Get Mystery Box with random crypto!

Серия пенальти_O'Z

Telegram kanalining logotibi powerofanalyticsuzb — Серия пенальти_O'Z С
Telegram kanalining logotibi powerofanalyticsuzb — Серия пенальти_O'Z
Kanal manzili: @powerofanalyticsuzb
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Mamlakat va dunyoda sodir boʻlayotgan voqealar boʻyicha tahliliy penalti uramiz.
Maqola yozishga erinchoqlik qilgan, lekin nimadir deging kelgan paytda.
Muallif g'oyalari hukumat, fuqarolik jamiyati va folloverlar fikrlari bilan mos kelmasligi mumkin😈🤔

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-13 14:56:14 9-avgustdagi post (1/2) Chilonzor ko‘chasidagi (darvoqe, men yashaydigan ko‘cha) daraxtlar bilan sodir boʻlgan qayg‘uli voqea ekologik muammo boʻlibgina qolmay, bizni yana mamlakatimizdagi samarasiz hokimiyat institutlari, qabul qilinayotgan qarorlarning…
206 views11:56
Ochish/sharhlash
2022-09-13 14:55:54 9-avgustdagi post
(1/2)

Chilonzor ko‘chasidagi (darvoqe, men yashaydigan ko‘cha) daraxtlar bilan sodir boʻlgan qayg‘uli voqea ekologik muammo boʻlibgina qolmay, bizni yana mamlakatimizdagi samarasiz hokimiyat institutlari, qabul qilinayotgan qarorlarning o‘rtamiyona ijrosi, shuningdek, yemirilayotgan – yoki allaqachon yemirilgan - poydevor va karkas uzra chiroyli fasad ortidan quvish muammolarining kulgili olamiga murojaat qilishga undaydi.

Muammoning ekologik jihati haqida gap ketganda, shunchaki eslatib oʻtishni istardimki, bizning Partiyalar vazirligimizda (Parlament) Ekologik partiya bor (nimagadir) Xoʻsh, gap kelganda, aytib oʻtsam, Fransiyada tahsil olayotgan vaqtim “Yevropa Ittifoqida qarorlar qabul qilish jarayoni” fanida Fransiya shaharlaridan birida aeroport qurilishi loyihasi bilan bogʻliq keysni oʻrganib chiqqan edik. Ushbu loyihaning ishga tushirilishi (amalga oshirilishining qoq oʻrtasida emas, balki ishga tushirilishi) yashil partiya, yashil NNTlar (Fransiyada mustaqil NNTlar ham roʻyxatga olinishi mumkin) va mahalliy aktivistlar tomonidan hududning oʻsimlik va hayvonot dunyosi (hatto u yerda yashaydigan hayvonlarning roʻyxati ham bor edi – aniq qaysilar ekanligi esimda yoʻq) yuz tutishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar, aholi salomatligiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar va boshqalar sababli toʻxtatib qoʻyilgan. Oxir-oqibat, loyihaning realizatsiyasini uzoq vaqt davomida boshlay olishmagan. Hozir bu qaysi shaharda yuz berganini aniq eslolmayman. Loyihaning taqdiri nima boʻldi va hozir amalga oshirishning qaysi bosqichida ekanligi qiziq.

Sevimli futbol klubim – Milanning “Inter” klubi , “Milan” futbol klubidan boʻlmish qoʻshnilari bilan birgalikda, mana uch yildirki, oʻz stadionini qurish uchun ruxsat olishga erisholmadi. Shahar hokimiyati qurilishni jamoaning hozirgi stadionini buzib tashlamasdan turib amalga oshirish mumkinmi yoki yoʻqligi xususida sira bir qarorga kela olmaydi (spoiler: u eski boʻlganligi, zamonaviy talablarga javob bermasligi va qayta taʼmirlashga tushmaganligi uchungina buzib tashlash mumkin emas). Ikkinchidan, birinchi vaziyatda boʻlgani singari, “Inter” va “Milan” loyiha shaharning ekologik muhitiga zarar keltirmasligini mutasaddi idoralarga sira isbotlay olmaydi. Futboldan yiroq boʻlganlar uchun qisqacha maʼlumot. “Inter” va “Milan” – yirik italyan jamoalari, har biri 19 karra Italiya chempioni, ikki jamoa umumiy 10 karra Chempionlar ligasi gʻolibligiga ega (“Inter” – 3 karra, “Milan” – 7 karra), turli davrlarda italyan futboli oʻyin uslublarini shakllantirgan klublar hisoblanadi. Aytmoqchimanki, bizning tizimda bu kabi brendlar – aynan sport brendlari boʻlishi shart emas – shunchaki nima va qayerda qurmoqchi ekanliklarini aytishlari kifoya qilgan boʻlar edi. Atrofdagilar esa “Nima qipti, axir ular bizning faxrimiz” deya, ularga nimaiki istasalar, shuni qilishlariga ruxsat berish kerakligini aytgan boʻlardilar

