Get Mystery Box with random crypto!

«O‘zbekistonlik»: Bu safar “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalarida | Prezident ta'lim muassasalari haqida

«O‘zbekistonlik»: Bu safar “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan vatandosh qahramonlarimiz haqida

Tez kunda «O‘zbekistonlik» hujjatli filmining ikkinchi mavsum premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu safar milliarder Ilon Maskka tegishli “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning hikoyalari namoyish etiladi.

Qahramonlardan biri — Toshkent aviatsiya instituti bitiruvchisi. U yaratgan kompaniya “SpaceX” kichik kosmik uskunalarni ishga tushirish dasturi doirasidagi parvozlarda ishtirok etadi. Ikkinchi qahramon — “Tesla”ning Germaniyadagi ofisida ishlayotgan ilk o‘zbek qizi haqida.

O‘z kasb faoliyatida yuqori cho‘qqilarni zabt etayotgan, turli xil hayot qiyinchiliklariga duch kelgan mana shunday qahramon vatandoshlarimiz chin ma’noda yoshlarimizga o‘rnak bo‘la oladi, degan umiddamiz. Tez kunda ikkinchi mavsum premyerasi!