Get Mystery Box with random crypto!

Project Managers Blog

Telegram kanalining logotibi pmuzbekistan — Project Managers Blog P
Telegram kanalining logotibi pmuzbekistan — Project Managers Blog
Kanal manzili: @pmuzbekistan
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 438
Kanalning ta’rifi

🦅 Project Managers IT kompaniyasi telegram blogiga xush kelibsiz!
• Loyihalar boshqaruvi;
• Axborot xavfsizligi;
• Web&Mobil ilova ishlab chiqish;
• Grafik dizayn;
• O'yin ishlab chiqish;
• Raqamli marketing;
💬 @PM_support_chat
🌐 Projectmanagers.uz

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-09-16 16:26:13
O'zbekistonda yangi ijtimoiy tarmoq

Imkon
— bu insonlarning har qanday ehtiyojlariga mos, koʻp tarmoqli, turli gʻoya, talab va takliflarni birlashtirgan loyiha.

Imkon.uz sizga

- kerakli muassasani xolis izohlar yordamida to’g’ri tanlash,
- ko’ngillilar maydonini tashkil etish,
- startap loyihalarni qo’llab-quvvatlash,
- grantlar

va boshqa 10 dan ortiq kerakli bo'limlarni taqdim etadi.

Shu bilan birga, imkon.uz Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar funksiyasini o'zida birlashtirishi kutilmoqda.

Loyiha asoschisi "Imkon Uzbekistan" NNT bo'lib, Project Managers kompaniyasi mazkur loyihaning tashkiliy ishlarida bevosita hamkorlik va do'stlik munosabatlarini o'rnatgan.

Yangilik

Hozirda ijtimoiy tarmoqning veb ko'rinishi ishga tushirilmoqda va mazkur loyihaning Metsenat bo'limida ta'limga yo'naltirilgan bir nechta grantlar tez kunda e'lon qilinadi.

Project Managers — mustahkam hamkorlik qadriyatlari biz uchun muhimroq.

@pmuzbekistan
1.0K viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash
2021-09-06 14:53:04 Muvaffaqiyatga erishishda hamkorlik va sohaviy do'stlikning o'rni katta

Project Managers
IT kompaniyasi IT Park rezidenti hisoblanadi. Hozirda texnologik Parkning rezidentlarga bergan barcha imtiyoz va qulayliklarini e'tirof etish joiz.

Bugungi kunda 486 IT kompaniya va IT oʻquv markazlari IT Park rezidenti maqomiga ega boʻlib, ular quyidagi imtiyozlarga ega:
— daromad solig‘i — 7,5%
— Korporativ soliq — 0%
— Ijtimoiy soliq — 0%
— uskunalarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilish.

IT Park telegram sahifasida IT rezident "Project Managers" kompaniyasi va UIC Games tomonidan ishlab chiqilgan "Mangu Sarkarda" AAA video o'yini alohida ta'kidlab o'tilgan.

Albatta, kelgusida mazkur o'yin kompaniya amalga oshirayotgan ishlarning kichik bir mevasi bo'ladi.

Videoni tomosha qiling:

1.3K views11:53
Ochish/sharhlash
2021-09-04 14:19:59 Agar bugun o'zingizga kerak bo'lmagan narsani sotib olsangiz, tez orada o'zingizga kerakli bo'lgan narsani sotishingizga to'g'ri keladi.

Benjamin Franklin
847 views11:19
Ochish/sharhlash
2021-09-01 14:33:40
Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni eng qadrli ayyom – Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan muborakbod etamiz!

Jannatmakon oʻlkamiz osmonining musaffoligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi barqaror, vatanimizning yuksak kuch-u qudrati, nurli yoʻli, xalqimiz farovonligi bardavom boʻlsin!

Oilalarimizning mustahkamligi, serbaraka rizq-u nasibasi, mehr-u oqibati, Vatanga boʻlgan sadoqati bundan-da yuksak boʻlishiga tilakdoshmiz!

@pmuzbekistan
941 viewsedited  11:33
Ochish/sharhlash
2021-08-25 18:10:55
QA Tester kim?

QA (quality assurance) tester mahsulot rejasidan to bozorgacha bo'lgan jarayonda muhim rol o'ynaydi.

QA tester tayyor deb hisoblangan dasturiy mahsulotni har tomonlama tekshirib bagni dasturchilarga ko'rsatib beradi.
Bu mutaxassis har bir ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun muhimdir. Chunki tester mahsulot mijoz qo'liga sifatli yetib borishiga javobgar.

Eng qizig'i, bu soha uchun dasturlashni o`rganish shart emas.
Uning asosiy vazifasi:

- TZ ni batafsil o'rganib chiqish
- mahsulot ishlab chiqish va keyingi xatolarini tuzatish uchun ketadigan vaqtni taxminiy hisoblash
- test qilish sxemasini tuzish
- Dasturchilar bilan xatolar ustida ishlash
- qayta test va xulosa qilish
- dasturchilar jamoasi ish tartibini tahlil qilib chiqadi...

QA ning eng yaxshi taraflaridan biri yaxshi maosh bo'lsa, yana biri yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishish uchun zo'r imkoniyat. Shuningdek, QA tester bo'lish jarayonida boshqa IT yo'nalishlarini o'rganish mumkin.

@pmuzbekistan
1.0K views15:10
Ochish/sharhlash
2021-08-21 17:27:11 Menimcha, boshqarish - bu kaptarni qo'lingizda ushlab turish kabidir. Agar uni juda qattiq ushlab tursangiz, uni nobud qilasiz. Juda erkin ushlasangiz, yo'qotasiz.

