Get Mystery Box with random crypto!

plyuralizm

Telegram kanalining logotibi plyuralizm — plyuralizm P
Telegram kanalining logotibi plyuralizm — plyuralizm
Kanal manzili: @plyuralizm
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

​​✭𓅃 Hayotda sizga ikkita yo'l beriladi: boshqalarga ta'sir o'tkazish yoki boshqalarning sizga ta'sir o'tkazishiga imkon berish!
☛Kanalda qolishga majbur emassiz, zero tafakkurli insonlarni taklif qilib qolamiz.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-03 11:14:30 ​"Siyosiy bo'ysunmaslik" atamasi Robert Xelvi tomonidan joriy etilgan. "Siyosiy bo'ysunmaslik" siuosiy maqsadlarda qattiy va faol qo'llaniladigan zo'ravonliklarsiz kurash(norozilik, hamkorlikni va aralashishni rad etish) hisoblanadi. Ushbu atama zo'ravonliklarsiz kurashning pasifizmga va ahloqiy yoki diniy "zo'ravonliksizlik"ga tenglashtirilishi tufayli yuzaga kelgan chalkashlik hamda noto'g'ri tushunchaga javob tariqasida paydo bo'ladi. "Bo'sunmaslik" hukumatga itoat etmaslik yo'li bilan va tobe bo'lishdan bo'yin tovlash orqali oshkora qarshi chiqishni angalatadi. "Siyosiy bo'ysunmaslik" ushbu (siyosiy) faoliyat hamda uning maqsadi (siyosiy hamkorlik) qo'llaniladigan vaziyatni tasvirlaydi. Ushbu termin odatda , aholining diktaturaning kuch manbalariga muntazam hujum qilishi va shu yo'lda strategik rejalashtirish hamda norozilik aksiyalaridan qasdan foydalanish orqali hukumat muassasalarini uning nazoratidan ozod etish maqsadidagi harakatlarini belgilashda ishlatiladi. Mazkur ishda siyosiy bo'ysinmaslik, zo'ravonliklarsiz kurash atamalaridan bir xil ma'noda foydalanilmoqda, zero, ohirgi ikki atama keng toifadagi maqsadlar (ijtimoiy, siyosiy,psixologik va hakazo maqsadlar) uchun kurashga taaluqlidir. Gandi ham huddi shunday "zo'ravonliklarsiz kurash" yo'lini tanlagan, bu asosan diktaturadan holos bo'lish maqsadida amalga oshiriluvchi tushunchadir. Fuqorolik jamiyatida ( demakratik davlatlarda) bu narsa o'rinsiz hisoblanishi mumkin. Hozirgi davrda bu tushuncha o'z ma'nosini yo'qotmoqda, bunga sabab diktatorlik rejimiga asoslangan mamlakatlarni yo'qolishidir.!

@Plyuralizm
76 views08:14
Ochish/sharhlash
2023-03-02 13:58:29 ​Sovuq urush — bir tarafdan AQSh va uning ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan SSSR va uning ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy konfrontatsiya.
Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsalar ham, ularning dunyoga taʼsirini oʻtkazish borasidagi raqobat koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzlarining taʼsir doiralarini yaratdilar hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar — NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.

Sovuq urush Uchinchi jahon urushiga olib kelishiga xavf tugʻdiruvchi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Nikita Xurushchov va Jon Kennidi davrida munosabat biroz yumshadi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikkala tarafdan xalqaro tanglikni "yengillashtirish" va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.

SSSRning bora-bora tehnologik tarafdan ortda qolishi sovetlar iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar oxiri — 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy xarajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar oʻtkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mixail Gorbachyov tomonidan eʼlon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yoʻqotishiga va ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa - 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.

