Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Telegram kanalining logotibi pmtests — Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal P
Telegram kanalining logotibi pmtests — Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
Kanal manzili: @pmtests
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 62.85K
Kanalning ta’rifi

Kanalda PREZIDENT MAKTABLARIga tayyorlanayotgan maktab o'quvchilari uchun
♦️Testlar
🔴Tanqidiy fikrlash
🔵 Maktab yangiliklari
berib boriladi.
Guruh: @pmtests_guruh
Ingliz tili testlari: @pmtests_english

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 293

2021-08-23 17:34:28 Natijalar sentyabr oyining boshlarida chiqishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida Farg’ona shahridagi muammolar savollar va javoblar kitoblari Cambridge Assessment tashkilotiga yetib borganida alohida o’rganilib, keyin aniq ma’lumot berilishi aytildi. Cambridge tashkilotining bir jihati menga ma’qul bo’ldi. Farg’onadagi vaziyat yuzasidan savol so’ralganda, ularga materiallar kelganida o’rganib chiqishlari va albatta har qanday holatda adolatni ta’minlashi aytildi. Bu ular uchun juda muhimligi nafaqat O’zbekiston oldida balki, butun dunyo oldidagi obro’siga ta’sir qilishi aytildi.

Imtihon natijalari sentyabrning boshlarida, agar jarayon ko’proq vaqt talab qilsa yana bir necha kun kechroq e’lon qilinishi aytildi.

Demak, yana biroz kutishga to’g’ri keladi. Biz faqat adolat bo’lishiga ishonamiz.
27.1K viewsedited  14:34
Ochish/sharhlash
2021-08-23 15:35:17 #Munosabat

Farg'ona shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqich ingliz tili fanidan imtihon yuzasidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan rasmiy bayonot beriladi.

Unda:
Prezident ta'lim muassasalari agentligi mas'ullari;
Qabul komissiyasi raisi va
Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell ishtirok etishadi.

Bizni bugun 18:30 daYouTube kanalimiz orqali kuzatishingiz mumkin.
24.0K views12:35
Ochish/sharhlash
2021-08-23 08:31:51 Farg'ona shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqich ingliz tili fanidan imtihon yuzasidan murojaatlar kelib tushgani haqida xabar bergan edik.

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi mas'ullari, Qabul komissiyasi raisi va Cambridge Assessment tashkilotining ta'lim yo'nalishi bo'yicha bosh maslahatchisi Stive King onlayn bayonot berishadi.

Buyuk Britaniya bilan vaqt tafovutini hisobga olgan holda bayonot vaqtiga tez orada aniqlik kiritiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
17.0K views05:31
Ochish/sharhlash
2021-08-23 06:41:05 Eshitgan xabarni tekshirmasdan tarqatish ham yolg’onchilikdir.

Bir necha kundan beri Farg’ona shahrida o’tkazilgan asosiy imtihondagi vaziyatlar bo’yicha turli kanallarda yozilgan postlar muhokama qilinmoqda. Ushbu postlarda Farg’ona shahridagi imtihonlarda B va C daraja ingliz tili savollari almashtirib berilganligi, savollarning kech yetib kelgani va javoblar varog’ida oldin bo’yalgan joylari mavjudligi yozilgan. Ushbu xabarlarni o’qib, ba’zi insonlar Prezident ta’lim muassasalari agentligi bo’yicha turli gap so’zlarni tarqatishga ham urinmoqda.

Ammo biz xolis uchinchi tomon sifatida imtihonlarning adolatsiz o’tishi bo’yicha biror sabab yoki asosni topa olmadik. Bu tashkilotning moliyaviy ta’minoti muhtahkam bo’lib, tashkilot uchun alohida jamg’arma shakllantirilgan. Demak, moliyaviy yetishmovchilik sabab korrupsiya sodir bo'lmaydi. Biror “kattakon” insonning farzandini “gaplashib” maktabga kiritishi ham imkonsiz. Chunki, bu maktablar prezident ta’lim muassasalaridan hisoblanadi va moliyaviy ta’minlovchi jamg’armaning vasiylik kengashi raisi – O’zbekiston Respublikasi Prezidentidir. Demak, Farg’onadagi holat tashkillashtirishdagi xatolar natijasida sodir bo’lgan deb aytish mumkin.

Agentlik bu holat bo’yicha vaziyatni o’rganib yaqin orada rasmiy bayonot berishini xabar bergan. Ota-onalar ushbu maktablarda imtihonlar adolatli o’tishiga ishonadi. Shuning uchun Agentlik ushbu vaziyat bo’yicha farg’onalik ota-onalar bilan aloqa o’rnatishi, agar asosli sabablar bo’lsa imtihonlarni qayta o’tkazishi lozim.
28.7K views03:41
Ochish/sharhlash
2021-08-22 05:57:36
#Imtihon_2021 #Press

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi (@piimauz)

@PMTESTS
20.0K views02:57
Ochish/sharhlash
2021-08-21 06:35:00
#Imtihon_2021

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Imtihon o’tkaziladigan hududlarda Milliy gvardiya, tibbiyot xodimlari o’z mas’uliyatlari doirasida vazifalarini bajaryaptilar. Jarayon karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.

Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda.

Mazkur bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshiradilar. Imtihonlar ikki smenada - 07:00 va 19:00 da bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.

Fotosuratlarda Toshkent va Urganch shahridagi imtihon jarayonlari tasvirlangan.

Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B, C va D sektorlarida, Xorazm viloyatidagi imtihonlar esa Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasida bo’lib o’tmoqda.
25.1K views03:35
Ochish/sharhlash
2021-08-20 17:37:17 Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

Toshkent shahar va Toshkent viloyati - Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining B, C va D maydonlarida;

Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2)

Fargʻona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni;
Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;
Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;
Samarqand viloyati - Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

Namangan viloyati- 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

Xorazm viloyati- Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-binosida;

Surxondaryo viloyati - Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

Shuningdek, Fargʻona viloyati Soʻx tumanida 22-avgust kuni soat 07:00 da 1-maktab stadionida barcha sinflar uchun imtihon boʻlib oʻtadi...

Imtihon kuni va vaqti

21-avgust
1-smena 07:00
2-smena 19:00

22-avgust
1-smena 07:00

Imtihon hududiga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
18.9K views14:37
Ochish/sharhlash