Bob Satton
840 views14:27
Ochish/sharhlash
2021-08-19 15:59:04
Ilon Maskning biznes qoidalari

Biznesdan maqsad pul emas, muammoni hal qilish yangilik kiritishdir. Buning uchun bir nechta prinsiplarga amal qilish foydadan holi emas.

Ambitsiyalaringizga tayaning. Kattaroq maqsadlar qoʻyishdan qoʻrqmang:
Ilon Maskning boshqa biznesmenlardan ajralib turadigan xislati bu uni aql bovar qilmas reja va maqsadlari edi:

Marsni zabt etish, Oyda baza qurish, vakum tuneldan oʻtadigan super tezlikda poyezd oʻrnatish, sunʼiy intellekt chipini inson miyasiga oʻrnatish, quyosh batareyka tizimi va hokazo..

Tavakkal qilishga doim tayyor turing:

Ilon Mask karyerasida juda koʻp risklar qilgan, Paypal online toʻlov platformasi va Zip2 loyihalarini sotib yangi kompaniyasiga asos solgan.
Tanqidlarga eʼtibor bermang.

Qilayotgan ishingizdan rohat oling:

Mask Teslaning model 3 yaratilishi davrida haftasiga 120 soat ishlaganida ham ishidan rohatlanayotganini aytgan edi..

@pmuzbekistan
2.7K views12:59
Ochish/sharhlash
2021-08-13 15:44:34
IT sohalaridan biri biznes tahlilchisi (Business Process Analyst) kasbi haqida eshitganmisiz?

Tahlilchi-ma'lumotlarni to'playdigan, qayta ishlaydigan va ulardan xulosalar chiqaradigan mutaxassis.

IT biznes tahlilchisi:

- mijozning talablarini to'plab o'rganadi;
- dasturchilar uchun texnik topshiriqni tuzadi;
- mijozning muammolarini hal qiladi;
- biznes jarayonlarini o'rganadi va yaxshilaydi;
- qarorlarni tizimlashtirish yoki hujjatlashtirish;
- fikrlarni taqdim etish va tasavvur qilish;
- kompaniya muammolari, ehtiyojlari va rivojlanish zonalarini aniq tushunadi.

Biznes-tahlilchi doimiy ravishda kuzatilgan metrikalar yordamida samaradorlikni baholaydi.

Hozirgi va kelajak uchun harakat rejasi ham uning asosiy maqsadi.

Jahon bozorida biznes tahlilchisining o'rni katta. Shu sababli ushbu kasb egalari dunyo bo'ylab o'rtacha 8000 AQSH dollari miqdorida maosh olishadi. Afsuski, O'zbekiston sharoitida bu soha yaxshi rivojlanib ulgurmagan.

@pmuzbekistan
922 viewsedited  12:44
Ochish/sharhlash
2021-08-03 17:07:03
Project Managers IT kompaniyasi o'z hamkor va mijozlari bilan faol munosabatlarni yo'lga qo'ygan.

Bugungi kunda Rossiya, Belorusiya, Dubay, Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlaridagi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

Loyihalar boshqaruvida Project Managers:

- loyiha g'oyasi bilan ishlash;
- keng tarmoqli research;
- yuqori darajadagi xavfsiz IT yechimlar;
- Q&A testing;
- loyihani amalga tatbiq etish;

va davomli Tech supporting taqdim etadi.

Xizmat sifati va operativ yechimlar Google, Coca-Cola, Koica, Uzcard, Avtech va boshqa nufuzli dunyo brendlariga bizni tanlash uchun asosiy sabab bo'lmoqda.

Yoshlar Ishlari Agentligi, IT Park, Toshkentdagi Inha universiteti, Asakabank, Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi kabi tashkilotlar bilan ijtimoiy loyihalar doirasida hamkorlik o'rnatgan.

Project Managers barcha hamkor va mijozlari bilan do'stlik munosabatlarni qadrlaydi. Zero loyihalar boshqaruvida inson omili moddiy manfaatlardan ustundir.

@pmuzbekistan
1.1K views14:07
Ochish/sharhlash
2021-07-23 15:02:23
Project Managers kompaniyasi asos solgan Co-Learning Center yoshlarga sifatli va bepul IT ta'limini berishni maqsad qilgan.

Yoshlarning yozgi ta'tilidan unumli foydalanishiga ko'maklashish uchun Co-Learning Center IT kurslariga yanada urg'u berdi.

Telegram bot yaratish, SMM, grafik dizayn va Flutter kurslari shular jumlasidan. Mazkur yo'nalishlarda o'qish istagini bildirib har biriga 200 ga yaqin arizalar kelib tushdi. Mazkur raqamlarni hisobga olib markazda o'qish imkonini IUT talabasi bo'lmaganlarga ham taqdim etdik.

Hozirgacha markazni 6 ta yo'nalishda 100 dan oshiq o'quvchi tamomladi.
Mentorlarimiz — Project Managers va UIC Group IT kompaniyalari xodimlari.

Pandemiya sharoiti va yurtimizning chekka hududlaridagi o'rganuvchilarga qulaylik yaratish uchun video darslardan iborat Co-Learning Academy platformasi tashkil etildi. Platformaning YouTube sahifasida IT'ning turli yo'nalishlari bo'yicha darslar joylangan.

Project Managers - ijtimoiy loyihalar uchun tayyormiz!

@pmuzbekistan
1.1K views12:02
Ochish/sharhlash