Sharqiy Yevropada sovetlar qoʻllovidan mahrum boʻlgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin - 1989—1990-yillarda agʻdariladi. Varshava bitimi oʻz faoliyatini rasman 1991-yil 1-iyulda tugatdi va shu vaqtdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin. Lekin nega NATO haligacha tugatilmadi ekan-a?!. Bu urushdan kim manfaatdor bo'lganini aniqlash va kima boshlaganini prapagandalarsiz aniqlash mumkin. Hozir bu jarayon siyosiy va g'oyaviy urush sifatida davom etayotganga o'xshaydi, negaki hozirgi aka-ukalar urushi va turli xil sanksiyalar hamda gegemonlik jarayonlaridan ham bilsa boʻladi, biroq hozir pozitsiya o'zgargandek okean orti davlati va sharqning ajdarhosi o'rtasida sovuq urush boshlanganday ko'rinmoqda... Nima boʻlganda ham biz tinchlik va betaraflik siyosati tarafdorimiz.

@Plyuralizm
69 views10:58
Ochish/sharhlash
2023-03-01 21:19:50 ​Fashizm (ital. fassismo — tuda, birlashish) — totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demokratiyaning qarama qarshisi hisoblanadi, u hokimiyatning boʻlinishiga yoʻl qoʻymaydi. Jahon tarixida Fashizmning bir necha koʻrinishlari uchragan. Jumladan, Italiyada totalitar rejim hokimiyati, Germaniyada natsistlar Fashizmi, Portugaliyada harbiy siyosiy Fashizm, Ispaniyada harbiy otryadlar Fashizmning har qanday koʻrinishi demokratiya tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon eʼtiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri, erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar siyosiy partiya shakllanadi va u davlatmonopol tashkilotiga aylanadi. Fashizm ana shunday tashkilotga va „dohiy“ning eʼtiroz bildirib boʻlmaydigan obroʻeʼtiboriga tayanadi.

Fashistik rejim inson manfaati, inson omili bilan aslo hisoblashmaydigan yovuz rejim boʻlib, barcha xalklarni, shu jumladan, oʻz xalqini ham azobuqubatga qoʻyadi. Dinsizlik, umuman dinga dushmanlarcha munosabatda boʻlish; huquqiy totalitarizmni barpo etish; partiya yakka hukmronligini oʻrnatish, bunday sharoitda kuchayadigan korrupsiya va axloqiy buzilishlar; millatchilik va jangari shovinizm, safsatabozlik, laganbardorlik, despotiyani avj oldirish, fuqarolarni, butun aholini qoʻrquv ostida saklash, inson ongi va tafakkurini boʻysunish ruhida tarbiyalash; xurfikrlik, erkinlikka intiluvchilarga nisbatan terror oʻtkazish fashizmni tavsiflovchi xususiyatlardir. Fashizm umummilliy boʻhronlar yoki keskin oʻzgarishlar sharoitida ijtimoiy nochor guruxlar orasida oʻziga tayanch topadi. Fashizmning koʻpgina belgilari turli ijtimoiy hamda oʻng va soʻl koʻrinishdagi milliy harakatlarga xosdir. Gʻoyaviy asosda qaramaqarshiliklar koʻrinib tursada („sinf“ yoki „millat“) jamiyatni siyosiy safarbar etish yoʻllari, terroristik hukmronlik usullari jihatidan totalitar qarakatlar va bolshevizm, stalinizm, „qizil xmerlar“ va boshqa rejimlar fashizmga yaqin turadi. Demokratik tartiblar boʻsh boʻlgan sharoitda fashistik tipdagi harakatlar rivojlanib, fashizmning jiddiy xavfga aylanish imkoniyati saqlanib qoladi.

