Get Mystery Box with random crypto!

(1/2) BMT Bosh Assambleyasi minbaridagi chiqishlarga, tashki | Серия пенальти_O'Z

(1/2)

BMT Bosh Assambleyasi minbaridagi chiqishlarga, tashkilotning bugungi kundagi barcha dolzarb muammolari fonida, yetarlicha baho bermaslik toʻgʻri emas. Bu davlat uchun muhim hisoblangan masalalar yuzasidan uning pozitsiyasining oʻziga xos xulosasi, jahon miqyosidagi oʻrnining namoyishi hamda xatti-harakatlar rejasining qisqacha anonsidir. Bu yil O‘zbekiston yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri qiyofasida qanday bayonot berayotganligi, ayniqsa, qiziqarli kechdi.

Oʻzimga yoqqan narsadan boshlayman (ha, menga biror narsa maʼqul kelganida va, mening nazarimda, maqtovga arzigulik nimadir bor boʻlgan taqdirda, bu haqda yozishga hecham erinmayman ). Menga O‘zbekistonning BMTda xasrat qilib oʻtirmayotgani, uni hech kim yoqtirmasligidan nolimayotgani, tarixiy adolatsizliklar haqidagi safsatalari bilan hammaning joniga tegmayotgani, o‘zini imperialistik yoki boshqa fitnalar qurboni sifatida ko‘rsatmayotgani yoqyapti. Biz tajovuzkor ritorika qilmaymiz, hech kimni oziq-ovqatsiz, yorugʻliksiz, issiqliksiz, hududsiz va boshqalarsiz qoldirish bilan tahdid qilmaymiz. Umid qilamanki, Toshkent kelgusida ham xuddi shu uslubga amal qiladi.

Norov nutqida Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishi sifatida Markaziy Osiyo tilga olinganligini ham alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, vazirning bayonotiga koʻra, Markaziy Osiyo oʻzining eng sof koʻrinishida — Yevroosiyo aralashuvisiz. Hatto Afg‘oniston masalasida ham, nihoyat, uni mintaqaning ajralmas qismi ekanligi xususida gapirishni to‘xtatdik hamda unga Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi qo‘shni va bog‘lovchi vazifasini yukladik. Katta Markaziy Osiyo nazariyasiga navbatdagi qaytish sodir boʻlmasligiga ishonishni istardim Transport va logistika sohasidagi infratuzilma loyihalariga alohida e’tibor qaratilishi — bu mintaqaviy kun tartibiga to‘g‘ri yondashuv. Faqat uzoq vaqtdan beri muhokama qilinayotgan loyihalar haqidagi gap-soʻzlar ularning amalda ishga tushirilishiga olib kelishi qoldi, biroq hozircha ularni ishga tushira olmaymiz.

Endi muayyan savollarni tugʻdirayotgan masalalarga oʻtamiz Birinchidan, ShHT haqidagi postda keltirgan tezisimni tasdiqlagan holda, o‘tkazilgan yoki rejalashtirilgan uchrashuvlar/forumlar/konferensiyalar toʻgʻrisida xuddi tashqi siyosatdagi yutuqlarimiz haqida gapirgandek gapiryapmiz. Eslatib oʻtishni istardimki, har xil turdagi uchrashuvlar muvaffaqiyat hisoblanmaydi. Ular tashqi siyosatga doir u yoki bu muvaffaqiyatni ta’minlashi mumkin boʻlgan vositalardan biri xolos. Yutuqlar — bu aynan shu uchrashuvlar natijasi oʻlaroq erishilgan aniq barqaror (!) natijalardir. Ular haqida hozircha hech narsa deyolmaymiz. Ikkinchidan, ilgari, eski Oʻzbekiston deb yuritilayotgan davrda, BMTni isloh qilish zarurligi haqida gap ketganda, aniq takliflarni ilgari surardik. Endi esa shunchaki islohotlarning zarurati haqida gapiramiz-u, Toshkent bu o‘zgarishlarni qanday ko‘rayotganiga urgʻu bermaymiz. Ushbu masalaga aniqroq yondashuvni shakllantirib olish ortiqcha boʻlmagan boʻlardi.