Get Mystery Box with random crypto!

​Yadro urushi bo'lishi mumkinmidi? Odatda katta davlatlar o'r | Плацебо

Yadro urushi bo'lishi mumkinmidi?

Odatda katta davlatlar o'rtasida qarama-qarshilik eng qaynoq nuqtaga chiqqan vaqtlarda ham, tog'ridan-to'gri harbiy harakatlar orqali emas, 3-davlat hududidagi harbiy to'qnashuvlar orqali hal qilishmoqda: bunga misol, Suriyada AQSh va Rossiya, Qorabog'da Turkiya va Rossiya.

Lekin o'tgan asrning 60-yillarida SSSR va AQSh o'rtasidagi raqobat eng cho'qqisiga ko'tarilgan vaqtda o'zaro urush boshlanish xavfi yuzaga kela boshladi. Davlatlarning bir-biriga yo'llayotgan tahdidlari borgan sari oddiy qo'rqitishdan ko'ra haqiqiy urush boshlanishi haqida xabarga ko'proq o'xshardi. Urush bo'lganda ham oddiy emas, yadroviy urush tahdid sola boshladi. Ushbu jarayonda "Karib krizisi" ikki davlat o'rtasidagi raqiblik oloviga sepilgan moy bo'lib, uni dushmanlikka aylantiradi. .

Vaziyat shu darajada jiddiy tus oladiki, har ikkala tomonda ham "Yadro urushi arafasida" rejimi joriy qilingan. (Undan keyingi rejim "Yadro urushi" rejimi edi). 1962-yil 28 -oktyabrda Okinava orolidagi bazada yadro raketasini ishga tushirishga mas'ul bo'lgan Uilyam Basset markazdan shifrli xabar oladi. Ushbu xabarda Vladivostok (SSSR), Pekin (Xitoy), Xanoy (Vyetnam) va Pxenyan (Shimoliy Koreya) shaharlariga yadro raketalarini yuborish to'g'risida buyruq berilgan edi.

Instruksiya bo'yicha Basset darhol buyruqni bajarishi talab etilardi. Lekin u bir nech soniya ichida vaziyatni tahlil qildi va bir nechta holatlar unga shubhali tuyuldi:
1) harbiy bazada "Yadro urushi arafasida" rejimi o'rniga "Yadro urushi" rejimi joriy qilinmadi;
2) Sanab o'tilgan shaharlardan faqat bittasi SSSRda joylashgan edi. To'g'ri AQSH qolgan davlatlar bilan yumshoqroq qilib aytganda, unchalik ham yaqin munosbatda bo'lmasa-da, har holda birvarkayiga 4 ta davlatga urush boshlash ahmoqlik hisoblanardi.

Basset bunkerda raketa tugmasini bosishga mas'ul ofitserga uning buyrug'isiz hech qanday harakat qilmaslikni tayinlaydi. O'zi esa markazdan buyruqni takrorlashini so'raydi. Markaz bunday buyruq berilmaganligini aytadi.

Ushbu holatda Basset mas'uliyatni o'z bo'yniga olib, instruksiyada berilgan topshiriqni bajarmaydi va shu orqali balki juda katta urushning oldini oladi.

Basset umrining oxirigacha sirni oshkor qilmaydi. Faqatgina 2015-yilda uning xizmatdoshi Jon Borden bu voqeani ommaga oshkor qiladi. Keyinroq AQSh hukumati ham ushbu voqealar chindan ham yuz berganligini tasdiqlaydi.

Suratda Uilyam Basset.

Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1