Fashizm mohiyati
Fashizm — bu, davlat boshqaruvining terrorchi totalitar shakli, hukmron doiralarning eng reaksion va agressiv kuchlari manfaatini ifodalovchi oqim. U dastlab Yevropada (Italiyada) vujudga kelgan. „Fashizm“ atamasi „fashio“ so‘zidan olingan bo‘lib, „to‘da“, „uyushma“ degan maʼnolarni Fashizmning mohiyati anglatadi. 1919-yilda Italiyada birinchi jahon urushining sobiq askarlari o‘z manfaatlarini, haq-huquqini himoya qilish uchun kurashuvchi tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot „Fashi di kombattimento“ („Kurash uyushmasi“, „Quroldoshlar kurash uyushmasi“) deb atalgan. Tashkilot aʼzolari „fashistlar“,harakat esa „fashizm“ nomini olgan va asoschilaridan biri Beneto Musalini edi.Kelajakda bunday vayronkor gʻoyalarni aks ettiruvchi harakatlar sodir bo'lmasligiga katta umidlar bogʻlab fikrimizni yakunlaymiz.

@Plyuralizm
71 views18:19
Ochish/sharhlash
2023-02-28 18:49:53Lirik chekinish (Tarix)

Xalqlar qotili "Natsizm" asoschilaridan biri Adolf Gitler vegetarian edi.

Uning yonida ovqatni oldindan ta'tib ko'ruvchi 15 ta shaxslar guruhi o'tirgan. Agar ular 45 daqiqa ichida o'lmasa, Gitler o'zi ovqat yeyishga o'tirgan.

@Plyuralizm
78 views15:49
Ochish/sharhlash
2023-02-27 18:38:11Siyosiy hokimiyatning zarur manbalari:

Prinsip murakkab emas. Diktatorlar o'zlari boshqarayotgan odamlarning yordamiga muhtoj. Negaki bu yordamiga muhtoj. Negaki bu yordamsiz ular siyosiy hokimiyat manbalarini ta'minlash va saqlashga qodir emas. Siyosiy hokimiyatning bunday manbalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

☛ Obro', odamlarning hokimiyat qonuniyligin va bu hokimiyatga bo'ysinish ularning axloqiy burchi ekanligi to'g'risidagi ishonch;

☛ Inson resurslari, hukumdorlarga bo'ysunadigan, hukmdorlarga bo'ysunadigan , hamkorlik qiladigan yoki yordam ko'rsatadigan shaxslar hamda guruhlarning soni va ahamiyati;

☛ Tuzumga muayyan harakatlarni amalga oshirish uchun va hamkorlik qiluvchi shaxslar hamda guruhlarning soni va ahamyati;

☛ Nomodiy omillar, odamlarni hukumdorlarga itoat etish va yordam ko'rsatishga majburlaydigan, ruhiy va mafkuraviy omillar;

☛ Moddiy resurslar, hukumdorlarning boylikni nazorat qilish yoki ulardan foydalanish darajasi, tabiiy, moliyaviy resurslar, iqtisodiy tizim, shuningdek, aloqa va transport vositalari;

☛ Itoat qilamaydigan yoki hamkorlik qilishdan bo'yin tovlaydigan bo'ysundirish va hamkorlik qilishga majburlash uchun qo'rqitish maqsadida qo'llanadigan, tuzumning mavjud bo'lishi hamda siyosatni yuritish uchun kerakli sanksiyalar va jazolar.

Biroq, ushbu manbalar aholining mazkur tuzumini qabul qilishi, unga bo'ysinishi, ko'plab odamlar va jamiyatning aksariyat institutlarining u bilan hamkorlik qilishiga bog'liq. Bularning ishtirokini esa kafolatlab bo'lmaydi. Ushbu fikrlarni manbasi sifatida "Diktaturadan Demokratiyaga" asarini ko'rsatishim mumkin, har bir shaklning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Lekin, ko'pchilik dunyo mamlakatlari Demokratiyani tanlashgan ammo demokratiyaning ham ayrim salbiy tomonlari mavjud buni amalda ko'ryapmiz, ayrimlar demokratiya bahonasi bilan ba'zibir mamlakatlarning ichidan yemirdi, ichki siyosatini izdan chiqardi. Demokratiya bilan birgalikda qonun ustuvor bo'lishi kerak.