156 viewsedited  11:55
Ochish/sharhlash
2022-09-13 07:54:24 (1/2) Oʻzbekiston mustaqil rivojlanishning toʻrtinchi oʻnyilligiga qadam qoʻymoqda. Men har yili shu sana munosabati bilan taraqqiyotimizning, mening nazarimda, muhim hisoblangan qaysidir jihatiga urgʻu bergan holda post yozaman. Bu gal oʻtgan uchta postda…
200 viewsedited  04:54
Ochish/sharhlash
2022-09-13 07:53:55 (1/2)

Oʻzbekiston mustaqil rivojlanishning toʻrtinchi oʻnyilligiga qadam qoʻymoqda. Men har yili shu sana munosabati bilan taraqqiyotimizning, mening nazarimda, muhim hisoblangan qaysidir jihatiga urgʻu bergan holda post yozaman. Bu gal oʻtgan uchta postda nimalar haqida yozilganini yodga olishga qaror qildim.

2019-yil: oʻzgarish uchun ayni momentum`dan foydalanib qolish imkonini qoʻldan chiqarmaslik. Hozircha hammasi beqaror: imkoniyat hali boy berilmagan, biroq yaqqol tendensiyalar koʻzga tashlanmoqda 2020-yil: ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini toʻliq davlat tomonidan tartibga solishlarsiz hamda odamlarni yagona standartlarga undashga urinishlarsiz xilma-xillik jamiyatini barpo etish. Hali ham oʻsha eski hammom, eski tos 2021-yil: imidj uchun qisqa muddatli bonuslar ketidan quvib, muammolarning mediada eng koʻp yoritilayotgan oqibatlarini oʻchirish emas, ularning manbalari bilan kurashishni boshlash; mamlakatda, vanihoyat, qonunlar amalda ishlashi lozim. Bu post, agar hozir shunchaki undan nusxa koʻchirib, bu yerga qoʻyilsa, bir yil avvalgidan ham dolzarbroq boʻladi

Kelgusi 5 yil va qabul qilinajak qarorlar mamlakatimizning uzoq muddatdagi istiqboli uchun har tomonlama hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hozir nafaqat eski hal etilmagan muammolarga yangilari qo‘shilayotgani, balki eski xatolarni takrorlashni sinovdan oʻtkazish tendensiyasi koʻzga tashlanayotgani ham tashvishlantirmoqda. O‘zbekistonning oʻtgan 25 yillikdagi xatolarni, o‘sha 25 yillikdan keyin oxirgi – endi u ham oʻtib boʻldi – 5 yillikni oqlash uchun foydalanilgan xatolarni takrorlashga haqqi yo‘q.

Albatta, men birinchi navbatda, urfga kirib qolgan muhokamalar – siyosiy uzoq umr koʻrish xususida gap ochmoqchiman Yana takrorlayman, davlat rahbari – har qanday davlatning har qanday rahbari – rotatsiya qiluvchi amaldor boʻlishi lozim. Inson barqarorlikning asosi boʻla olmaydi, chunki u oʻz tabiatiga koʻra kasal boʻlish, zaiflashish, xatoga yoʻl qoʻyish va, nihoyat, toʻsatdan vafot etish xususiyatiga ega boʻlgan beqaror tirik mavjudot. Shuning uchun, “islohotlarni oxiriga yetkazishga imkon bering” qabilidagi argumentlar bilan niqoblanayotgan nollashtirish mutlaqo mantiqsiz. Hech narsani oxirigacha olib borish mumkin emas. Rivojlanish, haqiqatan ham mavjud boʻlgan taqdirda, doimiy va uzluksiz jarayon. Uning barqarorligi uchun esa samarali tizim kerak, oʻzgarmas davlat rahbari emas.

Qolaversa, Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida ikkita parallel voqelikda amal qilishga chek qoʻyishi lozim: qogʻozda va amalda Yangi Oʻzbekiston haqida istalgan miqdordagi konsepsiyalar, strategiyalar qabul qilish, millionlab konferensiyalar oʻtkazish va bu haqda barcha minbarlardan gapirish mumkin. Biroq tuzilmaviy tizimli oʻzgarishlar boshlanmas ekan, miqdor sifatga aylanmaydi. Chiroyli tashqi qobiq mazkur qobiq ortida berkitilgan xuddi shunday yoqimli tarkibni kafolatlamaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat boshqaruvining populistik vositalari pragmatik va samarali menejment bilan almashtirilishi lozim. Darvoqe, yuqoridagi paragrafda yozilganlardan boshlash maqsadga muvofiq boʻlardi.

125 views04:53
Ochish/sharhlash