Get Mystery Box with random crypto!

Pedkadr.tdi.uz

Telegram kanalining logotibi pka_tdi_uz — Pedkadr.tdi.uz P
Telegram kanalining logotibi pka_tdi_uz — Pedkadr.tdi.uz
Kanal manzili: @pka_tdi_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 125.60K
Kanalning ta’rifi

Pedagog kadrlar attestasiyasi telegram kanali
⚖️ Kanalimizni kuzating va yangiliklar bilan o‘z vaqtida tanishing!
🛰 Admin bilan bog‘lanish: @pkatdi_bot
📝 Savollar uchun: @pkatdi_bot
☎️ Hamkorlik uchun: @pkatdi_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-03-05 19:28:54
"THE BEST SCHOOLS" Respublika tanlovi tuman bosqichi o'zing eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda

Maktablarni qo'llab quvatlash maqsadida 3 bosqichli "ENG YAXSHI MAKTAB" tanlovi boshlangan. Hozirda tanlovning tumanlararo birinchi bosqichi o'tkazilmoqda. Mazkur bosqichdan o'tgan maktablar viloyat va Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

Ovoz berish Tizimida faqat bitta odamni ovoz bera olishi tanlovning xaqqoniy o'tishini, soxta ovozlar toplab bo'lmasligini kafolatlaydi.

O'z maktabingizga ovoz berish orqali uni Viloyat, Respublika bosqichlariga o'tishiga ko'maklashing.

Tizimda barcha ma'lumotlar ochiq o'z maktabingizni tumanda nechanchi o'rindaligini, qancha ovoz olganini kuzatib borishingiz mumkin.

Maktablar ro'yxati
@eng_yaxshi_maktab_bot
25.9K views16:28
Ochish/sharhlash
2024-03-05 17:30:51


ATTESTATSIYA JARAYONINING 2-BOSQICHI "PEDAGOGIK MAHORAT"DARSLARIGA MARHAMAT

Kursimiz kimlar uchun?

Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari;
Maktabgacha ta‘lim pedagoglari;
Logopedlar;
Defektologlar;
CHQBT;
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari;
Ona tili va adabiyoti oʻqituvchilari;
Matematika oʻqituvchilari;
Tabiiy fanlar oʻqituvchilari;
Texnologiya oʻqituvchilari;
Fizika oʻqituvchilari;
Musiqa oʻqituvchilari;
Ingliz tili oʻqituvchilari;
Rus tili oʻqituvchilari
Tarix va huquq oʻqituvchilari;
Informatika oʻqituvchilari;
Tasviriy sanʼat va chizmachilik; oʻqituvchilari
Geografiya fan oʻqituvchilari

Shuningdek, darslarda :
Pedagogik mahorat uchun taqdim etilgan spesifikatsiya boʻyicha :

Pedagogik mahorat (A.Xoliqov )

Pedagogika (I. Inoyatov)

Pedagogik kompenentlik va kreativlik asoslari (N. Muslimov)

Pedagogika nazariyasi va tarixi(Mirzaye
va)

Darsliklarining eng kerakli joylari ma‘ruzasi va shu kitoblar asosida katta hajmda test beriladi.
Darsga kirolmay qolsangiz audio,video shakli guruhda saqlanib turadi.

Darslarni oliy ma‘lumotli,6yillik tajribaga ega pedagog Muslima Darmonova olib boradi!

Martgacha ro'yxatdan o‘tishga shoshiling!

Joylar soni cheklangan!

Kursimizga qatnashib,attestatsiyada ballga ega bo‘lasiz!

Murojaat uchun

@m_darmonova
@Pedmahorat_admini
Guruhga qo‘shiling


https://t.me/metodlar_mahorat

29.1K viewsedited  14:30
Ochish/sharhlash
2024-03-05 16:07:58
Педагоглар учун яна бир қулайлик!

Педагог кадрлар аттестацияси тўғрисидаги барча маълумотлар, шу жумладан малака (тест) синовлари синовларининг ўтказилиш муддатлари педагогларнинг ШАХСИЙ КАБИНЕТларига SMS хабар юбориш орқали маълум қилинади.

