Get Mystery Box with random crypto!

#fotopolimerizatorlar Fotopolimerizator – fotopolimerizatsiya | PRS IMTIHON JAVOBLARI

#fotopolimerizatorlar

Fotopolimerizator – fotopolimerizatsiya uchun lampa bo’lib, to’lqin uzunligi 400-500 nm bo’lgan, yuqori intensiv ko’k nur beruvchi moslama. Turlari:
1. galogenli lampa;
2. plazmali lampa;
3. lazerli lampa (argonli lazer);
4. diodli lampalar.

Galogen aktivlashgan lampa (fotopolimerizatorlar) afzalliklari:
-uncha qimmat emasliligi;
-ishonchliligi, kompozit ashyolarni o‘zining nuri bilan qotirishi

Galogen lampalar elektr toki hisobiga chigilini oqarguncha qizdirish orqali nur hosil qiladi. Nurning ko‘pgina qismi issiqlik sifatida tarqalib ketadi. Nurning ko‘rinuvchi oq qismi svetofiltr orqali o‘tadi.

Galogen lampalarning salbiy tomonlaridan biri shuki, o‘zidan ko‘p miqdorda issiqlik ajratadi, bu esa tish qattiq to‘qimasining qizishiga olib keladi.

Lampochka va svetofiltrning xizmat vaqti ham chegaralangan, ularni doimo tekshirib turish va vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak. Aktivlashgan lampaning nur oqimi quvvatini haftasiga 1 marotaba tekshirib turish lozim. Galogen lampalar asta-sekinlik bilan o’zining nurlanish kuchini yo’qotadi, shuning uchun lampochkalarni kuymasdan avval, nazorat asbob bilan nurlanish intensivligi pasayganligi aniqlanganda almashtirish lozim.

Zamonaviy stomatologiyada turli-tuman galogen lampalar mavjud bo’lib ularga fan-texnikaning yangi texnologiyalari va ilmiy yo ‘nalishlari tatbiq qilingan:
1. «Yumshoq start»li lampalar (soft start);
2. Pulsatsiyalovchi nur bilan polimerizatsiya qiluvchi lampalar;
3. Standart.
Lampa tarkibidagi svetofiltrdan nur o‘tganda ultrabinafsha nurlanish neytrallanishiga va spektrning keraksiz qismini «kesib» tashlanishiga qaramay, nurning uzoq muddatli ekspozitsiyasi ko‘zning to‘r pardasiga zararli ta’sir ko‘rsatadi yoki bemor tishlarining qattiq to‘qimasining qizib ketishiga olib keladi, natijada emalda yorilishlar paydo bo‘ladi.
Shuning uchun fotopolimerizatsiya vaqtini oshirmaslik, yaqin masofadan va uzoq muddat bu jarayonni kuzatmaslik kerak.
Nurga sezuvchan bemorlarda, kataraktasi olingan va fotosensibilizatsiyalashgan preparatlar qabul qilgan bemorlarda nur bilan qotuvchi plomba ashyolarini qo‘llab bo‘lmaydi.
Zamonaviy fotopolimerizatorlar nur intensivligini o‘lchovchi moslama: dozimetr va radiometrlar bilan chiqariladi. Galogen lampa intensivligiga qarab, kompozitning qotishi uchun zarur bo’lgan vaqt belgilanadi: intensivlik qanchalik kam bo‘lsa, plombaning qotish vaqti uzunlashadi.
Stomatologiyada quyidagi fotopolimerizatorlar qo‘llaniladi: «Max», «Optilux», «Spectrum», «Demetron», «Avrora» va boshqalar.

Galogen lampalarning kamchiliklari:
-Issiqlik ajratishi;
-Doimiy ravishda sovutishni talab qiladi (ventilyator);
-Lampochka va svetofiltrning xizmat ko’rsatishi chegaralangan bo’lib, nur intensivligi pasayib boradi;
-Lampochkasini almashtirishni talab qiladi;
-Bu galogen lampalarda nur oqimi jadalligini doimiy tekshirib turishni talab qiladi.

Diodli lampalar (LED-texnologiya/LED – Light Emitting Diodes)
-Simsiz, akkumulyatorli batareya;
-Issiqlik ajratmaydi, ventilyatorsiz;
-Tish to’qimalarini qizdirmaydi;
-Ichiga biriktirilgan protsessor nur intensivligini bir me’yorda ushlaydi;
-Xizmat vaqti chegaralanmagan;
-Vaqt o’tgan sari intensivligi o’zgarmaydi.