@Plyuralizm
342 views15:38
Ochish/sharhlash
2023-02-25 20:57:45Shovinizm millatchilikning oʻta agressiv shakli. Oʻzga millatlarni kamsitish, tahqirlash, oʻz millatini boshqa millatdan ustun qoʻyish, milliy kalondimogʻlik, milliy xudbinlik illatlarini oʻzida mujassam etadi. Shovinistlar gʻoyaviynazariy jihatdan milliy manfaat va ustuvorlikka xizmat qilib, oʻz gʻoyalarini tazyiq va zoʻravonlik orqali amalga oshiradi. Shovinizm fransuz askari Shoven nomidan olingan, 19-asrning 30-yillari Fransiyada paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz milliy ekstremizmning turli koʻrinishlarini ifodalashda qoʻllanila boshladi. Shovinizm biror boshqa millatning tarixiy taraqqiyot yutuqlari, insoniyat sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, jahon tarixidagi oʻrni, milliy, maʼnaviy va madaniy qadriyatlarini poymol qilishga harakat qilib, ayrim jihatlari bilan natsizm va fashizmga ham oʻxshab ketadi. Baʼzan esa muayyan davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini milliy manfaatlar niqobi ostida namoyon etib, oʻzga davlatga nisbatan o'ta pas nazar bilan qarash. Shovinizm 20-asrda dunyoning turli davlatlari va mintaqalarida oʻzining mudhish maqsadlarini amalga oshirdi. Misol qilib aytadigan boʻlsak Nemis irqining boshqa millatlardan ustun qo'yib o'zga millatlarni yerga urish va hatto aholini genotsid qilishga ham olib keldi, buni 2-jahon urushi misolida ko'rdik (yahudiylarga nisbatan). Jahon hamjamiyati tomonidan ko'plab ustavlar qabul qilinishiga qaramay hozirham sodir bo'lmoqda negadir....(uyg'urlar muammosi). Nima boʻlganda ham bu kabi salbiy illatlar hech qaysi davrda hamda davlatlarda bo'lmasligiga katta umidlar bogʻlab fikrimizni shu nuqtada yakunlaymiz.