Шахсий кабинетга қандай кириш мумкин? https://t.me/pka_tdi_uz/5369


Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot
34.5K views13:07
Ochish/sharhlash
2024-03-05 15:02:11 Attestsiyaga tayyorlanish uchun eng samarali manbalarni taqdim etamiz!
Ushbu aqilli botlar 24/7 aktiv xolatda test ishlab bilim oshirishiz mumkin, test bazasida yangi testlar qo'shilgan va qo'shib borilmoqda...
Fizika ta'lim attestatsiya testlariga tayyorlanish
Rus tili attestatsiya testlariga tayyorlanish
Matematika attestatsiya testlariga tayyorlanish
Boshlang'ich ta'lim attestatsiya testlariga tayyorlanish
Ona tili attestatsiya testlariga tayyorlanish
Informatika attestatsiya testlariga tayyorlanish
Tarbiya attestatsiya testlariga tayyorlanish
Ingliz tili attestatsiya testlariga tayyorlanish
Biologiya attestatsiya testlariga tayyorlanish
Geografiya attestatsiya testlariga tayyorlanish
28.0K views12:02
Ochish/sharhlash
2024-03-05 05:25:06
Малака (тест) синов куни талаб қилинадиган сўровномани қаердан олиш мумкин?

Савол:
Саволим шундан иборатки, аттестация куни паспорт ва сўровнома олиб келинсин дейилибди. Сўровнома деганда нимани назарда тутилган?

Жавоб: Сўровномани шахсий кабинетдан "Мурожаат ҳақидаги илова файли" тугмачасини босиш орқали юклаб олиш мумкин!

Сўровнома шахсни тасдиқловчи ҳужжат билан электрон ёки босма равишда тақдим этилганда, аттестация жараёнига кириш учун рухсатнома сифатида фойдаланилади.

Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot
43.1K views02:25
Ochish/sharhlash
2024-03-04 07:25:10 Пенсия ёшидаги 25 йиллик иш стажга эга педагогларни мажбурлаб аттестацияга боришни талаб қилган раҳбарларга қандай чора кўрилади?

Assalomu alaykum. Bir savolga oydinlik kiritib berishingizni so‘rayman. Pensiya yoshidagi 25 yillik ish stajiga ega  o‘qituvchilarni majburlab muddatidan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun pul to‘lab attestatsiyaga borishini  talab qilinishi qanchalik to‘g‘ri?

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 17 сентабрдаги 572-сон қарори 6-бандига кўра пенсия ёшига тўлган педагог кадрлар навбатдаги аттестацияга жалб этилмайди, аттестациядан ўтганлик муддати тугашидан қатъи назар уларнинг амалдаги малака тоифаси (лавозими) сақлаб қолинади ҳамда мазкур малака тоифаси (лавозими) бўйича уларга ҳақ тўланади.

Бунда пенсия ёшига тўлган педагог кадрлар ўз хоҳишига кўра навбатдан ташқари аттестациядан ўтиб, малака тоифаси (лавозими) оширилган тақдирда, уларга янги тасдиқланган малака тоифаси (лавозими) бўйича ҳақ тўланади.

Мана шу қоидага кўра пенсиядаги педагог ходимларни мажбурий аттестатсияга жалб қилиш, уларни мажбурлаш мумкин эмас.

Бундай вазиятларда иш берувчига нисбатан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс 49-моддаси билан (яъни мансабдор шахс томонидан меҳнат ва меҳнатни муҳофаза қилиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш) базавий ҳисоблаш миқдорининг беш бараваридан ўн бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Yurist_Xizmati‌‌
55.4K views04:25
Ochish/sharhlash
2024-03-04 05:04:47
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_30

AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR


Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

Bugungi audiobayonotimizda:

00:12 Men attestatsiyadan o‘tish uchun belgilangan oxirgi kunning so‘nggi daqiqalarida hujjat topshirishga ulgurdim. Ammo arizamning holati hamon “ko‘rib chiqilmoqda” bo‘lib turibdi. Endi mening arizam qabul qilinmaydimi?

01:22 Men 2023-yilda magistraturani bitirib, yaqinda maktabga ishga kirdim. Direktorimiz mendan malaka sertifikatimni taqdim etishimni so‘rayapti. Bu sertifikatni qayerdan olishim mumkin?

