Get Mystery Box with random crypto!

MEHMONLARIMIZ Orzuga berilma, armoni yomon, Visolga berilma, | MUHAMMADIYEV|off

MEHMONLARIMIZ

Orzuga berilma, armoni yomon,
Visolga berilma, hijroni yomon.
Har nima bo‘lsa ham bo‘laylik omon,
Omonat dunyoning mehmonlarimiz...

Birovni ranjitma u ham g‘animat,
Yaxshilik qil ammo qilma hech minnat.
Xudbinlik, baxillik biz uchun illat,
Omonat dunyoning mehmonlarimiz...

Otangni, onangni asra borida,
Yaxshimi yomonmi bo‘lgin yonida.
Roziman deb ketsin so‘nggi onida,
Omonat dunyoning mehmonlarimiz...

Bog‘ yarat bog‘ingda sayrasin bulbul,
Yantoqlar unmasin unsin atirgul.
Boylig-u davlatga bo‘lib qolma qul,
Omonat dunyoning mehmonlarimiz.

Uxlama erta kech savobni izla,
O‘zingdan kichikmi, kattami sizla.
Hayotda birgina yaxshilik ko‘zla,
Omonat dunyoda mehmonlarimiz...

Dunyoning mezboni dunyo aslida,
Boqiylik yo‘q axir inson naslida.
Yozganim nasihat oddiy qasida,
Omonat dunyoning mehmonlarimiz.

Siz bilan ASHRAF MUHAMMADIYEV
va
@prezident_uz_off
@prezident_uz_off
Biz bilan aslo zerikmang
ha aytgancha dõstlarga ham ulashing