Get Mystery Box with random crypto!

Energetik pauza. Kishilar suxbatlashganda bir biriga energ | Farg'ona Profayling Maktabi🇺🇿 | Rasmiy kanal

Energetik pauza.

Kishilar suxbatlashganda bir biriga energiya yuboradi. Odamlar bir biriga baqirishi salbiy energiyani boshqara olmaslikdan kelib chiqadi. Salbiy energiya o'zimizdagi energiya balansini buzadi. Masalan siz kim bilandir baxslashayotganingizda siz unga ko'p energiya berib yuborishingiz mumkin. Natijada baxs natijasida yo yig'laysiz yoki charchab qolasiz.

Pauza bu to'xtash yoki to'xtatish degani. Energetik pauza esa siz suxbatlashayotganda birdan to'xtatish degani. Bunday pauza baxs yoki suxbat asnosida sizni foydangizga hizmat qiladi.

Psixologik tarafi. Suxbatlashayotgan odam javoblaringizdan energiya qabul qilmoqda. Siz birdan pauza qildingiz. Ammo u sizdan energiyani kutmoqda. Mana shu jarayonda u qanday javob berishingizdan qat'iy nazar qabul qilishga moil bo'ladi. YOki tezda yengiladi. Siz go'yoki javob bermoqchiday og'iz juftlab unga yaxshilab tikiling. Ana shunda pauza effektliroq bo'ladi.

#profayling #tana_tili #psixodiagnostika #psixologik_portret #emotsiyalar #manipulyatsiya #psixologik_sirlar

Farg'ona Profayling Maktabi l @profayling_uz