriga solishtirish bilan oralari buzilishi mumkin;

– Yomon duo qilish. Farzandi jahlini chiqarsa, ayrim onalar darrov qarg'ashga tushadi. Buning oqibati juda yomon;

– Va'da berib bajarmaslik. Ota-ona va'dasida turmasa, ishonchini yo'qotadi. Masalan, “Kel, urmayman”, deydi. Ammo kelganida uradi. “Bunday qilsang, uni olib beraman”, deydi, lekin so'zida turmaydi.

– Farzandini yomon holatlarga guvoh qilishi. Sha'nini yuksaltirish, botirlikka o'rgatish o'rniga tahqirlaydigan manzaralarni ko'rsatish bola qalbini sindiradi;

– Yoqtirmagan narsasini sovg'a qilish;

– Yolg'on gapirish. Odatlarning eng yomoni yolg'on so'zlashdir. Bola o'rnak oladigan kishilar yolg'on gapirib tursa, uyam shunga odatlanadi ...


Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx