Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 23-avgustda hindlarning kosmik kemasi oyga qo'ngan ed | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

2023-yil 23-avgustda hindlarning kosmik kemasi oyga qo'ngan edi. Ilm-fan millatlarni yuksaltiradi. Bugun ilm-fan bilan ba'zi xalqlar samoni zabt etmoqda.

Tarixda bizning bobolarimiz koinotni o’rganish bo’yicha yetakchi edilar. Ilmiy tadqiqotlar o’tkazuvchi rasadxonalar qurgan Mirzo Ulug’bek 1437-yilda koinot haqidagi eng to’g’ri ilmiy asar, 1018 ta yulduzlar jadvali berilgan “Ko’ragoniy jadvalini” tuzadi. Zamonaviy optik asboblar ixtiro qilinguniga qadar (17-asr o’rtalari) bu asar koinot bo’yicha yaratilgan eng mukammal asar hisoblangan. Erkin Vohidov she'rida aytganidek,

Tuzdi-yu Mirzo Ulug’bek Ko’ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tog’iga ilk – Qo’ydi narvon O’zbegim!


Ma'lum muddat ilmdan uzoqlashish natijasida boshqa xalqlar bizdan mutloq o'tib ketdi. Shu darajaga keldikki, boshqa millatlar muvaffaqiyatli bajarayotgan ishni hatto orzu qilishga ham qo'rqadiganlar ko'paydi. Bu holatimizni Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Imom Buxoriy kabi buyuk bobolarimiz ko'rsa, bizdan ranjishi aniq.

Hozirgi yoshlarga katta maqsadlar qo'yishni o'rgatishimiz lozim. Biz ham oyni zabt etishimiz kerak. Biz ham kosmosga sun'iy yo'ldoshlar uchirishimiz kerak. Biz ham kerak bo'lsa marsga borishimiz kerak. Buning uchun biz yoshlarimizni ilmga qiziqtirib, millatimiz faxri bo'ladigan kadrlar qilib tarbiyalashimiz kerak.

(Tasavvur qiling, videoda muvaffaqiyatni bayram qilayotgan hindlar o'rnida BIZning xalqimiz bo'lsa, butun xalqimiz bilan buni bayram qilsak qanday ajoyib bo'ladi . Shunday kunlar bizga ham nasib qilsin!)

t.me/pmtests