Get Mystery Box with random crypto!

#xorijdagi_vatandoshlar 'SpaceX' raketasi uchun dvigatel | Prezident ta'lim muassasalari haqida

#xorijdagi_vatandoshlar

"SpaceX" raketasi uchun dvigatel yasagan o'zbekistonlik

"SpaceX" va "Blue Origin" kosmik kompaniyalarining samoga parvoz qilayotgan raketalari uchun birinchi dvigatelni loyihalashda ishtirok etgan o'zbekistonlik Maqsud Ismoilov
( quyidagi suratda markazda). U AQShga kelganida dastlab avtomobil ustaxonasida oddiy balon almashtiruvchi bo'lib ishlagan. Keyin AQShning eng nufuzli oliy o'quv yurtlaridan birida raketa dvigatellari bo'yicha doktorlik ishini yoqladi.

Uzoq yillar "SpaceX", "Blue Origin" kabi AQShning eng yirik xususiy fazo kompaniyalarida ishladi.
Bugun u "Rocket Propulsion Systems" deb nomlangan o'z kompaniyasiga ega. NASA bilan hamkorlikda yangi turdagi raketa dvigatellarini yaratish ustida ishlamoqda.

Orzuim Sietl shahridan Toshkentgacha yetib borish uchun ketadigan 24 soatlik sayohat vaqtini 45 daqiqaga tushirish, deydi u. Uning kompaniyasi shu imkoniyatni taqdim etuvchi yangi avlod dvigatellarni oddiy samolyotlarga o'rnatish ustida ishlamoqda.

Batafsil videolavha:




Biznes va IT kanali