Get Mystery Box with random crypto!

Vaqt haqida sizning tasavvuringiz qanday? Vaqt mening nazdimd | Premium Content

Vaqt haqida sizning tasavvuringiz qanday?

Vaqt mening nazdimda, ozg'in qo'llari bilan boshqalarga tilla tanga ulashayotgan saxiy bir mo'minni eslatadi. To'g'ri tangalari qachondir tugaydi, lekin qachon tugashini bilmaganimiz uchun ham saxiy deyapman.
Tangalarining hammasini oldindan berib qo'ymaganligi uchun ham saxiy deyapman...

Ey, Allohim! Qalbimiz yupun! Uni hidoyating nuri ila isitgin! Bilamiz mana shu yupunlikni his qilishni boshlasakkina va undan uyalishni boshlasakkina sening hikmatlaringni, ne'matlaringni anglab boramiz. Bizga ofiyat ber!

***
Ne bo’lgay iforning surati bo’lsa,
Rasmi bo’lsa edi ovozning.
Bo’shliqning surati,
Barmoq uchlaridagi jimirlashlarning
Va ruhdagi sovqotmoqning rasmi bo’lsaydi…
Vaqtni sizga tasvirlar edim,
Chizib berar edim rasmini...

Butkul ishg'ol qilingan mamlakatday his qilyapman o'zimni...

@premium_con