@Plyuralizm
367 views17:57
Ochish/sharhlash
2023-02-24 18:21:10 Ukraina hukumati shartomalarni bajarish nari tursin ularni eshitgisi ham kelmagan, chunki bu shartlar Ukrainaning garbga qoshilishga tosiq edi. 2019-yilda Vladimir Zelenskiy Ukrainaning 6-prezidenti boldi, uning saylov oldi maqsadi urushni tugatish edi, biroq Dambaskdagi vaziyat yaxshilanmadi, aksincha vaziyatni yanada ogirlashtirdi. 2021-yilning dekabrda Moskva Natoga hududdini kengaytirmaslik taklifini yuboradi, ammo bunga ular etibor ham qaratmadi chunki ular urushni xohlayotgandek edi. 2022-yilning boshlarida munosabatlar juda tarang holatga keldi, bir necha davlat rahbarlari ortaga tushib kordi, lekin bu umuman foyda bermadi. 21-fevralda oz-ozini mustaqil deb elon qilgan DXR va LPRlarni Rossiya tan oladi. 23-fevral kuni mustaqil bolgan hududlar Rossidan qosjin kiritishni soraydi sabab esa Ukraina tomonidan olib borilayotgan genotsit siyosatidir deb taqidlanadi. 24-fevral kuni Rossiya harbiy operatsiya boshlanganini elon qiladi. Koplab davlatlarda urushni toxtatish boyicha namoyishlar bolib otadi, biroq Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denasifikatsiya intilishini taqidladi. Haraktlar boshlangan keyin negadir aloqasi bolmagan Rossiya kompaniyalarga, yirik tadbirkorlariga, banklariga va hatto sportchilarga turli sanksiyalar qoyadi pullari muzlatib qoyiladi bular ularni vakolatlariga kirmas va urushga umuman aloqasi yoq narsalar edi. Harakatlar boshlangandan keyin Rossiya Kupyansk,Berdyansk,Xerson,Tokmak,Vasilevka,Mariupol,Energodor va boshqa hududlarni egallaydi. Donesk va Lugansk,Xerson va Zaparoje referendumlar otkazilib mustaqil deb tan olinadi keyinchalik Rossiyaga kirish taklifini yuboradilar va qabul qilinadilar. Bir necha oylar davomida Rossiya armiyasi kichik shaharlarni Ukraina armiyasidan tozalayotgani, oz navbatida Ukraina ham Shaharlarni qaytarib olayotgani va NATO,AQSH va boshqa Garb davlatlari nuqul sovuq qurollar hamda balistek raketalar, harbiy dronlar yetkazib berib Ukrainani qollab-quvvatlardi. 2022-yil 21-sentabrda qisman safarbarlik elon qiladi. Shundan keyin mamlakatni yuz mimglab kishilar oz vatanlarini tark etdilar. Hozirda bu urush vatan urushiga aylanib ketdi. 2023-yilning 24-fevral kuni NATO bosh kotibi Yens Stolenberg quyidagi Fiklarni rasman bildirdi: NATOni Ukrainaga yuboriladigan harbiy snaryadlari,harbiy qurollar yetkazib bermaydi, Kiyev zavodlar qancha ishlab chiqarsa foydalanishi mumkin, Ukarainada harakat qilayotgan qoshinlarning barchasi snaryadlarni havoga sarflashni bas qilishi kerak, boisi NATO Ukrainaga aprelgacha artelariya snaryadlari yetkazib bermaydi chunki Kiyev uchun sarlagan qurollarini ornini toldirishi shart.
Bugungi davom etayotgan harbiy operatsiya kopchilik naznicha bosqinchilik urushudir negadir, kopchilik chala savodlar tomonidan toqib chiqarilayotgan Prapagandaga aladnishmoqda yuqoridagi faktlar fikrizni ozgartishi aniq. Biz bu harakatlarga betarafmiz, chunki ikki tomondan ham koplab xatolar boldi. Bu hodisalrning tasiri butun dunyoga sezilmoqda,urushda faqat bitta toifa zarar koradi bu ham bolsa oddiy xalqdir. Shu orinda quyidagi iqtibosini keltirib otamiz: Urushda biznesmen foyda oladi va milliaderga aylanishi mumkin, Siyosatchi obro va lavozim oladi, onalar es afsuski oz farzandlarini berishadi. Urushda har bir davlat manafaat olishga intiladi, kattalar esa oddiy xalqni oylash hayoliga ham kelmaydi. Nimagadir Ukraina hukumati faqat ozining enagalariga boglanib qolgan va ular nima desa shuni qilyapti va munozokorolar otkazishdan bosh tortib xato va xalqiga jabr korsatadigan yoldan ketmoqda, oz navbatida Rossiya ham xatolar qildi operatsiyalarni tezda tugatmadi oqibatda harakatlar chozilib ketdi va urushning gardani oddiy xalqga tushdi va ikki ortadan ham begunoh qonlar tokildi. Bugungi glabal mavzuyimizni Otkir Hoshimovning iqtibosi bilam yakunlaymiz: Urush degan palakatni,kopincha,kaltafahm siyosatdonlar oylab topadi. Tonkamijoz generallar boshlaydi. Jabrini esa begunohlar tortadi. Begunoh askar. Begunoh ota. Begunoh ona. Begunoh kelin. Begunoh godak.....

