Get Mystery Box with random crypto!

21 avgustdagi post (1/2) Quyidagi videoda rus dunyosi nazariy | Серия пенальти_O'Z

21 avgustdagi post
(1/2)

Quyidagi videoda rus dunyosi nazariyasining asosiy mafkurachisi Aleksandr Dugin. U antifashist ritorikasining ortiga yashiringan klassik fashist. Dugin oʻsha mashhur 8 yil davomida urushga sigʻinishni madh etgan, zoʻravonlik va agressiyani targʻib qilgan, aslida rus yerlari deb daʼvo qilinayotgan yerlarni kuch bilan qaytarib olishga chaqirgan va rus shovinistlariga tanish boʻlgan zoʻrlik ohangida xalqning mafkura uchun oʻz-oʻzini qurbon qilishga tayyor boʻlishi zarurligi haqida gapirgan asosiy figuralardan biridir

Ushbu videoda Dugin ichida oʻzi boʻlishi kerak boʻlgan, biroq, aftidan, aslida uning qizi oʻtirgan mashina portlagan joyda boshini ushlab turibdi. Darvoqe, qizi ham olma daraxtidan uzoqqa tushmadi va otasi nima bilan shugʻullangan boʻlsa, deyarli xuddi shu ishni qildi. Dugin va uning qiziga achinish yoki hamdardlik bormi? Yoʻq. U odam qizi bilan birga urushga sigʻinishni ommalashtirishdan zavq olgan (va, shubhasiz, tuppa-tuzuk moliyalashtirish ham). Kimdir Ukrainada urush boshlagani uchun Gebbels bilan bir xil darajadagi javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Kecha kimdir koʻp yillar davomida oʻzi yetishtirgan narsasini qoʻshni davlatning uzoq bir joyida emas, balki bevosita oʻz oilasida oldi. Taqdir hazili? Karma? Oliy adolatmi? Oʻzingiz tanlang Biroq, keling, Duginlar oilasi oʻzlarining agressiv va daʼvogar nashrlari va postlarini qayta oʻqiyverishsin. Bayonotlarni tunda sodir boʻlgan voqealar bilan solishtirishsin.

Men boshqa narsaga eʼtibor qarataman. Mamlakatimizda va boshqa postsovet mamlakatlarida 24-fevral kuni xursandchilik bilan qarsak chalgan, stolga chertib, “endi bu fashistlarning timsollari qanday o‘ldirilishini” tasavvur qilgancha, urushni hodisa sifatida romantiklashtirayotganlar, divanlarida o‘tirib, siqish, ezgʻilab tashlash, yo‘q qilish kerakligi haqidagi post va izohlarni yozayotganlar, asosiy mafkurachisining dahshatga tushgan qiyofasini chop etib, devoriga osib qo‘yishi kerak. Balki o‘shanda urush yuz marta o‘lib, yuz marta qayta tug‘ilish mumkin boʻlgan kompyuter o‘yini emasligini tushunib yetishar. Urush — hazilkash Vasiliy Terkinning qiziqarli sarguzashtlari emas. Nihoyat, urush — oʻzganing hududidan qarshilikka uchramasdan marsh bilan yurib oʻtiladigan bir tomonlama jarayon emas

Xuddi shu dunyolarni birlashtirishni orzu qiladigan barcha shovinistlar va turli etnik olamlarni sevuvchilar, ular atrofida yetishtirayotgan agressiya ertami-kechmi oʻzlariga qarshi chiqishi mumkinligini tushunishlari lozim Buni siyosatchi uchun mushaklar aql-zakovatdan koʻra muhimroq; qurol bilan toʻldirilgan, hamma qoʻrqadigan davlat iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy jihatdan rivojlangan, biroq «hech kim quloq solmaydigan» davlatdan koʻra jozibaliroq, deb hisoblaydigan; shafqatsiz qudrat urugʻini olqishlaydiganlar ham anglab yetishlari zarur. 9-may kuni bolalariga ishtiyoq bilan harbiy kiyim kiydirayotgan befahm ota-onalar urush-romantika ruhida tarbiyalangan bolalar keyinchalik rux tobutlarda qaytishlarini anglab yetishlari kerak (agar ularni, albatta, jang maydonidan olishgan boʻlsa).

Urush – unga aralashgan jamiyatlar uchun falokatdir. Zamonaviy oʻzaro bogʻliq dunyoda ikki davlat oʻrtasidagi urush, eng kamida, davlatlar joylashgan mintaqa uchun va, koʻpi bilan, butun dunyo uchun muammo tugʻdiradi. Urush nafaqat toʻgʻridan-toʻgʻri jang maydonida oʻldiradi, balki undan jarohatlangan butun boshli avlodlarni oʻldiradi. Va hatto tinchlik shartnomasi bilan yakunlangan ogʻir bosqich ham boshlangan urushni tugatmaydi. Uning oqibatlarini oʻnlab yillar davomida bartaraf etishga toʻgʻri keladi.