Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan professional ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chiris | Professional ta'limda moliya

Bugundan professional ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chirish boshlandi

Kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘qishni ko‘chirish yuzasidan arizalar 20-iyuldan 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

O’qishini koʻchirish istagida bo’lganlar ta’lim muassasasida tashkil etilgan Ishchi guruhga quyidagilardan iborat hujjatlar yig‘ma jildini taqdim etadi:

Ariza (o’quvchi yoki voyaga yetmagan bo’lsa uning ota-onasi tomonidan);
professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma;
o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
o‘quvchining pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube