Get Mystery Box with random crypto!

Taniqli jamoatchilik faoli, eks-deputat Rasul Kusherbayev 17-f | Platina.uz | Расмий канал

Taniqli jamoatchilik faoli, eks-deputat Rasul Kusherbayev 17-fevral kuni soat 15:00 atrofida huquq organlari tergoviga chaqirilgani ko'yi aloqaga chiqmayapti. Bu haqda bir qator faollar facebook ijtimoy tarmog'ida post qoldira boshlashdi.

Holatdan xabardor manbalarga ko'ra, Kusherbayev tergovga o'z ukasi bilan birga chaqirilgan bo'lgan. Ammo bir necha soatlik suhbatdan so'ng Kusherbayevning ukasi chiqarib yuborilgan. Sobiq deputat esa tergovda qolmoqda.

Rasul Kusherbayevning qanday sabab bilan tergovga chaqirilgani ma'lum emas. Ammo ba'zi manbalar uning O'zbekistonda "Kompromat ishi" deya aytilayotgan ish doirasida tergovga jalb qilingan bo'lishi mumkinligini aytmoqda.

https://t.me/platina_uzb