@Plyuralizm
100 views15:21
Ochish/sharhlash
2023-02-24 18:21:10 2022- yil 24- fevral kuni Rossiya federatsiyasi Ukraina Respublikasiga bostirib kirdi. 2023-yil 24- fevral kuni bu harakatlarga 1-yil boldi. Hozir biz siz bilan ushbu harakatlar sabablari, maqsadlari va natijalarini hamda domino effectini korib chiqamiz.
Tarixdan bilamizki,Rossiya KPS Bosh kotibi Nikita Xurshchyov Rossiya tarkibida bolgan Qrimni Ukrainaliklarga sovga qiladi. Bugungi mojaro bir kunda boshlanib qolmagan, oxirgi 30 yillik siyosat natijasidir. Bu siyosiy hodisalarni organar ekanmiz, uni 3- bosqichga bolib organsak boladi.1991- yil 8- dekabrda Rosssiya , Ukraina, Belarussiya SSSR parchalanganlik haqidagi rezolutsiyani imzoladi. Rossiya va Ukraina ortasida chegaralar masalasi boyicha koplab shartnomalar imzolandi. Biroq, Qrim va Svaystopl Ukrainada qoldi. Rossiya SSSRdan yadro arsenalini meros qilib oldi. Ukraina hududidagi barcha yadro qurollari Rossiyaga berildi. Rossiya va Belarus ozaro ittifoq ornatadi.Ukraina esa oz etiborini Garbga qaratadi. 1997-yilda Rossiya va Ukraina ortasida Katta shartnoma nomini olgan bitim imzolanadi, unga kora Rossiya Qrim yarim orolini harbiy infratuzilmasidan foydalangani uchun yiliga 98 mln dollar ijara tolagan va shu orqali Qora dengiz floti masalasi hal etildi.2004-yilda Ukrainadagi saylovlarda Rossiya bilan yaqinlashishni tarafdori bolgan Viktor Yanukovich va Garbparast Viktor Yushchenko 1- tur saylovlarda yuqori ovozlar toplab 2- turga otishadi. 2- turda kichik farq bilan Viktor Yanukovich galaba qozondi. Garb davlatlari Ukrainadagi bu saylovlarni tan olmaydi va natijada xalq orasida norozilik namoyishlari bolib otadi va hukumat inqilob yoli bilan agdariladi.( Zargaldoq inqilobi) Oqibatda , hukumatga garbparast hokimiyat keladi. Garbparast Yushchenko davrida Ukraina MDHga qonunan azo emasligini bildirib NATOga kirish yolidan ketdi. 2008-yilda AQSH prezidenti Jorj Bush Ukraina va Gruziyani NATOga qoshish tashabbusi bilan chiqdi. Ammo Fransiya va Germaniya J.Bushning fikriga qarshilik bildiradi. 1990-yil 9-fevralda Gorbachyov va Jeyms Beyker ortasida tuzilgan shartnomaga kora: Agar Garbiy va Sharqiy Germaniya birlashsa , NATO Sharqqa bir duym ham kengaymasligini qonunan hal qilishdi. 2014-Yilda Ukrainadagi inqilob Yevromaydon nomini oldi bunga sabab Viktor Yanukovichni Rossiyaga sotilganlikda hamda G`arb davlatlari bilan aloqalarni uzganlikda ayblashadi va amaldagi president istefoga chiqishi bilan yakunlanadi.Ukrainadagi bu tontarishlar albatta Garb davlatlari tomonidan qollab-quvvatlanadi. 2014-yil 17-aprelda Qirmda Referendum otkaziladi unga kora Qirm mustaqil deb elon qilinadi va ertasi kuni Rossiya tarkibiga qoshiladi. BMT va Garb davlatlari bu referendumlarni tan olmaydi va sodir bolgan hodisalarni aneksiya deb atadi. Keyinchalik Ukarinaning sharqiy viloyatlarida tartibsizliklar boshlanadi oqibatda Donesk va Lugansk oz-ozlarini mamur qilgan Reapublikalarga aylandi bu burulish nuqtasi boldi. Ukrainaning Dambask viloyati urush maydoni bolib qoladi. 