Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik Qadrli hamyurtlar, muhtaram ustozlar, aziz oʻquvchil | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tabrik

Qadrli hamyurtlar,
muhtaram ustozlar,
aziz oʻquvchilar!


Sizlarni go‘zallik va yasharish ayyomi — Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ravnaqi, taʼlim-tarbiya sohasiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz, xalqaro maydonlarda koʻrsatayotgan yuksak natijalaringiz bardavom boʻlsin.

Barchangizga bahor faslidek joʻshqinlik, sogʻlik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik-totuvlik tilaymiz.

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami barchamizga qutlug‘ va barakali kelsin!

Bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube