2022-09-02 17:11:25
Finlyandiya Milliy kutubxonasi fondlarida O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid 300 dan ortiq qo‘lyozma aniqlandi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida faoliyat olib borayotgan “Yevropa fondlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalarning ma’lumotlar bazasini va “Yevroturcologica. uz” elektron platformasini yaratish” grant loyihasi doirasida filologiya fanlari doktori, professor Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna joriy qilning 1-26 avgust kunlari Finlyandiyada bo‘lib, tegishli qo‘lyozmalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi.
Finlyandiya Milliy kutubxonasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o‘zbek olimi bu yerda O‘zbekistonning qadimiy tarixi va madaniyatiga oid 300 dan ortiq qo‘lyozma asarlar mavjudligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan 11 tasi O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan so‘fiylik lug‘atlarining qo‘lyozma nusxalari, foydali o‘tlar xususiyatlari tavsifi va boshqa qimmatli materiallardan iboratdir.
Gulnoz Xalliyevaning aytishicha, eng qimmatli topilmalardan biri qadimgi Xorazm tarixiga oid bo‘lib, Munis va Ogahiyning qalamiga mansub “Firdavs ul-iqbol” asaridir. Manbalarga qaraganda, ushbu asarning 9 ta qo‘lyozmasi ma’lum bo‘lib, Finlyandiyada saqlanayotgan nusxasi 1812 sahifadan iborat.
Mazkur xabar xususida OAVda:
- Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
- UzA
- "Xalq so'zi" gazetasi rasmiy sayti
- "Xalq so'zi" gazetasi
- «Правда Востока» gazetasi
TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
1 view14:11