02:58 Men majburiy attestatsiyadan o‘tish uchun ariza yuborganman. Attestatsiya sinovlari bu yil ikki bosqichda o‘tkazilishini eshitdim, shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz.

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
33.3K views02:04
Ochish/sharhlash
2024-03-03 17:35:06
#ПКА_2024_ПЕДАГОГЛАР_УЧУН_МУҲИМ_ЭСЛАТМА!
Айрим телеграм каналлари ёки группаларида 2024 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган Педагог кадрлар аттестациясининг малака (тест) синовлари ўтказилиши муддатлари тўғрисида нотўғри маълумотлар тарқатилмоқда.

Педагоглардан мазкур хабарларга эътибор бермасликларини сўраб қоламиз, зеро, бу саналар ўтган ёки ундан олдинги йилларда тест синовлари ўтказилган саналар эканлигини маълум қиламиз!

Педагог кадрлар аттестацияси тўғрисидаги барча маълумотлар ваколатли вазирликларнинг (Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги) расмий манбаларида эълон қилинишини эслатиб ўтмоқчимиз
!

Шунингдек, янги тартибга кўра аттестация тўғрисидаги барча маълумотлар , шу жумладан тест синовларининг ўтказилиш муддатлари педагогларнинг ШАХСИЙ КАБИНЕТларига SMS хабар юбориш орқали маълум қилинади.

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
24.5K views14:35
Ochish/sharhlash
2024-03-03 05:59:06 #ПКА_2024_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар

Савол
: Мен таълим ўзбек тилида олиб бориладиган синфларда рус тилидан дарс бераман. Мурожаат юбориш жараёнида тест топшириш тилини танлашда "rus" тилини танладим. Мен хато қилдимми?

Жавоб: Йўқ, бу хато ҳисобланмайди. Қуйидаги фанлардан тест топшириш тилига эмас, балки тест топшириладиган фан номини танлашга алоҳида эътибор қаратишни тавсия қиламиз!

Rus tili (milliy maktablarda)-таълим рус тилида олиб борилмайдиган синфлар учун;

Rus tili va adabiyoti (rus) -таълим рус тилида олиб бориладиган синфлар учун;

Ona tili va adabiyot-таълим ўзбек тилида олиб бориладиган синфлар учун;

O‘zbek tili (Davlat tili)-таълим ўзбек тилида олиб борилмайдиган синфлар учун;

Qoraqalpoq tili va adabiyoti-таълим қорақалпоқ тилида олиб бориладиган синфлар учун;

Qoraqalpoq tili (Davlat tili)-таълим қорақалпоқ тилида олиб борилмайдиган синфлар учун;

Шунингдек, меҳнат таълими фанининг номланиши ҳам қўйидагича ўзгарган:

Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun)- қиз болалар (эски номи газлама, пазандачилик) меҳнат таълими ;

Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun)- ўғил болалар (эски номи ёғоч, металл) меҳнат таълими.

P.S Ўтган йиллар тажрибасидан келиб чиққан ҳолда малака синовлари жараёнларида барча иштирокчиларга тест топшириш тилини танлаш имконияти берилади.

Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot
32.5K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-03-02 15:35:54 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Xabaringiz bor, joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Attestatsiya sinovlarining shaffof va adolatli boʻlishini taʼminlash, turli qonun buzilish holatlarni oldini olish maqsadida vazirlikning korrupsiyaga oid harakatlar haqida xabar beruvchi maxsus bot tashkil etilgan.

Hurmatli pedagoglar! Agar sizdan:

attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtishingiz va malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirishayotgan;
sinov testlarini olib berish evaziga pul talab qilishayotgan boʻlsa,
mazkur bot orqali bizga xabar bering!

Unutmang, siz ziyoli qatlam, shu bilan birga kelajak avlod yaratuvchilar vakilisiz. “Xolis” insonlar koʻmagiga ishonib, oʻzingiz va kasbiy obro‘yingizga xavf tugʻdirmang.

Faqatgina oʻz bilim va malakangizga tayaning!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
30.7K views12:35
Ochish/sharhlash