Get Mystery Box with random crypto!

IBTIDO VA NOM Bugun qo'limga Tolstoyni asarini olar ekanman, | Premium Content

IBTIDO VA NOM

Bugun qo'limga Tolstoyni asarini olar ekanman, boshiyoq meni fikrlashga undadi. Nega?

Lev Tolstoy “Urush va tinchlik” romanini rus xalqining ajib bir holatini tasvirlash ila boshlaydi: «Fransuzlar bilan bo‘ladigan urushga hozirlik ko‘rayotgan xalqning ziyoli qatlami asosan fransuz tilida so‘zlashadilar. Ona tillaridan uyaladilar. Fransuz tilini afzal ko‘radilar.»

Jonajon tilini behad suyguvchi adib bu tasvir orqali kinoya aralash, urushdan oldingi alamli holatlarga eʼtiborni qaratadi:
«Yov eshiging ostonasidayu, sen uning tilida faxrlanib so‘zlamoqdasan...» — deb faryod uradi Lev Nikolayevich.

Munaqqidlar yana aytadilarki, romanning nomida ham ajoyib hikmat yashiringan. Avval urush so‘zining kelishi va u tinchlik bilan xotima topishi – hayotning azaliy maqsadlaridan biridir. Kimdir urushni maqsad qilsa, kimdir tinchlik uchun jang qiladi. Lekin shuni bilish kerakki, urush tugaydi, tinchlik baribir bo'ladi.

O'tadi-yu, ketadi...

Tolstoy o‘z asarlariga nom tanlashda benazir adib bo‘lgan. Oddiy, sodda, ammo botindagi barcha voqelikni o‘z ichiga oladigan nomni tanlashda hamma ham bu qadar cho‘qqini zabt eta olmagan. Shu bois ham, buyuk yozuvchining, buyuk yozuvchilarning asarlarini ko‘proq mutolaa qilishni tavsiya etardim.

Qisqasi, urush o'tdi. Tinchlik boshlandi.

#Alhamdulillah

*Munaqqid — tanqidchi

@premium_con