Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni, go‘zallikda tengi yo‘q, lekin atigi bir kun yashaydi | MUHAMMADIYEV|off

Bir kuni, go‘zallikda tengi yo‘q, lekin atigi bir kun yashaydigan kapalak, biroz qanot qoqib, qarib qolgan malina tupiga qo‘nibdi. Malina ustiga qo‘nib, uning atrofidagi tabiatdan hayratda qoldi:

— Quyosh! Sen shunchalik chiroyli va mehribonsan! Ko‘m-ko‘k yaylov! Tuyg‘ularimni ifoda etishga og‘zim ochilmas! Og‘zimdan faqat bir so‘z chiqadi xalos, hammasi uchun Allohga shukr!

“Qiziq – shuncha yil yashab, hech qachon bunga ahamiyat bermagan ekanman!” – deb, ovoza qildi malina va so‘ng shunday dedi:

- Hechqisi yo‘q, ertaga hammasiga o‘rganib ketasan!

- Erta men uchun bo‘lmaydi, erta men uchun afsus kelmas, deb gapirdi kapalak. Kapalak ushbu so‘zlarni aytar ekan, vaqti-soati kelib, ko‘zini yumdi.

Kapalak bir kun ichida ko‘rgan narsasini, malina yigirma yil yashab ko‘rmaganidan qayg‘uga tushdi. Atrofda shuncha ajoyib narsani, yigirma yil ichida qadriga yetmaganidan malina ancha yig‘ladi. Kapalak esa dunyoga bir kun uchun kelib, shuncha narsani ko‘rib, yaratuvchisiga shukurlar aytishga ulgirdi.

Afsus, biz ko‘pgina narsalarga o‘rganib qolib, ularning qadriga yetmaymiz. Krandan oqayotgan issiq suv, yumshoq va qulay karavotimiz, to‘yimli ovqat, musiqa tinglash, ota-onamizning siylashi va shunga o‘xshash ko‘pgina narsalar tufayli “Bular bizda bo‘lishi kerak” tuyg‘usi bilan yashaymiz.

Biz har bir narsa uchun, har bir imkoniyat, har bir xursandchilik uchun minnatdor bo‘lishimiz kerak. Axir, bizda hayot bor, bu esa eng qimmatidir. Dunyodagi hech bir narsa, hayotdek aziz emas. Agar, noshukurlik qilib, maktabga mashinada borishni orzu qilsang, maktabga borish uchun umuman imkoniyati yo‘qlarni o‘ylang. Nimangiz bo‘lsa, yetkazganiga minnatdor bo‘ling. Chunki, bugun bor bo‘lgan narsa, ertaga g‘oyib bo‘lishi mumkin.

Siz bilan ASHRAF MUHAMMADIYEV
va
@prezident_uz_off
@prezident_uz_off
Biz bilan aslo zerikmang
ha aytgancha dõstlarga ham ulashing