2014-yil iyun oyida Fransiya va Germaniya yetakchilari vositachiligida Ukrainaning yangi Prezidenti Pyotr Proshenka va Vladimir Putin ortasida muzokorolar bolib otadi bu muzokorolar davomida, davom etayotgangan qon tokilishlariga barham berish va har ikkala tomon adovatlariga barham berish boyicha muzokorolar olib boradilar. Shunday sharoitlar davomida Ukraina armiyasi maglubiyatga uchray boshlaydi. Keyinchalik uch tamonlama Minsk Protakoli imzolanadi, ammo Ukraina qoshinlari Debaltsevo markazi yaqinida maglubiyatga uchraydi. 2015-yil fevral oyida Minsk-2 kelishivu imzolanadi,shartnomalarga kora: tomonlar ot ochishni toxtatish va oz qoshinlarini toqnashuv chizigidan olib chiqish, maxbuslarni almashish, Ukraina tomoni Donesk va Lugansk viloyatlarini alohida maqomi togrisidagi qonunni qabul qilib u yerda DXR va LPR vakillarining pozitsiyasini hisobga olgan holda saylovlar otkazish . Lekin Dambask viloyatida saylovlar otkaizlmadi va 8 yil davomida Urush harakatlari avj oldi. Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksiy Danilov: Minsk kelishuvlarini amalga oshirish mamlakatni vayron qilish demakdir.
81 views15:21
Ochish/sharhlash
2023-02-24 18:20:46 Rossiya va Ukraina munosabatlari
71 views15:20
Ochish/sharhlash
2023-02-23 16:37:34 ​Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan.
BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) — New Yorkda joylashgan. Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
BMT Ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. Hozirgi kunda BMTga 190dan ortiq davlat aʼzo.
Bosh Assambleya raisi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining har bir yalpi majlisini ochadi va yopadi, Bosh Assambleya ishiga toʻliq rahbarlik qiladi va uning majlislarida tartibni taʼminlaydi.
Bosh kotib. Bosh maʼmuriy xodim Birlashgan Millatlar Tashkilotining ramzi va dunyo xalqlari manfaatlarini himoya qiluvchi vakili hisoblanadi.
2016-yildan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish lavozimini egallagan.
Bu tashkilotni nizomida yozilgan ustavlar o'z kuchini yo'qotmoqda. Taqqoslash uchun hozirgi bo'layotgan dunyodagi vaziyatni misol qilsak bo'ladi, nega bu hodisalarga yo'l qo'yib berdi. Jamiyatimiz balosi hisoblangan urushni oldini ololmadi. Barcha davlatlarga har tomonlama zarar berayotgan bu hodisalarni to'xtata olmagani uchun har bir davlat katta miqdorda a'zolik badali to'lamoqdami?.! Nimaga Xitoydagi uyg'ur munosabatlariga, Isroilni Falastinga o'tkazayotgan tazyiqlarini, va ko'plab davlatlarda uchrayotgan prapagandalarni o'z vaqtida hal qila olmayapti oqibatda davlatlar o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin, skinhate degan narsaga ham qarshi ishlar olib borilayapti negadir, oqibatda vaxshiyona irqchilik oqibatida minglab begunoh odamlar qurbon bo'lmoqda. Faqat kuchli davlatlar va okean ortidagi mamlakat xohlasa,bo'layotgan ko'z bo'yamachilik hamda ko'ngilsizliklarni tartibga soladimi yoki jirkanch korrupsiya shu yergacha bordimi, nima deb oʻylaysiz?!. Hozirgi kunda BMT borligiyam sezilmayotgandek go'yo, faqat tadbirlar bilan sug'illanayotgandek naznimizda. Shunday hodisalar davom etar ekan "Millatlar ligasi" taqdiri bu tashkilotni ham chetlab o'tmasligi haqiqatga yaqindek tuyulmoqda.

@Pluralizm
221 views13:37
Ochish/sharhlash